2. Qadimda Maurya davlatining poytaxti bo‘lgan shaharni belgilang


Download 49.97 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi49.97 Kb.
#1839867
Bog'liq
6-sinf Tarix DTM 2020 testlar


1. Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo‘lgan saroyi qoldiqlari saqlanib qolgan shaharni belgilang. A) Suza B) Ekbatana C) Persepol D) Bobil
2. Qadimda Maurya davlatining poytaxti bo‘lgan shaharni belgilang.
A) Pataliputra B) Malla C) Koshala D) Panjob
3. Rim va Karfagen o‘rtasidagi birinchi Puni urushi qanday natija bilan yakunlangan?
A) Karfagen g ‘alaba qozonib, Sitsiliyani egalladi va Rimni o‘lpon to‘lashga majbur qildi
B) Rim Karfagenni to‘liq bosib oldi

C) Karfagen g‘alaba qozonib, janubiy Italiyani bosib oldi
D) Rim g‘alaba qozonib, Sitsiliyani egalladi va Karfagenni o‘lpon to’lashga majbur qiladi
4. Birinchi Puni urushida Karfagen qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchragach, Karfagen quldorlari qaysi hududni bosib olishga muvaffaq bo‘ldilar?
A) Karfagen sharqidagi dengiz bo‘yi hududlarini
B) Ispaniyaning katta qismini C) Sardiniya orolini D) Sitsiliya orolini
5. Rim imperiyasi provinsiyasi bo‘lgan Ispaniya kim tomonidan boshqarilgan? A) konsul B) nomarx C) proconcul D) strateg

6. Qadimgi Rim imperiyasida qaysi voqeadan keyin Oktavian davlatning G‘arbiy qismini, Mark Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o‘z qo‘liga olgan?
A) ular o‘zaro ittifoq tuzib, Brut boshchiligidagi respublika tarafdorlarini tor-mor etganidan keyin B) Mark Antoniy Misr malikasi Kleopatra yordamida Sharqiy hududlarni egallab olganidan keyin C) Mark Antoniy Misr malikasi Kleopatraga
uylanganidan keyin D) Yunoniston qirg‘oqlarida ular o‘rtasida jang
bo‘lib o‘tganidan keyin

7. Quyidagi qaysi hukmdorlar mil. avv. VI asrda hukmronlik qilgan?
1) Kir II; 2) Doro III; 3) Aleksandr Makedonskiy; 4) Kambiz II.
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4
8. Quyidagilardan Qadimgi Misr tarixiga oid bo‘lganlarini belgilang.
1) Nomarx; 2) Yangi podsholik; 3) “Osmon
ostidagi podsholik”; 4) qo‘shinning to‘rt turi; 5) kasta; 6) “Qora tuproq”.
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 6 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 5

9. Quyidagilardan Qadimgi Yunoniston tarixiga oid bo‘lganlarini belgilang.
1) akveduk; 2) goplit; 3) Xalq tribuni; 4) polis; 5) plebey; 6) periek.
A) 1, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 2, 4, 6
10. Quyidagilardan Qadimgi Yunonistonning harbiy sarkardasi bo‘lgan shaxslarni belgilang. 1) Mark Krass; 2) Leonid; 3) Ssipion; 4) Miltiad.
A) 2, 4 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 2
11. Quyidagi qadimgi davlatlar vujudga kelgan hududlari bilan mos ravishda berilgan javobni toping.
1) Elam davlati; 2) Isroil podsholigi; 3) Urartu davlati;
a) Turkiyaning sharqiy qismida va Armaniston hududlarida; b) Eronning janubi g‘arbiy qismida; c) Falastin hududida; d) Suriya.
A) 1-d, 2-c, 3-a B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-a, 2-b, 3-d D) 1-b, 2-c, 3-a
12. Odamlar taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshlagan davrni toping.
A) so‘nggi paleolit B) bronza C) mezolit D) neolit
13. Quyidagilardan qaysi biri neolit davrida kashf etilgan?
A) o‘q-yoy B) g‘ildirak C) to‘quvchilik D) sun’iy olov
14. Ahamoniy hukmdorlaridan qaysi biri butun
mamlakat uchun “darik” deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritgan?
A) Kserks B) Kir II C) Doro I D) Doro III
15. Qadimda “shoh yo‘li” deb nomlangan savdo yo‘lini qurdirgan ahamoniy hukmdorini toping.
A) Kserks B) Doro I C) Doro III D) Kir II
16. Qadimgi Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan, shaxsan ozod kishilar nima deb atalgan?

A) falanga B) goplit C) periek D) metek
17. Qadimgi misrliklar o‘z yurtlariga qanday nom berishgan?
A) “Olovli yer” B) “Qora tuproq” C) “Daryo sohili” D) “Qizil tuproq”
18. Nil daryosining quyilish joyini ... delta deb atashgan.
A) yunonlar B) akkadlar C) shumerlar D) misrliklar
19. Qadimgi misrliklar rivoyatiga ko‘ra kim Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan?

A) Yaxmos B) Xufu C) Osiris D) Menes
20. Teyshebaini shahri qaysi davlat hujumi natijasida vayron qilingan?
A) Midiya B) Xett podsholigi C) Bobil podsholigi D) Ossuriya
21. Qadimgi Xitoydagi Sya sulolasi qaysi qabila tomonidan taxtdan ag‘darilgan? A) Sin B) Shan C) Xunn D) Chjou
22. Doro I elchilari bo‘ysunishini talab qilib, qaysi shaharga kelganda elchilar chuqur quduqqa tashlab yuborilgan edi?
A) Afinaga B) Troyaga C) Spartaga D) Plateyaga

23. Qadimgi tangalarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi maxsus fan qanday ataladi? A) numizmatika B) epigrafika C) arxeologiya D) etnografiya
24. Sun’iy tarzda olov hosil qilish qaysi davr odamlarining muhim ixtirosi hisoblanadi? A) mezolit B) so‘nggi paleolit C) ilk paleolit D) o‘rta paleolit
25. Qaysi davrga kelib odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etgan?
A) mezolit B) bronza C) neolit D) eneolit
26. Qadimgi Rimda kimlar kolonlar deb atalgan?
A) qullar B) yerni ijaraga beruvchilar C) mayda yer ijarachilari D) erkin dehqonlar
27. Yer yuzida buyuk muzlik davri qachon boshlangan?
A) neolitda B) so‘nggi paleolitda C) ilk paleolit oxirida D) mezolit oxirida
28. Qaysi davr boshlanishi bilan muzlik davri poyoniga yetgan?
A) eneolit B) o‘rta paleolit C) ilk paleolit D) mezolit
29. Xaritada yulduzcha bilan ko’rsatilgan hududda qadimgi davrda vujudga kelgan davlatni toping.


  1. Franklar davlati B) Sparta davlati C) Etrusklar davlati D) Miken davlati

30. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan qadimgi davlat hududida bo’lib o’tgan jangni toping.




  1. Zama jangi B) Kann yaqinidagi jang C) Plateya jangi D) Puate jangi

Download 49.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling