2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet117/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Xarakterli belgilari. Eng oddiy tuzilgan sodda hayvonlar. Ular- ning o‘ziga xos belgisi psevdopodiyalar (soxta oyoqlar) mavjudligidir. Soxta oyoqlar harakat organoidi bo‘lib, ovqatni qamrab olishga ham xizmat qiladi. Ular nafis membrana bilan o‘ralgan, ko‘pchiligi bir yadrolidir.
Golozoy usulda ovqatlanadi, yutilgan ovqat zarrachalari vakuo- lalarda hazm bo‘ladi, qisqaruvchi vakuolalari mavjud. Sarkodalilar orasida Amyobalar (Amoebina) turkumi tibbiyot ahamiyatiga ega.
Dizenteriya amyobasi (Entamoeba hystolitica)
Dizenteriya amyobasi (Entamoeba hystolitica) — amyobiaz yoki amyoba dizenteriyasining qo‘zg‘atuvchisi.
Xo‘jayin organizmida joylashishi. Yo‘g‘on ichakda parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Hamma joylarda uchraydi, ammo issiq iqlim mamlakatlarida ko‘proq tarqalgan.
Hayot sikli juda murakkab. Parazitning quyidagi shakllari tafovut etiladi: sista, kichik vegetativ shakli (forma minuta), yirik vegetativ shakli (forma magna) va to'qima shakli (55- rasm).
Invazion stadiyasi — 4 yadroli sistalar hisoblanadi. Odamlarga alimentar usulda yuqadi. Ichakda sistalar qobig'i parchalanib, bitta sistadan to‘rtta kichik vegetativ shakllar (diametri 10-15 mkm) hosil bo‘ladi, ular ichakdagi ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadi va hech qanday zarar keltirmaydi (parazit bilan xo'jayin organizmi orasidagi bunday munosabat kommensalizm deyiladi). Yo‘g‘on ichakning pastki qismlarida yana sistalarga aylanadi va axlat orqali tashqariga chiqaziladi.
Organizm rezistentligi (chidamliligi) kamayganda (sovuqqa oldirish, avitaminoz, issiq harorat ta’sirida bo‘lish) forma minuta kattalashadi (30-50 mkm gacha), ichakning devoriga kiradi va to'qima shakliga aylanadi. Natijada, qon tomirlari jarohatlanadi, qon oqishi kuzatiladi, yaralar paydo bo'ladi (yarali kolit).
Ichak bo‘shlig‘ida qolgan kichik vegetativ shakllar esa erit- rotsitlar bilan ovqatlanuvchi (eritrofaglar) — yirik vegetativ
15 Tibbiy biologiya va genetika


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling