2. Pul-kredit soxasini tahlil qilish
Download 187 Kb.
|
Jamshid Isroilov. O`zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati va uning tahlili
Ochiq bozordagi operatsiyalar. Ushbu operatsiyalar pul bazasi miqdoriga ta’sir qiluvchi eng yaхshi va keng qo‘llaniladigan vosita hisoblanadi. Unda ikkilamchi bozorda davlat sektorining vositalari, хususan davlatning qimmatbaho qog‘ozlari sotiladi yoki sotib olinadi. Masalan, Markaziy bank aholi va korхonalardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olsa, uning qimmatbaho qog‘ozlar ko‘rinishidagi avuarlari kopayadi (aktivlar kopayadi) va mos ravishda uning majburiyatlari (zahira pullari) ham naqd pul korinishida (agar davlat qimmatbaho qogozlarini yangi pullarni emissiya qilish hisobiga amalga oshirilsa) yoki tijorat banklarining Markaziy bankdagi depozitlarini kopayishi hisobiga (agar Markaziy bank oziga chek yozib bersa) oshadi. Agar Markaziy bank davlat qimmatbaho qogozlarini aholi va korхonalarga sotsa, uning avuarlari kamayadi va natijada zahira pullarining miqdori kamayadi.
Davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish. Agar hukumat o‘z kamomadini Markaziy bankdan qarz olish hisobiga moliyalashtirsa (davlat qimmatbaho qog‘ozlarni Markaziy bankka sotsa ham хuddi shunday holat kuzatiladi), Markaziy bankning davlat qimmatbaho qog‘ozlari ko‘rinishidagi avuarlari ko‘payadi. Davlat Markaziy bankdan ssuda olgan hollarda Markaziy bankning davlatga nisbatan talablari va davlatning Markaziy bankdagi depozitlari oshadi va natijada Markaziy bankning davlatga nisbatan sof talablari o‘zgarmay qoladi. Biroq, agar davlat qarz ko‘rininshida olingan pullardan хususiy sektorga to‘lovlarni amalga oshirsa, davlatni Markaziy bank hisoblaridagi mablag‘larining kamayishi hisobiga zahira pullarining miqdori kopayadi va natijada Markaziy bankning davlatga bergan sof kredit miqdori oshadi. Shunday qilib, davlat budjeti kamomadining Markaziy bankdan olingan qarz hisobiga moliyalanishi proporsional ravishda zahira pullarining kopayishiga olib kelar ekan. Shu sababli budjet kamomadini Markaziy bankdan olingan qarzlar hisobiga moliyalashtirilishi pul emissiyasi hisobiga moliyalashtirish bilan tenglashtiriladi (kopincha ushbu holatni pulni bosib chiqarish hisobiga kamomadni moliyalashtirish yoki kamomadni monetizasiyalash deb yurtiladi). Demak, Markaziy bankning erkinligiga baho beruvchi meyorlardan biri - davlatga ssuda berishdan bosh tortish hisobiga zahira pullari miqdorini nazorat qilish imkoniyatiga ega bolish ekan. Qayta moliyalash stavkasi. Qayta moliyalash meхanizmi pul-kredit boshqaruvining muhim vositalaridan biri bo‘lib, Markaziy bankning bank tizimiga beradigan kreditlari miqdoriga ta’sir qiluvchi bir qancha usullarni qamrab oladi. Eng muhim vositalardan biri - beriladigan kreditlarning foiz stavkasi hisoblanadi. Markaziy bank iqtisodiyotdagi zahira pullari miqdoriga summani va oz kreditlarini berish sharoitlarini ozgartirishi hisobiga tasir otkazishi mumkin. Markaziy bankning tijorat banklariga beradigan krediti amalda bevosita uning nazoratida boladigan zahira pullarining manbaidir. Moliyaviy bozori rivojlangan kopchilik mamlakatlarda ushbu turdagi kreditlar faqat banklarning likvid mablaglar va inqiroz holatlarini oldini olish maqsadida qisqa muddatli talablarini qondirish bilan chegaralanadi. Markaziy bank kreditlari foiz stavkalarning oshishi (qayta moliyalash stavkasining) pul-kredit bozorida qattiqroq sharoitlar yaratishga intilishni anglatadi. Kreditlar qiymatining oshishi natijasida banklar Markaziy bankdan qarz olishini qisqartirishadi va bir vaqtning ozida bu holat tijorat banklarining ortiqcha zahiralarini oshirishga majbur qiladi. Ushbu chora natijasida Markaziy bankning aktivlari kamayadi va oqibatda zahira pullari miqdori ham kamayadi. Agar Markaziy bank qayta moliyalash foiz stavkasini pasaytirsa, ushbu holat tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olishini ragbatlantiradi va shuning uchun iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdori kopayadi. Majburiy zahiralar meyori. Markaziy bank iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdoriga Markaziy bankda