2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
jadval
Ko‘payish Bo‘linish Endogoniya Bir hujayralilarda Bir hujayralilarda > Shizogoniya Kurtaklanish Sporogoniya Jinssiz Ko‘p hujayralilarda Vegetativ Poliembrioniya Sporogoniya Fragmentatsiya > Konyugatsiya Kopulyatsiya Ko‘p hujayralilarda Otalanmasdan (partenogenez) Otalanib Jinsiy Jinsiy ko‘payish Isrofgarchilik, ko‘p energiya sarflanadi Genetik xilma-xillikka olib keladi Evolutsiya uchun foydali Kam energiya sarflanadi Jinssiz ko'payish ► Klonlar hosil bo‘ladi Genetik bir xillikka olib keladi Evolutsion ahamiyati kam Jinssiz yo‘l bilan hayvonlar ham, o'simliklar ham ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishning quyidagi usullari mavjud: bo‘linish, endogoniya, ko‘plab bo'linish (shizogoniya, sporogoniya) kurtaklanish, vegetativ ko'payish. Bo‘linish yo‘li bilan asosan sodda hayvonlar (amyobalar, xivchinlilar), bir hujayrali o'simliklar (xlorella, xlamidomonada) ko'payadilar. Endogoniya usulida ichki kurtaklanish kuzatiladi. Masalan, toksoplazmada, ona toksoplazma kurtaklanib, avval ikki qiz organizm hosil qiladi, ha’zan csa ichki kurtaklanish jadallashishi natijasida juda ko‘p qiz organizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Shizogoniya (ko'plab bo'linib ko‘payish) yo'li bilan sodda hayvonlar ko'payadi. Masalan, bezgak paraziti yadrosi dastlab juda ko‘p mayda bo'laklarga ajralib, keyin ular atrofini sitoplazma o‘rab oladi. Natijada, bitta hujayradan ko'plab qiz hujayralar hosil bo'ladi. Kurtaklanishda ona organizmda dastlab bo'rtma paydo bo‘ladi. Bo‘rtma o‘sib ona organizm shakliga va hajmiga yetgandan so‘ng ajralib, mustaqil hayot kechira boshlaydi. Bunday usul bakteriyalarda, achitqi zamburug'larda, so'ruvchi infuzoriyalarda, kavakichaklilarda uchraydi. Spora hosil qilib ko'paysh sodda hayvonlardan sporalilar sinfi vakillarida, ko‘p hujayralilardan paporotniksimonlarda uchraydi. Spora — ular hayot siklining bir davri bo‘lib, qobiqqa o‘ralgan hujayradan iborat. Keyinchalik bu hujayra ko‘payish xususiyatiga ega bo‘ladi. Vegetativ ko‘payishda yangi organizm ona organizmning bir qancha hujayralari to‘plamidan hosil bo'ladi. Bu usul bilan ko'payish juda sodda tuzilgan ko‘p hujayrali hayvonlarda (kavakichaklilar, g‘ovaksimonlar, yassi va yumaloq chuvalchanglarda) hamda ko‘pchilik o'simliklarda uchraydi. Vegetativ ko‘payishning o'ziga xos xili — poliembrioniya mavjud. Bunda embrion bir necha marta bo‘linadi. Embrionning ana shu bo'laklaridan keyinchalik mustaqil organizm rivojlanadi. Poliembrioniya parazitik hayot kechiruvchi ayrim arilarning lichinkalarida, sutemizuvchilardan bronenosetsda uchrashi mumkin. Odamda bir tuxumli egizaklar tug‘ilishi ham poliembrioniya hisoblanadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling