Bobil madaniyati slayd


Download 3.7 Mb.
Sana26.10.2023
Hajmi3.7 Mb.
#1724000
  • Re’ja:
  • 1.Bobil davlati haqida.
  • 2.Bobil madaniyati.
  • Bobil (shumercha Kadingirra, akkadcha Babilu, aynan — tangri darvozasi) — Mesopatamiyaning shim. qismida, Furot daryosi boʻyida joylashgan shahar; hozirda Xilla shahri (Iroq). Bobildastlab Akkad shohi Sargon (miloddan avvalgi 2364— 2314) haqidagi afsonada va Ur davlatining III sulolasiga oid hujjatlarda tilga olingan. Bobil Birinchi Bobil sulolasi (miloddan avvalgi 1894—1595) davrida katta rol oʻynay boshlagan, Hammurapi davri(miloddan avvalgi 1792—1750) ga kelib esa nafaqat Mesopotamiyaning, balki butun Old Osiyoning yirik siyosiy, madaniy va xujalik markaziga aylangan.
  •  Taxminan 1595-yil Bobil nmxettlar, soʻngrataxminan 1518-yil kassitlar bosib olgan. 13—12-asrlarda shahar Ossuriya podsholari Tukultininurti I va Tiglatpalasar I tomonidan ikki marotaba vayron etilgan.
  • Miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida Ossuriya va oromiy qabilalaridan xaldeylar oʻrtasida B. uchun kurash boʻlgan. Miloddan avvalgi 732 yildan B. Ossuriya davlati tarkibida. Miloddan avvalgi 689 yil shahar isyon koʻtarganligi sababli Ossuriya podshosi Sinaxerib tomonidan butkul vayron etilgan. taxminan miloddan avvalgi 680 yil Sinaxeribning vorisi Asarxaddon tomonidan kayta tiklangan. Miloddan avvalgi 626 yil Blagi hokimiyatni xaldey Nabopalasar (626—604) egallab olgan. 
  •  Navuxodonosor II (604—562) davrida shahar gullabyashnagan, ravnaqtopgan. 538 yil B.ni forslar shohi Kir bosib olgan. Miloddan avvalgi 331 yil B.ni Iskandar Zulqarnayn zabt etgan. Miloddan avvalgi 312 yil B. Iskandarning sarkardalaridan biri Salavk qoʻli ostiga oʻtgan. Shu paytdan eʼtiboran B. yetakchilik mavqeini yoʻqota borgan va milodiy 2-asrga kelib tarix sahnasidan uzilkesil tushib ketgan.
  • Mesopotamiya — jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyati ning ilk o'choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo'lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o'zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya madaniyatining manbalari er. av. IV ming yillikda shaharlar paydo bo'lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki birlik, an'analarni merosiyligi, uning unsurlarining ajralmas aloqasi saqlanib qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang'ich davri o'ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo'lib, uning barcha jihatlarini birlashtirgan an'analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi.
  • Mesopotamiya (hozirgi Iroq hududi)da yashagan va Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya kabi yirik davlatlar barpo etgan xalqlar — shumerlar va akkadlar, bobilliklar va ossuriyaliklar madaniyati; bir tomondan yuksak darajada taraqqiy etgan ilmfan, adabiyot va sanʼat hamda boshqa tomondan diniy mafkuraning ustuvor boʻlganligi bilan ajralib turgan.
  • Fan taraqqiyotining muhim omili insonning xoʻjalik faoliyati boʻldi, chunki u oʻlchovlar tizimini ishlab chiqishni, yer maydoni oʻlchamlarini, don omborlari va sunʼiy suv havzalari hajmini aniqlash usullarini bilishni, kanallar qazish, imoratlar qurish va hunarmandchilikda band boʻladigan ishchi kuchini hisoblay olishni talab qilardi. Ana shu omillarning natijasi oʻlaroq miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirida shumerbobil matematika si yaratildi. Bobil matematiklari shumerliklar ilgariroq yaratgan oltmishlik pozitsion hisob tizimidan keng foydalanishgan; shu tizim asosida turli hisoblash jadvallari: sonlarni boʻlish va koʻpaytirish, sonlarning kvadratlari, kublari hamda kvadrat va kub ildizlari va boshqa jadvallarni tuzishgan (qarang Matematik mixxat matnlari). Bobilliklar kvadrat tenglamalarni yechishgan, „Pifagor teoremasi“ni va turli „Pifagor sonlari“ni topish usullarini (Pifagordan ming yildan ortiq vaqt ilgari) bilishgan; yer maydonlari, joylar, ayrim binolar tarxlarini chizishgan (lekin masshtabga rioya qilishmagan), fazoviy jismlarning hajmini aniqlay olishgan.