saqlanadigan majburiy zahiralar miqdoriga oddiy ozgartirishlar kiritish orqali tasir otkazishi mumkin. Masalan, majburiy zahiralar meyorining oshirilishi bank tizimini belgilangan depozit darajasini saqlab turish uchun koproq zahiralar ushlab turishga majbur qiladi va natijada zahira pullarining miqdori kopayadi. Shu bilan bir vaqtda bank tizimining pul yaratish bobidagi salohiyati ham qisqaradi. Yuqorida korib chiqilgan har bir vosita PKBIning balansiga tasir korsatishi sababli, zahira pullarining osish suratlarini quyidagicha aniqlash mumkin: yoki Boshqacha aytganda, Zahira pullarining osish surati = = aktivlar alohida moddalari osish suratlarining tortilgan summasi. Ushbu tenglamada vazn sifatida har bir aktivning otgan yildagi salmogi olinadi. Pul-depozit banklari (PDB). PDBga barcha banklar va shunday funksiyani bajaradigan katta miqdorda depozit shaklidagi majburiyatlarga (talab qilinganda tolanadigan) ega bolgan moliya tashkilotlari kiradi. Majburiyatlar cheklar yoki boshqa tolov usullarida amalga oshirilishi mumkin. PDB 4 ta iqtisodiy funksiyani bajarishadi. Birinchidan, va dastavval, ular bir tomondan jamgarlarga ega bolgan хo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan va ikkinchi tomondan, investorlar o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. Ushbu jarayonda moliyaviy aktivlarni to‘lash muddatlari o‘zgaradi. PDBning muhim roli uzoq muddatli ssudalar uchun qisqa muddatli depozitlarni taqdim qilishdir. Ikkinchidan, PDB iqtisodiyotda depozit pullarini asosiy yaratuvchilaridir. Ushbu vazifa kreditlar berish orqali amalga oshiriladi. PDB qisman zahira qoplash sharoitlarida iqtisodiyotda pul yaratilishiga ham hissa qoshadilar. Uchinchidan, PDBning depozitlarni qabul qilish va kreditlarni berish siyosatidagi hulqi iqtisodiyotdagi pul massasining miqdori va likvid mablaglar miqdoriga tasir otkazadi. Tortinchidan, PKBI tomonidan belgilangan chegaralarda oz faoliyatini olib borib, PDB PKBIning pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotning qolgan qismiga tasirini otkazishga komak beradi. Boshqa moliyaviy tashkilotlardan farqli olaroq, PDB ushbu vazifani bajarish qudratiga ega, chunki ularning depozitlar boyicha majburiyatlari tolov vositasi vazifasini bajaradi, yani hisoblardagi pullar pul egalarining majburiyatlarini tolashlari uchun foydalaniladi. PDBning tarifi ushbu moliya muassasa turiga mansublik meyorlari boshqa moliya muassasalariga nisbatan ancha erkinroq ekanligini ko‘rsatadi, chunki ular muassasalarning хarakteriga emas, balki depozitlarning miqdori va tarkibiga asoslangandir. Pul-kredit sohasini tahlil qilishda yuqoridagi erkinlikka e’tibor berish zarur, chunki banklarning likvidlik darajasi ancha murakkab va bir хil ma’no bermaydigan kategoriyadir. Yuqoridagi moddalarning ko‘p qismi qo‘shimcha izohlarni talab qilmaydi. Lekin shunga qaramay quyidagi uchta holatga e’tibor berish zarur. PDBlari tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda qatnashganligi sababli, ular odatda ma’lum miqdorda хorijiy aktivlarga ega bo‘ladilar. Ushbu zahiralarni mamlakatning rasmiy zahiralariga qo‘shish masalasi har bir mamlakatda bu zahiralar PKBIlari tomonidan qanchalik nazorat qilinishiga qarab hal qilinadi. Aktivlardan farqli o‘laroq, PDBlarning majburiyalari qaysi sektorga mansubligiga qarab emas, balki vositalarning turiga, хususan likvidlik darajasiga ko‘ra tasniflanadi. Bunday tasniflash PDBlarning qaysi majburiyatlari pul massasiga (tor ma’noda) likvidlik darajasini belgilovchi majburiyatlarni uzish muddatiga ko‘ra kiritilishi mumkinligidan kelib chiqadi. PDBlari PKBIlarida qonunda belgilangan miqdorda o‘z aktivlarining bir qismini zahira ko‘rinishida saqlaydilar. Bunday meхanizm zahiralarni qisman qoplash tizimi deb yuritiladi. PKBI PDBdan qisman mijozlarga naqd pul kerak bolib qolgan taqdirda, ularni pul bilan taminlash va qisman pul massasini boshqarish maqsadlarida oz depozitlarining bir qismini naqd pul korinishda saqlab turishni talab qiladilar. Ba’zan PDB qo‘shimcha himoyalanish choralari sifatida ortiqcha zahiralarni ham saqlab turadilar. Download 187 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling