67- rasm. Mushuk so‘rg‘ichining taraqqiyot sikli.
Shistosomalar — qon so‘rg'ichlari shistosomozlarning qo‘zg‘ atuvchilari hisoblanadi.
Xo‘jayin organizmida joylashishi. Shistomomalar (Shistosoma haematobium, Shistosoma mansoni, Shistosoma japonicum ) qon tomirlarida parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda (Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika) keng tarqalgan.
Morfologiyasi. Ayrim jinsli parazitlar bo‘lib, erkagining uzunligi
1,5 sm urg‘ochisiniki esa 2,0 sm ga yaqin. Urg‘ochilar erkagining ginekofor nayida joylashadi. Tuxumida o‘tkir o'simtasi mavjud (68- rasm).
Schistosoma mansoni Schistosoma japonicum
68- raHiii. Qon Ho'rg'ichlari.
Hayot sikli. ShistosoinnInrni iig nsosiy xo‘jayini odam, oraliq xo‘jayinlari chuchuk snv mollusknlnri hisoblanadi. Tuxumlari qon tomirlarini o‘tkir o'simtasi bi Inn teshib, siydik yo'llariga o‘tadi va suvga siydik orqali tushadi. Tuxumdan suvda miratsidiyalar chiqadi. Miratsidiyalar oraliq xo'jayin uchnn invazion bosqichlar hisoblanadi. Miratsidiyalar birlamchi va i/tliilanichi sporotsistlarga hamda serka- riyalarga aylanadi. Serkariyalnr nsosiy xo‘jayin uchun invazion bosqichdir.
Odamgaserkariyalar cho‘milnyotganda, suvsug‘orayotganda, sholi plantatsiyalarida, suv inshootlarida ishlayotganda yuqadi (69- rasm).
S.haematobinm — siydik-tanosil shistosomozini, S.mansoni — ichak shistosomozini, S.japonicum — yapon shistosomozini qo‘zg‘atadi.
Yapon shistosoniozi tabiiy-manbali kasallikdir, chunki u odamdan tashqari yovvoyi hayvonlarda ham uchraydi.
Patogen ta’siri. Kasai a’zolardan qon oqishi, yaralar, poliplar hosil bo‘lishi, allergik reaksiyalar kuzatiladi.
69- rasm. Ichak (a) va urogenital (b) shistsomatoz qo‘zg‘atuvchilarining
hayot sikllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |