2. Pul-kredit soxasini tahlil qilish
Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi holatdan kelib chiqib, ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini belgilaydi, ular qatoriga
Download 187 Kb.
|
Jamshid Isroilov. O`zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati va uning tahlili
Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi holatdan kelib chiqib, ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini belgilaydi, ular qatoriga:
ozgarmas va ozgaruvchan stavkada cheklangan hajmdagi kimoshdi savdolari; garov taminoti asosida milliy valyutada kreditlar berish; davlat qarz majburiyatlari chiqarilishi bilan ular boyicha RYePO operatsiyalari; milliy valyutadagi muddatli depozitlar va boshqalar kiradi. Ochiq bozor operatsiyalarini otkazishda asosiy etibor otkaziladigan operatsiya muddatlarining likvidlik maqsadli darajasi bilan muvofiqlashtirish, bozorni yanada rivojlantirish, operatsiyalarni amalga oshirish jarayonlarining ishonchliligi va shaffofligini taminlash qabi vazifalarga qaratiladi.Qayd etish lozimki, respublikamizda 1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli qogozlari muomalaga chiqarilib ular tijorat banklari ortasida joylashtirilgan. 2012 yilga kelib davlat qimmatli qogozlarini muomalaga chiqarilishi toxtatilgan.Davlat qimmatli qogozlarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat korsatish boyicha barcha imkoniyatlar mavjud bolib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan.Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qogozlarining doimiy muomalada bolishi nafaqat davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yoli, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bolib hisoblanadi.Oz navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yilda davlat qimmatli qogozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshiradi.Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlari davom ettiriladi. Xulosa Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga kora muhim rol oynaydi. Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib otadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar boyicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi. Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisоdiyotning eng asоsiy markaziy muammоlaridan biri, ya’ni «qоn tоmiri» hisоblanadi. Pul tizimining to`g`ri faоliyati darоmadlar va хarajatlarning dоiraviy aylanishiga hayotiy kuch bеradi. Ayni vaqtda yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor operatsiyalari orqali qisqa muddatli foiz stavkalariga tezkor tasir korsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining foiz kanali tasirini kuchaytiradi.Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan choralar shaffofligini oshirishga va asossiz inflyatsion kutilmalarning oldini olishga qaratilgan kommunikatsion kanalining amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.Shundan kelib chiqqan holda, Markaziy bank qabul qilinayotgan qarorlar sabablari hamda mohiyatini elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali aholi va biznes hamjamiyatiga tushuntirish boyicha faol ish olib boradi.Pul-kredit siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ozgarishlar va kutilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan malumotlarni togri qabul qilinishini taminlash maqsadida elon qilinadigan axborotlarda soha mutaxassisi bolmaganlar uchun tushunarli bolgan til va atamalardan foydalaniladi.Shu bilan birga, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar kolami kengaytirib boriladi Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasini ishlab chiqish va uning instrumentlaridan samarali foydalanish vazifasi kop jihatdan Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tahlil va prognozlar sifatiga bogliq.Puxta ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlarga asoslangan pul-kredit siyosati ichki moliya bozorlaridagi noaniqliklarni kamaytiradi, qabul qilinayotgan qarorlar mohiyatini tushuntirishni yengillashtiradi va uning yonalishlarini oldindan aniqlash imkonini yaratadi.Bugungi kunda Markaziy bank xalqaro amaliyotlar asosida prognozlash ishlarini tashkil etishning boshlangich bosqichida turibdi. Bunda inflyatsiya darajasini prognozlashning dastlabki modellarini tuzish borasida ilk qadamlar tashlangan. Xususan, ARIMA (avtoregressiya suzuvchi ortachaning integrallashgan modeli) modelida istemol narxlarining guruhlashtirilgan indeksini qollash va sinovdan otkazish boshlandi.Shu bilan birga, OLS (eng kichkina kvadratlar usuli) i VAR (vektorli avtoregressiya) modellari ham qollanmoqda.2018-2021 yillarda inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar boyicha tahlil qilish, tolov balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida tuzish, asosiy makroiqtisodiy hamda pul-kredit korsatkichlarini prognozlash va modellashtirish instrumentlarini takomillashtirish boyicha ishlar yanada kuchaytiriladi. Zaruriy malumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda yarimtarkibiy va tarkibiy modellar asosida qollaniladigan modellar royxatini kengaytirish kozda tutilmoqda.Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida otkazilayotgan sorovlar va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur organish, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishda komak beradi.Markaziy bank xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar markaziy banklari bilan ham hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajada davom ettiradi.Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari rolini kuchaytirish, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognozlash hamda pul bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 yillarda Xalqaro valyuta jamgarmasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilgor tajribasini organish va ozaro tajriba almashish amaliyotini kengaytirish kozda tutilmoqda. Download 187 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling