Umurtqalilarning qoplovchi, harakat-tayanch va hazm sistemalarining onto-filogenezi qoplovchi a’zolar sistemasi
Download 53.12 Kb.
|
UMURTQALILARNING QOPLOVCHI
UMURTQALILARNING QOPLOVCHI, HARAKAT-TAYANCH VA HAZM SISTEMALARINING ONTO-FILOGENEZI Qoplovchi a’zolar sistemasi organizmning tashqi muhit bilan bevosita aloqasini ta’minlaydi, tashqi muhit o'zgarishlarini sezadi va ularga javob reaksiyalari hosil qilishda qatnashadi. Tashqi qoplovchi to‘qimalar zararli ta’sirlardan himoya qilish, ta’sirlarni qabul qilish vazifalarini bajaradi, moddalar almashinishida ishtirok etadi, qo'shimcha nafas olish va ayirish organlari vazifasini bajaradi. Bundan tashqari teri hosilalari harakat organlarining shakllanishida, tuyoqlar, tirnoqlar hosil qilishda, kurash va himoya qilish vositasi sifatida (shoxlar, ninalar va boshqalar) qatnashadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan teri juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning ko‘rinishiga, rangiga qarab odam organizmida kechayotgan ayrim xastaliklar haqida fikr yuritish mumkin. Masalan, gepatit kasalligida teri sariq rangga bo‘yalib qoladi, buyrak usti bezi faoliyati buzilganda suv-tuz almashinuvi o‘zgarishidan teri qora rangda bo‘lsa, bronza yoki Addison kasalligi rivojlanayotganlgidan dalolat beradi. Terining tez-tez yallig'lanishi, uning po‘st tashlashi organizmda gipovitaminoz mavjudligini, ayniqsa A vitamini yetishmasligini ko‘rsatadi. Terida ba’zi mikroorganizmlar, parazit hayvonlar parazitlik qilsa, uning tuzilishini va ko‘rinishini o‘zgartiradi. Nihoyat, barmoq terisi chiziqlari o‘rganishi (daktiloskopiya) bilan kishining shaxsini, undagi ayrim irsiy xastaliklarni aniqlash mumkin. Demak, teri odam organizmining muhim sistemalaridan bo‘lib, uning kelib chiqishi (filogenezi), rivojlanishini bilish shifokor uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tuban xordalilar terisi ikki manbadan — ekto- va mezodermadan rivojlanadi. Uning tashqi epiteliy qavati ektoderma, uning ostidagi biriktiruvchi to'qimali korium qavati mezoderma mahsulidir. Umurtqalilarda teri aniq epidermis va korium qavatlariga ajratiladi. Ularning terisida quyidagi umumiylikka ahamiyat berish kerak: epidermis — ko‘p qavatli muguzlanuvchi epiteliy bo‘lib, uning hosilalari turli tuzilishdagi bezlardir; korium — zich tolali shakllanmagan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilib, undagi kollagen va elastik tolalar turli yo'nalishda joylashadi. Baliqlarning terisi plakoid va suyakli tangachalar bilan qoplangan. Epidermis bir hujayrali shilliq ishlovchi bezlar tutadi. Korium zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Plakoid tangachalar asosan tog‘ayli baliqlarda, suyakli tangachalar esa suyakli baliqlarda uchraydi. Amfibiyalarning terisi yalang‘och, ya’ni tangachalarsiz bo‘ladi. Teri bezlari ajratadigan shilimshiq terini qurib qolishdan saqlab turadi. Bundan tashqari, u bakteriotsid ta’sirga ham ega. Ayrim amfibiyalar terisidagi zaharli bezlar mahsuli ularni dushmandan himoya qiladi. Reptiliyalar terisi ularning quruqlikka moslanishida juda katta evolutsion ahamiyatga ega. Reptiliyalar terisi epidermisining yuqori qatlami shoxlanib, kosa yoki tangachalar hosil qilib, tanani qurib qolishdan saqlaydi. Epidermisning pastki o‘suvchi — malpigiy qavati shox qavat hujayralarini yangilab turadi. Reptiliyalar terisi xususiyatlaridan yana biri — bezlar tutmasligidir. Ularning barmoqlarida changaksimon tirnoqlar shakllanadi. Qushlar terisi juda yupqa bo‘lishi, bez tutmasligi (quymich bezidan tashqari), patlar bilan qoplanganligi bilan xarakter- lanadi. Qushlar oyog‘i terisi tipik shoxsimon tangachalar bilan qoplangan. Sutemizuvchilarning terisi qatlamlari murakkab, jun bilan qoplangan, turli xil bezlargaboy bo‘ladi. Soch, tirnoq, oyoq, shoxlar tangachalar hamda turli bezlar epidermisning hosilalari hisoblanadi. Korium ayniqsa juda yaxshi rivojlangan, uning ostida teri osti yog‘ kletchatkasi ham rivojlanadi. Sut bezlari, teri bezlari, yog* bezlari sutemizuvchilar uchun xos bo‘lgan bezlardir. Ularda yana maxsus ahamiyat kasb etuvchi tuyoq bezi, hid taratuvchi bezlar ham uchraydi. Shunday qilib, teri evolutsiyasining asosiy yo‘nalishlari — teri va uning hosilalarining mukammallashishi bilan bog'liq. Bu hosilalar qurib qolish, mexanik ta’sirotlar, issiqlik, qizib ketishlardan saqlaydi. Download 53.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling