2. P. R. 01imxo‘jayeva —


—sichqonlarda ona qornida toksoplazmaning yuqishi


Download 1.88 Mb.
bet126/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

7—sichqonlarda ona qornida toksoplazmaning yuqishi.

Oraliq xo‘jayinlarga ootsistalar alimentar usulda ifloslangan ovqat orqali o‘tadi. Transplatsentar yuqish (ona kasal bo'lganida yo‘ldosh orqali rivojlanayotgan homilaga o‘tish) ham ko‘p kuzatiladi. Natijada, rivojlanish anomaliyalari va nuqsonlari bo'lgan bolalar tug'ilishi munikin.
Oraliq xo‘jayin organizmida sporozoitlar ichki a’zolar hujayra- lariga kirib endogoniya yo‘li bilan rivojlanadi, ootsistalar va psevdotsistlarni hosil qiladi. Sistalar organizmda butun hayoti davomida saqlanadi.
Laboratoriya tashhisi. Qon surtmasini va limfa bezlaridan punktantlar olib mikroskopda tekshiriladi. Laboratoriya hayvonlarda biosinama o‘tkazish ham mumkin. Buning uchun kasallikka shubhalangan odamlardan qon, tana suyuqliklari, punktatlar olinib, laboratoriya hayvonlariga kiritiladi. Bir necha kundan keyin laboratoriya hayvoni to‘qimalari hujayralari, qoni, orqa miya suyuqliklari o'rganiladi. Tashhis qo‘yish uchun immunologiya va allergologiya usullaridan ham foydalaniladi.
Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena choralariga amal qilish, hayvonlarda toksoplazmoz oldini olish choralarini amalga oshirish, kasal asosiy xo‘jayinlarni yo‘qotish, hayvonlarni parvarish qilishda sanitariya choralariga amal qilish, go‘sht mahsulotlarini veterinariya nazoratisiz iste’mol qilishga yo‘l qo'ymaslik, homi- lador ayollarni toksoplazmozga nisbatan puxta tekshirishdan o'tkazish.
Gemosporidiyalar (Haemosporidia) turkumi.
Odam va hayvonlar eritrotsitlari parazitlaridir. Tibbiyot nuqtai nazaridan bezgak plazmodiyalarini o‘z ichiga oluvchi plazmodiyalar avlodi ahamiyatga ega.
Odam eritrotsitlarida plazmodiyalarni to‘rt turi parazitlik qiladi: Plasmodium vivax — 3 kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi tropik va o‘rta iqlim hududlarida eng ko‘p tarqalgan. Plasmodium faliparum — tropik bezgak qo‘zgatuvchisi eng xavl’li tur, issiq iqlim mamla- katlaridan tarqalgan. Plasmodium malariae — 4 kunlik bezgak qo‘z-g‘atuvchisi kaniroq uchraydigan tur. Plasmodium ovale MDH mamlakatlarida uchramayBu turlarning inorfologiyiisi, I’iziologiyasida ayrim farqlar mavjud bo'lib, ular maxsus kurslarda o'rganiladi.
Hayot sikli. Plazmodiylarning definitiv xo‘jayinlari va maxsus tashuvchilari Anofeles avlodiga kiruvchi chivinlar (80 ga yaqin turlari mavjud) oraliq xo'jayini esa odamlar hisoblanadi.
Odam organizmida plazmodiyalar jinssiz ko‘payadi, mero- zoitlar, shizontlar va gametotsitlar hosil bo‘ladi. Chivin orga­nizmida esa jinsiy jarayon va sporogoniya kuzatiladi (64- rasm).
Odamga so‘lagida sporozoitlar bo‘lgan chivin chaqqanida yuqadi. Invazion bosqich yarim oysimon sporozoitlar hisoblanadi.
Sporozoitlar qon orqali, jigar va retikulo-endotelial sistema hujayralariga kiradi, yumaloqlashib shizontlarga aylanadi va 6-8 kun davomida proeritrotsitar shizogoniya jarayoni kechadi. Shizogoniya natijasida merozoitlar hosil bo'ladi (1 ta shizontdan 1000-5000 gacha merozoitlar). Jigar hujayralari parchalanganidan keyin merozoitlar yana qonga tushadi va eritrotsitlar ichiga kiradi. Shu vaqtdan boshlab endoeritrotsitar shizogoniya boshlanadi.
Eritrotsitlarda merozoitlar shizontlarga aylanadi, ketma-ket uzuksimon, amyobasimon shizontlar va shizogoniya bosqichlarini o'tadi. Pl. vivaxda-22, Pl. malariaeda 6-12, Pl. falsiparumda 12-18 merozoitlar hosil bo'ladi.
Eritrotsitlar parchalanishidan keyin merozoitlar boshqa eritrotsitlarga kiradi.
Chivin

Odam


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling