2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet133/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Xarakterli belgilari. Sin filing hamma turlari endoparazitlar bo‘lib, yetuk bosqichlari umurtqalilar va odamning ichagida parazitlik qiladi. 3000 dan ortiq turi ma’lum.
Tanasi tasmasimon shaklda, dorso-ventral yassilangan. Uzunligi bir necha millimetrdan bir necha metrgacha yetadi. Tanasi bosh (skoleks), bo‘yin va ko‘p sonli bo‘g‘imlar (proglottidalar>dan tashkil topgan. Boshida gijjalarning yopishish a’zolari (so‘rg‘ichlar, botriya- lar, ilmoqchalar) joylashgan. Tashqaridan teri-muskul qopchasi bilan o‘ralgan. Tana bo‘shlig‘i rivojlanmagan.
Hazm, nafas olish, qon aylanish sistemalari yo‘q.
Nerv sistemasi va ayirish sistemalari tipga xos tuzilishga ega.
Sestodalar germafroditlardir. Bo‘g‘imlar tuzilishi bilan farq- lanadi. Dastlabki. bo‘g‘imlarda jinsiy sistemalar rivojlanmagan, keyingi bo‘g‘imlarda avval erkaklik, keyin urg‘ochilik jinsiy a’zolari rivojlanadi.
Tananing o‘rta qismidagi bo‘g‘imlarda jinsiy sistema to'liq rivojlanadi. Germafrodit bo‘g‘imlarda tuxumdon sariqdon, qin, ootip, bachadon, urug‘don, urug‘ to‘kuvchi (eltuvchi) nay va sirrus mavjud.
Yetuk bo‘g‘imlarda bachadon ko‘p tarmoqlanadi (bu tashhis qo'yishda ahamiyatga ega belgi hisoblanadi), natijada boshqa a’zolar reduksiyaga uchraydi.
Hamma sestodalar biogelmintlar hisoblanadi (lichinkalari oraliq xo‘jayinda rivojlanadigan gelmint shunday ataladi). Oraliq xo‘ja- yinlarda onkosfera va finnalar (har xil turlarda tuzilishi farqlanadi va har xil nomlanadi) yashaydi. Finnalar definitiv xo‘jayin organizmida jinsiy yetiladi.
Ho‘kiz soliteri (Taeniarhynchus saginatus)
Ho‘kiz soliteri (Taeniarhynchus saginatus) — teniarinxoz qo‘zg‘atuvchisi.
Asosiy xo‘jayin organizmida yashash joyi. Ingichka ichak.
Geografik tarqalishi. Hamma hududlarda, ayniqsa chala pishirilgan go‘shtlarni iste’mol qilinadigan hududlarda ko‘proq uchraydi.
Morfologiyasi. Uzunligi 4-10 m ga yetadi. Skoleksida 4 ta so‘rg‘ich mavjud, ilmoqchalari yo‘q (shuning uchun ham qurol- lanmagan soliter deb ataladi). Germafrodit bo‘g‘imlar to‘rtburchak shaklda, tuxumdoni ikki boTakli, bachadoni shoxlanmagan. Yetuk bo‘g‘imlari cho'zinchoq bo‘lib, bachadonning shoxlari 17-36 ta (70- rasm).
Hayot sikli. Asosiy xo'jayini odam, oraliq xo'jayini yirik qoramol. Juda ko‘p tuxumlarni ajratadi. Yetuk bo‘g‘imlari uzilib, faol o‘rma- lab anal teshikdan chiqishi mumkin.
Oraliq xo‘jayin uchun invazion bosqichi tuxumlardir. Oraliq xo'jayinga tuxumlar va bo‘g‘imlar bilan ifloslangan o‘t, suv orqali o‘tadi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling