2. P. R. 01imxo‘jayeva —


IV bo'lim. Evolutsiya ta’limoti


Download 1.88 Mb.
bet90/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

172 IV bo'lim. Evolutsiya ta’limoti

  1. mavzu. UMURTQALILARNING QOPLOVCHI,
    HARAKAT-TAYANCH VA HAZM
    SISTEMALARINING ONTO-FILOGENEZI


Mavzuning mazmuni.
Qoplovchi a’zolar sistemasi organizmning tashqi muhit bilan bevosita aloqasini ta’minlaydi, tashqi muhit o‘zgarishlarini sezadi va ularga javob reaksiyalari hosil qilishda qatnashadi. Tashqi qoplovchi to‘qimalar zararli ta’sirlardan himoya qilish, ta’sirlarni qabul qilish vazifalarini bajaradi, moddalar almashinishida ishtirok etadi, qo'shimcha nal'as olish va ayirish organlari vazifasini bajaradi. Bundan tashqari tori hosilalari harakat organlarining shakllanishida, tuyoqlar, tirnoqlar hosil qilishda, kurash va himoya qilish vositasi sifatida (shoxlar, ninaliir va boshqalar) qatnashadi.
Tibbiyot nuqtni tiazaridan teri juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning ko'rinishiga, rangiga qarab odam organizmida kechayotgan ayrim xastaliklar haqida I’ikr ynritish mumkin. Masalan, gepatit kasalligida teri sariq rangga bo'yalib qoladi, buyrak usti bezi faoliyati buzilganda suv-tuz almashinuvi o'zgarishidan teri qora rangda bo‘lsa, bronza yoki Addison kasalligi rivojlanayotganlgidan dalolat beradi. Terming tez-tez yallig‘lanishi, uning po‘st tashlashi organizmda gipovitaminoz mavjudligini, ayniqsa A vitamini yetishmasligini ko'rsatadi. Terida ba’zi mikroorganizmlar, parazit hayvonlar parazitlik tjilsa, uning tuzilishini va ko‘rinishini o‘zgartiradi.
Nihoyat, barmoq terisi chiziqlari o‘rganishi (daktiloskopiya) bilan kishining shaxsini, undagi ayrim irsiy xastaliklarni aniqlash mumkin. Demak, teri odam organizmining muhim sistemalaridan bo‘lib, uning kelib chiqishi (filogenezi), rivojlanishini bilish shifokor uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuban xordalilar terisi. ikki manbadan — ekto- va mezodermadan rivojlanadi. Uning tashqi epiteliy qavati ektoderma, uning ostidagi biriktiruvchi to‘qimali korium qavati mezoderma mahsulidir.
Umurtqalilarda teri aniq epidermis va korium qavatlariga ajratiladi. Ularning terisida quyidagi umumiylikka ahamiyat berish kerak:

  1. epidermis — ko‘p qavatli muguzlanuvchi epiteliy bo‘lib, uning hosilalari turli tuzilishdagi bezlardir;

  2. korium — zich tolali shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilib, undagi kollagen va elastik tolalar turli yo'nalishda joylashadi.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling