Reja: Bixeviorizm maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan xarakatlar bilan ifodalash
Download 334.8 Kb.
|
Bixeviorizm
TURON ZARMED UNIVERSITETI 4.11.22 GURUH TALABASI ATOYEVA DILNOZANING PSIXOLOGIYA NAZARIYASI VA TARIXIDAN MUSTAQIL ISHI.REJA:1. Bixeviorizm maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan xarakatlar bilan ifodalash.2. Psixologiyada bixeviorizm tushunchasi.Bixeviorizm - (inglizcha behavior - hatti-harakat, hulq) amerika psixologiyasining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, u B. Skinner, J. Uotson va E. Torndayklar tomonidan asoslangan. Bixeviorizm o`ta amaliy yo`nalishga ega bo`lib, u inson psixikasini o`rganish, faqat uning tashqi ifodalangan va kuzatish imkoniyati bo`lgan hatti-harakati va nutqini tahlil qilishdan iborat, deb tasavvur qiladi. Bu yondashish o`quv maqsadlarini talabalarda tashqaridan kuzatilishi mumkin bo`lgan aniq harakatlarda, ya`ni qat`iy aniqlangan harakatlarning shakllanishidan iborat holda belgilashga olib keladi. Gerbert Spenser ta`riflaganidek, «Ta`limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o`rgatishdir». Mazkur oqim ma`lum davrgacha AQSH psixologiyasida ustivorlik rolini o`ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm ruhi sezilib turadi. Hammasi uchun umumiy formula SR, ya`ni stimul - reaksiya hizmat qilib kelmoqda. Bixeviorizm sobiq ittifoq olimlari tomonidan dastlab reaksion «oqim» sifatida qattiq tanqid qilingan bo`lsada keyinchalik unga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi. Bixeviorizmning qator fanlar (antropologiya, lingvistika, sosiologiya, semiotika, kibernetika) ning rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatganligi hamda psixologiyaning rivojlanishiga munosib hissa qo`shganligi e`tirof etila boshlandi.Bixeviorizmda o`zlashtirishning umumiy shartli sxemasini SRP ko`rinishda yozish mumkin. Bunda, S - stimul (harakatga keltiruvchi ta`sir) yoki hatti-harakat qilishga undovchi vaziyat. Masala sharti, savol, signal, buyruq, komanda va h.k. stimul vazifasini bajarishi mumkin. R - organizmning stimul (ta`sir)ga ko`rsatgan javobi (reaksiyasi), ya`ni ta`sir natijasida sodir etilgan hatti-harakat. Savolga javob berish, masalani yechish, o`ngga yoki chapga burilish, yugirish va hokazolar organizmni ta`sirga ko`rsatgan reaksiyasini ifodalaydi. P - (prop) mustahkamlash, ya`ni bu- ta`sir (stimul)ga javoban reaksiya qilinganligi, harakatning to`g`ri bajarilganligini mustaxkamlashdir. Mustahkamlash-moddiy va ma`naviy taqdirlash shaklida bo`lishi mumkin. Masalan, jonivorlarni o`rgatishda bu - ular eng yaxshi ko`rgan ovqat, insonni o`qitish-o`rgatishda esa, mustahkamlovchi sifatida og`zaki ma`qullash, baho, ilxomlantirishlardan foydalanish mumkin. Bixevioristlar ta`kidlaganlaridek, mustahkamlash (R) o`zlashtirishning muhim tashkil etuvchisi bo`lib hisoblanadi. U ayniqsa jonivorlarni o`rgatishda mutloq ahamiyat kasb etadi.Download 334.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling