2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- mavzu. Harakat-tayanch va hazm sistemalarining onto-filogenezi 173


Download 1.88 Mb.
bet91/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

22- mavzu. Harakat-tayanch va hazm sistemalarining onto-filogenezi 173
Baliqlarning terisi plakoid va suyakli tangachalar bilan qoplangan. Epidermis bir hujayrali shilliq ishlovchi bezlar tutadi. Korium zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat.
Plakoid tangachalar asosan tog‘ayli baliqlarda, suyakli tangachalar esa suyakli baliqlarda uchraydi.
Amfibiyalarning terisi yalang‘och, ya’ni tangachalarsiz bo‘ladi. Teri bezlari ajratadigan shilimshiq terini qurib qolishdan saqlab turadi. Bundan tashqari, u bakteriotsid ta’sirga ham ega. Ayrim amfibiyalar terisidagi zaharli bezlar mahsuli ularni dushmandan himoya qiladi.
Reptiliyalar terisi ularning quruqlikka moslanishida juda katta evolutsion ahamiyatga ega. Reptiliyalar terisi epidermisining yuqori qatlami shoxlanib, kosa yoki tangachalar hosil qilib, tanani qurib qolishdan saqlaydi. Epidermisning pastki o'suvchi — malpigiy qavati shox qavat hujayralarini yangilab turadi. Reptiliyalar terisi xususiyatlaridan yana biri — bezlar tutmasligidir. Ularning barmoqlarida changaksimon tirnoqlar shakllanadi.
Qushlar terisi juda yupqa bo‘lishi, bez tutmasligi (quymich bezidan tashqari), patlar bilan qoplanganligi bilan xarakter- lanadi. Qushlar oyog‘i terisi tipik shoxsimon tangachalar bilan qoplangan.
Sutemizuvchilarning terisi qatlamlari murakkab, jun bilan qoplangan, turli xil bezlarga boy bo‘ladi. Soch, tirnoq, oyoq, shoxlar tangachalar hamda turli bezlar epidermisning hosilalari hisoblanadi. Korium ayniqsa juda yaxshi rivojlangan, uning ostida teri osti yog‘ kletchatkasi ham rivojlanadi. Sut bezlari, teri bezlari, yog‘ bezlari sutemizuvchilar uchun xos bo'lgan bezlardir. Ularda yana maxsus ahamiyat kasb etuvchi tuyoq bezi, hid taratuvchi bezlar ham uch- caydi. Shunday qilib, teri evolutsiyasining asosiy yo‘nalishlari — leri va uning hosilalarining mukammallashishi bilan bog'liq. Bu liosilalar qurib qolish, mexanik ta’sirotlar, issiqlik, qizib ketishlardan saqlaydi.
Harakat-tayanch sistemasi. Harakat-tayanch sistemasining nHosiy vazifasi — himoya hamda harakat uchun tayanch bo‘lib hisoblanadi. Umurtqalilarda skelet uch asosiy qismdan: o‘zak skeleti, <|o‘l oyoq skeleti, bosh skeletidan iborat.
O'zak skeleti dastlab xorda sifatida entodermadan rivojlanadi. Xorda asosan kuchli vakuollashgan hujayralardan tuzilgan. Umurt- i in I i I a r< la xorda asosan embrion davridagina saqlanib, keyinchalik iiiiiiii Iqii pog‘onasi bilan almashinadi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling