2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41- rasm. Umurtqalilar o‘pkasimng evolutsiyasi.
Mavzuning mazmuni.
Umurtqalilarning nafas olish sistemasi kelib chiqishi va joylashishiga ko‘ra bevosita hazm qilish sistemasi bilan bog‘liq. Suvda yashovchi umurtqalilarda nafas olish a’zosi vazifasini halqumga joylashgan oyquloq bajaradi. Quruqlikda yashovchilarda oyquloq yoriqlari yopilib, yo'qolib ketadi. Nafas olish a’zosi vazifasini ichak devorining o‘simtasi — o'pkalar bajaradi. Demak, umurtqalilar filogenezida yashash sharoitiga moslashishiga qarab ikki xil nafas olish sistemasini uchratish mumkin (41- rasm). 41- rasm. Umurtqalilar o‘pkasimng evolutsiyasi. panjaqanot baliqning yutqini va suzgich pufagi (o'pkasi); II—amfibiya- ning yutqini va o'pkasi; III—o'pkalar. a—dumli amfibiyaniki; b—dumsiz amfibiyaniki; d—reptiliyalarniki; e, f—sutemizuvchilarniki. 1—yutqin; suzgich pufagini yutqin bilan birlashtiriivchi kamera; 3—suzgich pufagi qopchalari; 4—hiqildoq-kekirdak kamerasi; 5—o‘pka qopchiqlari; 6—o‘pka ichi to‘siqchalari; 7—kekirdak, 8—bronx; 9—bronx shoxlari; 10—alveolalar. Baliqlarda nafas olish sistemasi oyquloq yaproqlaridan iborat. Evolutsiyada o'pka birinchi marta amfibiyalarda paydo bo'ladi. Amfibiya o'pkasi ichak o‘simtasi bo'lmish havo xaltachalariga gomologdir. Ularning o'pkasida to'siqlar, bronxlar bo'lmaydi. Shu sababli, o‘pka 30-40% kislorodni yetkazib bera oladi, amfibiyalarda o‘pkadan tashqari teri ham nafas olishda qatnashadi. Reptiliyalarda o‘pka asosiy nafas olish a’zosi bo'lib, unda to'siqlar, bronxlar shakllanadi. Qushlar o'pkasi umurtqalilar ichida eng yaxshi rivojlanganidir. Ularning o'pkasida bronxlar tarmoqlanib, bronxiolalar bilan tugaydi. Qushlar uchishga moslashganligi sababli, ular o'pkasining ikkilamchi bronxlari oxirlari havo xaltachalari hosil qiladi. Havo xaltachalari mushaklar orasiga, teri ostiga va suyak bo'shliqlariga yetib boradi. Uchish vaqtida bu qopchiqlar havo bilan to'lib, tana vaznini yengillashtiradi. Bundan tashqari, havo qopchig'idagi atmosfera havosi nafas chiqarayotganda o'pkadan o'tib, qonni ikkinchi marta O2 bilan ta’minlaydi. Ana shunday nafas olishni ikkilamchi nafas olish deb ataladi. Bunday holat modda almashinuvini jadallashtiradi, chunki qon ham nafas olganda, ham nafas chiqarganda O2 ga to'yinadi. Sutemizuvchilarda uchlamchi, to'rtlamchi bronxiolalar o'pkada „bronx daraxti“ni hosil qiladi. Mayda bronxlar oxirida atsinuslar hosil bo'ladi. Ular qon kapillarlari bilan o'ralgan. Ko'krak bo‘shlig‘i. qorin bo‘shlig‘idagi diafragma bilan bo'linib turadi. Diafragma nafas olish harakatlarida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, umurtqalilarning nafas olish sistemasi ularning yashash muhitlariga bog‘liq ravishda rivojlanib, nafas yo‘llari va gaz almashinish sathining tobora ortishi va murakkablashuvi yo'nalishida boradi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling