30- mavzu. Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipi Mavzuning mazmuni.
Tipning xarakterli xususiyatlari: bilateral simmetriya, dorso- ventral yassilashgan, homila uch qavatdan rivojlanadi, teri-mushak qopchasi mavjud, mushak, ayirish, hazm, nerv va jinsiy sistemalari rivojlangan.
Tipning ko‘pchilik vakillari parazit hayot kechiradi, ko‘p turlar obligat parazitizmga moslanishi natijasida tuzilishi soddalashgan.
Tipning o‘ziga xos xususiyatlari: reproduktiv (ko‘payish) qobiliyati kuchli rivojlangan, ko‘p yassi chuvalchanglar lichinka- lari partenogenez yo‘li bilan ko'payadi. Ularning ko‘pchiligi germafroditlardir.
Yassi chuvalchanglar 3 ta sinfga bo'linadi: kipriklilar (Turbel- laria), so‘rg‘ichlilar (Trematodes) va tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda. S.Cestodiea). Tibbiyot ahamiyatiga ega sinflar so‘rg‘ichlilar va tasmasimonlardir.
So‘rg‘ichlilar (Trematodes) sinfi
Sinfning hamma vakillari parazit hayot kechiradi. 4000 ga yaqin turlari ma’lum. Tanasi yaproqsimon, og‘iz va qorin so‘rg‘ichlari mavjud. Og‘iz so‘rg‘ichi hazm nayi bilan bog‘langan, qorin so‘rg‘ichi xo'jayinga yopishish uchun xizmat qiladi.
Hazm sistemasi halqum, qizilo‘ngach va ikkiga tarmoqlanib yopiq tugallanuvchi ichakdan tashkil topgan. Anal teshigi yo‘q.
Trematodalarda nafas va qon aylanish sistemalari taraqqiy etmagan.
Ayirish sistemasi protonefridial tipda tuzilgan, butun tanasi bo'ylab tarqalgan kiprikli hujayralardan tashkil topgan, bu hujayralardan ketgan naychalar tashqariga ochiladigan yirik ekskretor nayga birikadi.
Nerv sistemasi halqum atrofi nerv tolalaridan tashkil topgan.
Jinsiy sistemasi. Shistosomalardan boshqa hamma turlar germafroditlardir. Erkaklik jinsiy sistemasi juft urug'donlar, urug‘ yo‘llari, urug‘ to'kuvchi kanal va kopulativ a’zo (sirrus)dan tashkil topgan. Urg‘ochilik jinsiy sistemasiga toq tuxumdon, sariqdon, urug‘ to‘plagich va ootip kiradi.
Otalangan tuxum hujayralar bachadonga tushadi va tashqariga chiqariladi.
Yetuk bosqichlari faqat umurtqalilarda, lichinka bosqichlari esa umurtqasizlarda parazitlik qiladi. Ularning birinchi oraliq xo'jayini albatta yumshoq tanlilar (molluskalar) vakillaridan biri hisoblanadi.
Tuxumdan miratsidiyalar chiqib, molluskalar organizmida partenogenez yo‘li bilan sporotsistalar va rediyalar hosil bo‘ladi. Keyin serkariyalar hosil bo'ladi va asosiy xo'jayinga o‘tib yetuk shaklga aylanadi. Ko‘p turlarda 2 yoki 3 oraliq xo‘jayinlari mavjud. Sinfning 40 ga yaqin turi odam parazitlari hisoblanadi. Trematodalar qo‘zg‘atadigan kasallik trematodozlar deyiladi.
Jigar so‘rg‘ichi (Fasciola hepatica)
Jigar so rg'ichi (Fasciola hepatica) — fassiolez qo‘zg‘atuvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |