2. P. R. 01imxo‘jayeva —


—tirsak suyagi; 4—kaft oldi suyaklari; 5—kaft suyaklari; 6—barmoq i'alangalari


Download 1.88 Mb.
bet93/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

3—tirsak suyagi; 4—kaft oldi suyaklari; 5—kaft suyaklari; 6—barmoq i'alangalari.
rmbrionning shakllanishi jarayonining oxirgi bosqichlarida к iiziililadi. Bunday anomaliyalarga barmoqlarning rivojlanmay qolialii, polidaktiliya (barmoqlarning 5 tadan ortiq bo‘lishi),
176 IV bo'lim. Evolutsiya ta’limoti
sindaktiliya (barmoqlarning qo‘shilib ketishi), braxidaktiliya (barmoqlarning kalta bo‘lishi)ni misol qilsa bo'ladi. Agar teratogen omillar embrionning ilk davridagi rivojlanishlariga ta’sir etsa unda tug‘ilgan bolaning qo‘l-oyoqlari burmalar ko'rinishida bo‘ladi.
Bosh skeleti. Miya va yuz qismlaridan tuzilgan. Miya qismi bosh miyani himoyalovchi, visseral, ya’ni yuz qismi esa hazm qilish sistemasining old sohasi a’zolari uchun tayanch vazifasini o'taydi. Evolutsiya mobaynida visseral skelet juda sezilarli o'zgarishlarga uchraydi. Hamma umurtqalilarning embrional davrida (tuban umurtqalilarda umri davomida) hazm sistemasi old sohasini visseral skelet yoylar shaklida o‘rab turadi. Baliqlardagi visseral skelet yoylar ozuqani ushlab turuvchi jag‘ yoyi, miya qismi bilan birlashtiruvchi tilosti yoyi va oyquloq yaproqlari birikuvchi oyquloq joylaridan tuzilgan.
Quruqlikda yashovchilarda visseral skelet birmuncha kichrayadi. Yuqori jag‘ yoyi miya qutisi bilan birikib o‘sadi, tilosti yoyidan o‘rta quloq suyaklari shakllanadi. Oyquloq yoylari esa hiqildoqning qalqonsimon, cho'michsimon, uzuksimon va boshqa tog'aylarini hosil qiladi.
Harakat-tayanch sistemasiga skeletdan tashqari mushaklar ham kiradi. Umurtqalilarning mushaklari tuzilishi va uning faoliyatiga qarab ko‘ndalang-targ‘il va silliq mushaklarga bo'linadi.
Ko‘ndalang-targ‘il mushak (somatik) organizm ixtiyoriga bo'ysunadi. U hujayraviy tuzilishga ega emas. Bu mushak simplast tuzilishga ega bo‘lib, ko'plab yadrolar va xususiy organella — miofibrillalar tutadi. Miofibrillalar aktin va miozin oqsilidan iborat bo‘lib, ma’lum bir tartibda joylashadilar. Natijada, bu mushakda ko‘ndalang chiziqlar hosil bo‘ladi.
Silliq mushak hujayraviy tuzilishga ega. Uning hujayrasi miotsit deb atalib, bitta yadro va tartibsiz joylashgan miofibrillalar tutadi. Silliq mushak ichki a’zolarda joylashib, uning faoliyati organizm ixtiyoriga bo‘ysunmaydi.
To‘garak og'izlilar, baliqlar, dumli amfibiyalarda somatik mushak segmentli tuzilishga ega bo‘ladi va bir qancha miotomlarni hosil qiladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda somatik mushaklar tana, oyoq-qo‘l, bosh mushaklari guruhini hosil qiladi. Bu guruh mushaklar ichida olib ketuvchi, olib keluvchi, qisqaruvchi, yoziluvchi, qarama-qarshi qo‘yuvchi mushaklarni uchratamiz.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling