2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar


Download 1.88 Mb.
bet124/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar.

  1. Mavzuni o‘rganing va quyidagi savollarga javob toping:

  1. Ichak trixomonadasi bilan qin trixomonadasi orasidagi morfologik farqlar.

  2. Trixomonozning bolalar va kattalarga yuqish yo'llari.

  3. Trixomonozlarning laboratoriya tashhisi va oldini olish choralari?

  4. Ichak lambliyasining tuzilishidagi xarakterli belgilari.

  5. Lamblioz nima uchun bolalar kasalligi hisoblanadi? (javobingizni isbotlang).

  6. Lamblioz qo‘zg‘atuvchisining odamga yuqish yo‘llari.

  7. Lambliozning laboratoriya tashhisi.

  8. Bolalar muassasalarida lambliozning profilaktikasi.

  9. Kipriklilar sinfining xarakterli belgilari.

  10. Balantidiynig qaysi bosqichi odam uchun invazion hisoblanadi?

  11. Balantidiozning laboratoriya diagnostikasi.

  12. Balantidiozning tabiiy-manbalarini bilasizmi?

  13. Nima uchun balantidioz kasb kasalligi hisoblanadi?

  14. Sista hosil qilmaydigan sodda hayvonlarni bilasizmi?

II. Vaziyatga oid niasalalarni yeching va test topshiriqlarini bajaring.
O‘quv jihozlari.
Mavzu bo‘yicha jadvallar, mantiqiy sxemalar, slaydlar, mikro- preparatlar, o‘quv filmlari, diaproektor, kodoskop, mikroskoplar.
Mashg‘ulot rejasi.
Ko‘p xivchinlilarning parazit turlari — trixomonadalar, lyam- bliyalar, kipriklilar sinfining vakili — ichak balantidiyasi morfo- logiyasi, hayot sikli, odamga yuqish yo‘llari, patogen ta’siri, labo­ratoriya tashhisi va profilaktika choralari, interfaol usullar yordamida muhokama qilinadi. Slaydlar, mikropreparatlar yordamida parazitlar tuzilishi o'rganiladi, o‘quv filmlari namoyish etiladi. Keyin vaziyatga doir masalalar va test topshiriqlari yechiladi. Talabalar albomga qin trixomonadasi, ichak lambliyasi va ichak balantidiyasining rasmini chizadilar. Mashg‘ulot oxirida vazifalar bajarilishi tekshiriladi, talabalar bilimi baholanadi va keyingi mashg'ulot uchun topshiriqlar beriladi.


  1. mavzu. SPORALILAR (SPOROZOA) SINFI

Tip: Protozoa — Sodda hayvonlar.
Sinf: Sporozoa — Sporalilar.
Tur: Plasmodium vivax — Plazmodiy, 3 kunlik bezgak qo‘ zg‘ atuvchisi.
Tur: Plasmodium malariae — Plazmodiy, 4 kunlik bezgak qo‘ zg‘ atuvchisi.
Tur: Plasmodium falciparum — Plazmodiy, tropik bezgak qo‘ zg‘ atuvchisi.
Tur: Toxoplasma gondii — Toksoplazma, toksoplazmoz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi.
Mavzuning mazmuni.
Boshqa sodda hayvonlarga nisbatan eng oddiy tuzilishi bilan ajralib turadi. Turlarining soni 2000 ga yaqin bo‘lib, ularning hammasi hujayra ichi parazitlaridir. Parazit hayot kechirishga adaptatsiyalanishi natijasida ularda harakat organoidlari, hazm va qisqaruvchan vakuolalar yo‘q.
Sinf vakillari hayot sikli murakkab bo‘lib, jinssiz va jinsiy ko‘payish usullari almashinishi bilan kechadi. Ularning hammalari sporalar hosil qiladi. Koksidiyalar va qon sporalilar turkumlari tibbiyotda ahamiyatga ega.
Koksidiyalar (Coccidia) turkumi
Toksoplazma (Toxoplasma gondii) — toksoplazmoz qo‘zg‘atuvchisi.
Xo‘jayin organizmida joylashishi. Odamlar, sutemizuvchilar, qushlarda bosh miya, jigar, taloq, limfa bezlaU, mushak hujayralarida parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Eng keng tarqalgan parazitar kasal- liklarga kiradi, hamma joylarda uchraydi.
Morfologiyasi. Shakli apelsin bo‘lagi yoki yarim oyga o'xshaydi. Toksoplazmaning bir qismi o'tkirlashgan, ikkinchi qismi esa yumaloq-
16 Tibbiy biologiya va genetika


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling