2. Psixologik xizmat fanining tarixiy ildizlari. Psixologik xizmatning predmeti va vazifalari hamda psixologik xizmatning bugungi asosiy yoʼnalishlariga baho bering


Download 21.08 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi21.08 Kb.
#246666
1   2   3
Bog'liq
1-семинар машгулоти

3. Fanning vazifasi - talabalarga psixologning maktabgacha tarbiya muassasasidagi ishi, maktabga qabul qilinayotgan va qabul qilingan bolalar bilan olib boriladigan psixologik ishlar, mehribonlik uylaridagi psixologning ishi, psixologning xalq ta’limi sistemasida ish olib borishi, psixologning o‘qituvchilar bilan olib boradigan ishlari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

Psixologik xizmatni uch nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazar. Ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazarlarning birligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.

Tadqiqot va ta’sir o‘tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, maxsus o‘quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o‘quvchilar, ota-onalar bo‘lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.

Psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:

- Ilmiy nuqtai nazar.

- Tashviqot nuqtai nazar.

- Amaliy nuqtai nazar.

Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.

Ilmiy nuqtai nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.

Tashviqot nuqtai nazari xalq ta’limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo‘lib, pedagoglar, metodistlar, didaktlar maydonga chiqadi.



Xizmatning amaliy nuqtai nazarini maktab psixologlari amalga oshiradilar, ularning vazifasi - u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar, o‘qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat.
Download 21.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling