Umurtqalilarning qoplovchi, harakat-tayanch va hazm sistemalarining onto-filogenezi qoplovchi a’zolar sistemasi


Download 53.12 Kb.
bet4/4
Sana23.06.2023
Hajmi53.12 Kb.
#1652651
1   2   3   4
Bog'liq
UMURTQALILARNING QOPLOVCHI

Hazm qilish sistemasi filogenezi. Umurtqalilarda hazm qilish sistemasi filogenizida tuban xordalilar (lansetnik) dagi to‘g‘ri naydan iborat ichak ma’lum funksiyalar bajaradigan, ovqatni mexanik va kimyoviy parchalaydigan a’zolargacha mukammallashadi. Hazm qilish sistemasining old halqum qismi nafas olish a’zosiga aylanadi yoki nafas olish sistemasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Evolutsiya davomida hazm nayi uzunlashadi, so‘rish sathi xilma-xil bukilmalar, mikrovorsinkalar yordamida kengayadi, hazm qilish bezlari rivojlanadi. Umurtqalilarning hazm qilish sistemasi entodermadan rivojlanadi. Ularning hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘shlig‘idan va undagi tishlar, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklargacha davom etadi. Bundan tashqari, ularda so'lak bezlari, jigar va oshqozon osti bezi yaxshi takomillashgan. Umurtqalilar hazm qilish sistemasi a’zolari har bir sinf vakillarida o'ziga xos rivojlangan.
Baliq va amfibiyalarda jigar birmuncha yirik, oshqozon osti bezi ichakning yon o'simtasi sifatida rivojlanadi. Baliqlarda oshqozon yaxshi shakllanmagan. Baliq va amfibiyalar jag'larida bir qator konussimon tishlar, ya’ni gomodont sistemali tishlar mavjud.

2- rasm. Umurtqalilar tishlarining evolutsiyasi.
a—Perm davri reptiliyalarining konussimon tishlari; b—yuqori, terpo- dontlarning tishlari; d—sodda sutemizuvchilarning tishlari; e—maymunlar ajdodining tishlari; f—yuqori maymunlar va odamning tishlari.


Reptiliyalar tishlari ham gomodont tuzilgan (2- rasm), ularda ingichka va yo‘g‘on ichak chegarasida birinchi marta ko‘r ichak paydo bo'ladi.
Qushlarning hazm sistemasi ularning o'sishiga moslangan holda takomillashgan. Ularda jag‘ va tishlar bo‘lmaydi, yo‘g‘on ichagi anchagina kalta bo‘ladi.
Sutemizuvchilarda geterodont tishlar sistemasi rivojlanadi. Ular halqumining yon devoridan 4 ta oyquloq cho'ntak rivojlanadi. Bu cho‘ntaklarning birinchi juftidan Evstaxiy nayi va o‘rta quloq, ikkinchisidan murtaklar sinusi, uchinchi va to'rtinchisidan esa qalqon oldi va qalqonsimon bez rivojlanadi. Ba’zan bu bezlarning shakllanishi noto‘g‘ri borganligi sababli, bo‘ynida tug'ma teshiklar bo‘lishi anomaliyasi rivojlanishi kuzatiladi.
Hazm sistemasi nuqsonlari ichak naychasi yoki uning hosilalarining gipogeneziyasi (sust rivojlanishi) yoki ageneziyasi (umuman rivojlanmasligi), kanalchalar yoki teshiklarning stenozi, atreziyasi, ayrim to‘qimalarning geterotopiyasi shakllarida kuzatiladi.
Shunday qilib, umurtqalilar hazm sistemasining evolutsiyasi uning tuzilishining tobora murakkablanishi, ixtisoslashishi, ovqat so‘ruvchi sathining uzayishi va har xil moslamalar hisobiga ortishi, tishlarning ixtisoslashishi yo'nalishida boradi.
TEST

  1. Bo‘yin umurtqalari yaxshi rivojlanganligi, qolgan qismdagi umurtqalar qo'shilib o‘sganligi qaysi sinf vakillari uchun xarakterli?

A. Baliqlar.
B. Amfibiyalar.
D. Reptiliyalar.
E. Qushlar.
F. Sutemizuvchilar.

  1. Qaysi sinf vakillarida teri yuqori qismi shakllangan, kosacha, tangachalar hosil qilgan, terida bezlar rivojlanmagan, barmoqlarda changaksimon tirnoqlar rivojlangan?

A. Amfibiyalar.
B. Baliqlar.
D. Reptiliyalar.
E. Qushlar.
F. Sutemizuvchilar.

  1. Odamda bo‘yin umurtqalariga qovurg‘alar birikkan anomaliyasi evolutsiyada qanday sinf vakillarida normal holat sifatida uchraydi?

A. Amfibiyalar.
B. Baliqlar.
D. Reptiliyalar.
E. Qushlar.
F. Tuban sutemizuvchilar.

  1. Mushaklar qaysi sinf vakillarida miotomlarni hosil qiladi?

A. Baliqlar, to'garak og‘izlilar.
B. Dumli amfibiyalar.
D. Qushlar, reptiliyalar.
E. A va В javoblar to‘g‘ri.
F. A va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Gomodont tishlar qanday sinf vakillarida rivojlanadi?

A. Baliqlar, amfibiyalar.
B. Reptiliyalar.
D. Sutemizuvchilar.
E. A va В javoblar to‘g‘ri.
F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Gomodont tishlar qaysi sinf vakillarida rivojlanadi?

A. Baliqlar, amfibiyalar.
B. Reptiliyalar.
D. Sutemizuvchilar.
E. A va В javoblar to‘g‘ri.
F. В va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Umurtqalilar hazm sistemasi rivojlanishi qanday yo‘nalishlarda borgan?

A. Hazm nayi uzunlashishi.
B. So‘rish sathi kengayishi.
D. Hazm bezlari rivojlanishi.
E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
F. Faqat A javob to‘g‘ri.



  1. Umurtqalilar qo‘l-oyoq skeleti evolutsiyasi qanday yo‘nalishlarda borgan?

A. Yelka va bilak suyaklarining uzunlashishi.
B. Kaft oldi suyaklari kaltalashib, soni ortishi.
D. Kaft oldi suyaklari soni kamayishi, kaltalashishi.
E. A va В javoblar to‘g‘ri.
F. A va D javoblar to'g'ri.

  1. Xorda — bu:

A. O‘zak skeleti sifatida rivojlanadi.
B. Umurtqalilarda umrining oxirigacha saqlanib qoladi.
D. Asosan embrion davridagina saqlanadi.
E. A va В javoblar to‘g‘ri.
F. A va D javoblar to‘g‘ri.

  1. Sut bezlari, teri bezlari, yog‘ bezlari qaysi sinf vakillari uchun xos?

A. Amfibiyalar.
B. Reptiliyalar.
D. Baliqlar.
E. Qushlar.
F. Sutemizuvchilar.
Download 53.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling