62- rasm. Toksoplazma merozoiti (sporozoit)ning elektron mikroskopda ko'rinislii.
1—konoid; 2—mikronenialar;
3—mikronaychalar; 4—inikro- teshikcha; 5—yog* toinchisi;
6—yadro; 7—endoplazmalik to‘r;
8—Golji kompleksi; 9—mito- xondriya; 10—roptriyalar.
lashgandir. O‘tkirlashgan qismida maxsus moslama konoid bo‘lib, u xo‘jayin hujayralariga yopishishi uchun xizmat qiladi (62- rasm).
Hayot sikli. Murakkab rivoj- lanish sikliga ega. Definitiv (asosiy) xo'jayini — mushuklar va mushuksimonlar oilasiga kiruvchi organizmlar, oraliq xo‘jayinlari esa qushlar (100 ga yaqin turlari), sutemizuvchilar (200 ga yaqin turlari) va odamdir. Definitiv xo‘jayinlar deb parazitning jinsiy ko‘payishi kuzatiladigan orga- nizmlarga, oraliq xo‘jayin deb esa parazit jinssiz ko'payadigan organ izmlarga aytiladi. Tokso- plazmoz — odamlar va hayvon- larning tabiiy-manbali kasalligidir (antropozoonoz).
Definitiv xo‘jayin uchun ham, oraliq xo‘jayin uchun ham inva- zion bosqichi ootsistalar hisob- lanadi (63- rasm).
Definitiv xo'jayinga parazit asosan oraliq xo'jayinning go'shti orqali yuqadi. Ootsistadan sporo- zoitlar chiqadi va ichak epiteliyasi hujayralariga kirib, shizontlarga aylanib shizogoniya usulida ko‘pa- yadi. Bu jarayon birnecha marta takrorlanganidan keyin gametoge- nez boshlanib, mikrogametalar va makrogametalar hosil bo‘ladi.
Otalanish natijasida zigota hosil bo'lib, u ootsistaga aylanadi. Ootsistalar ichida sporogoniya kechadi, ikkita spora hosil bo‘ladi, ularning har birida to'rttadan sporozoitlar yetiladi. Shunday qilib, definitiv xo‘jayin organizmida ketma-ket ravishda, shizogoniya, gametogoniya, jinsiy jarayon va sporogoniya kuzatiladi. asosiy xo‘jayinlar ootsistalarni axlati, siydigi, burun shillig‘i, tupigi orqali ajratadi.
63- rasm. Toksoplazmaning hayot sikli.
1—mushuk asosiy xo‘jayin (unda shizogoniya va jinsiy ko‘payish kuzatiladi); 2—4—ootsistaning rivojlanish bosqichlari (har birida ikkitadan spora, har bir sporada to‘rttadan sporozoit); 5—6—sichqon oraliq xo‘jayin (unda jinssiz ko‘payish va sistalar hosil bo‘lishi kuzatiladi);
Do'stlaringiz bilan baham: |