174 IV bo‘lim. Evolutsiya ta’limoti
To‘garak og'izlilar va baliqlarning umurtqa pog'onasi tana va dum qismlaridan tuzilgan. Umurtqalilar soni turlicha bo‘lib, ular tanadan va o‘simtalardan tuzilgan.
Amfibiyalarda baliqlardan farqli ikki yangi qism — bitta umurtqadan iborat bo‘yin va dumg‘aza bo'limlari rivojlanadi.
Reptiliyalarnirig umurtqa pog'onasi 5 qismdan — bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg'aza va dum bo‘limlaridan tuzilgan. Bu qismlardagi umurtqalar soni reptiliyalar turiga qarab o‘zgaradi.
Qushlarning umurtqa pog'onasi o'ziga xos tuzilgan bo'lib, u qushlarning uchishiga yordam beradi. Bo‘yin qismi umurtqalari yaxshi rivojlangan bo'lib, qushlarning harakatchanligi darajasini belgilaydi. Qolgan qismlardagi umurtqalar qo'shilib o‘sgan.
Sutemizuvcliilar umurtqa pog'onasida xorda faqat umurtqalar orasidagina saqlanib qoladi. Umurtqa pog'onasi bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum qismlaridan iborat. Bo'yin qismida 7 ta, ko'krak qismida 9-24 ta, bel qismida 3 9 ta umurtqa bo'lib, dum qismi umurtqalari soni o'zgmmvclmndir.
Odam umurtqa pog'onasida ucliraydigan ayrim anomaliyalar sababini lining filogenezidagi shakllanishidan aniqlash mumkin. Masalan, ayrim odnmlar umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi umurtqalarda qovurg'alar birikadigan yon o'simtalar rivojlanishi mumkin. Ana sb unday o'simtalar evolutsiyasi reptiliyalarda uchraydi. Ayrim vnqtda bel umurtqalari tanasi elementlarining o'zaro yaxshi o'sib hirikmaganligi sababli spina bifida anomaliya ham kelib chiqqan.
Qo'l-oyoq skeleti. Ko'pchilik baliqlarda suzgichlar tayanch uchun emas, balki suzish vaqtida yo'nalishni o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Lekin panja qanotli baliqlardagi suzgich tayanch vazifasini ham o'taydi. Ularning juft suzgichlarida yelka, bilak, panja suyaklari rivojlanadi (39- rasm).
Evolutsion taraqqiyot davomida quruqlikda yashovchi umurtqalilarning qo'l-oyoq skelet suyaklari umumiy tuzilishga ega bo'lib, muayyan umumiy va xususiy o'zgarishlarga uchragan. Mana shu o'zgarishlar ularning quruqlikdagi xilma-xil sharoitlarga moslashishini ta’minlaydi. Yelka va bilak suyaklari uzunlashadi, kaft oldi suyaklari kaltalashib, soni ham kamayadi. Odamning qo'li o'ziga xos tuzilgan bo'lib, u mehnat qilish a’zosidir. Odamda uchraydigan tug'ma kasalliklar va mayib-majruhliklarning yarmidan ortig'i skelet anomaliyalariga (yunoncha anomalia — notekis, noto'g'ri) to'g'ri keladi. Ular endogen, genetik va ekzogen omillar ta’sirida kelib chiqishi mumkin. Ko'pincha bunday o'zgarishlar
39- rasm. Umurtqaliiar oldingi oyoqlari skeletining gomologiyasi. a—salamandra; b—toshbaqa; d—timsoh; e—qush; f—ko‘rshapalak; g—kit; h—ko‘rsichqon; i—odam. 1—yelka suyagi; 2—bilak suyagi;
Do'stlaringiz bilan baham: |