  • Bobilliklar kimyo borasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishishgan, bu yutuqlar albatta sof amaliy tarzda boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab jez tayyorlashning koʻplab reseptlari saqlanib qolgan, sirkori sopol buyumlar va ularning rangbarang naqshlari maʼlum boʻlgan
  • Bobilda geografik tasavvurl a r ni ibtidoiy chizmalar — „dunyo haritasi“da umumlashtirishga harakat qilingan. Haritada yer yassi koʻrinishda va uni togʻlardan oqib keluvchi Dajla va Furot daryolari kesib oʻtgan tarzda tasvirlangan. Bularning hammasi dunyo okean bilan oʻralgan va yer ham uning ustida suzib yuradi deb tasavvur qilingan. Bobilliklar oʻzlari yashayotgan joyni odamlar yashaydigan quruqlikning markazi deb bilganlar. Okean „osmon toʻgʻoni“ bilan oʻralgan, uning ustida bir necha (uchta yoki yegtita) osmon gardishi oʻrnashgan, yer ostida esa jahannam („Ulugʻ togʻ“) joylashgan deb oʻylaganlar. Lekin savdo ishlari bilan uzoqyaqin mamlakatlarga qatnagan bobillik savdogarlarning geografik tasavvurlari ancha keng boʻlgan (1-ming yillik boshlarida ularga Pirenei yarim oroldan Hindiston yarim orolgacha boʻlgan yerlar maʼlum edi)
  • Oʻsha davrda tibbiyot ham jadal rivojlandi. Jarrohlik yoʻli bilan oyoqqoʻllarni kesib tashlash, singan joylarni bitirish, koʻzga tushgan oqlarni olib tashlash va boshqa tibbiy muolajalar bajarilar edi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmidan va 1-ming yillikning 1 yarmidan hozirgacha yetib kelgan tibbiy matnlarda inson tanasining boʻlaklari anatomik tizimga solinganligi maʼlum boʻldi. Baʼzi kasalliklar va tegishli dori-darmonlar ham muayyan tizimga solingan ekan.
  • Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirida yagona mustabid davlat mustahkamlana bordi. Shu tufayli mahalliy maʼbud va maʼbudalarga sigʻinish oʻrnini butun mamlakat uchun umumiy boʻlgan maʼbudga topinish egalladi. Diniy tizimda kishilar maʼbudlarga qurbonlik keltiruvchi qullar darajasiga tushib kolli, shohlik hokimiyati esa ilohiy kuch deb eʼlon qilindi.
  • Ikki daryo oraligining somiy (akkad) aholisi dastlab oʻz qabila maʼbudlariga sigʻinardi. Ammo miloddan avvalgi 3-ming yillik oʻrtalariga kelib Ikki dare oraligida yashovchi somiylar dinida ham shumer maʼbudlari hukmronlik kila boshladi. Maʼbudlarning bir qismi shumer maʼbudlariga xos nomlar bilan bir qatorda yoxud ular oʻrniga somiycha nomlar bilan ham atalardi (Enlil — Bel, Innin — Ishtar, Utu — Shamash, Enki — Ea, An — Anu, Nanna — Sin va h. k.).
  • Bobil ravnaq topgan davrda (miloddan avvalgi 18-asr) mazkur shaharning homiy maʼbudi Marduk — oliy maʼbud deb eʼlon qilingan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda ayrim maʼbudlarning samoviy jismlar bilan tenglashtirilishi negizida astral eʼtiqrdlar rivojlandi. Shim.sharkiy Ikki dare oraligida, Ossuriyada ayni shu umumiy maʼbudga sigʻinish keng tarqaldi, bunga ayrim mahalliy (xurriy va boshqalar) maʼbudlarga topinish ham qoʻshildi, ammo Ossuriya bosh shahrining homiysi — Ashshur oliy maʼbud hisoblanib, u shahar nomi bilan shunday deb atalardi. Oliy maʼbud (Enlil, Marduk yoki Ashshur) bilan bir katorda 7 yoki 12 ta bosh maʼbud ham tan olinardi.
  • Qabila boshligʻiga jamoa hayotiy kuchqudratining timsoli sifatida sigʻinishga asoslangan tasavvurlar ham saqlanib qolgandi. Bobilda har yili marosim oʻtkazilib, unda podshoh oʻrnini vaqtinchalik kambagʻal bir kishi yoxud qul egallar, uni bosh kohin uribsavalab qoʻyardiki, bu udum ham keksayib, kuchdan qolgan qabila boshligʻinioʻldirish marosimining qoldigʻi edi. 2—1-ming yillnkda gunoh va tavbatazarru tushunchasi keng tarqaladi, ammo bu ham asosan marosim tarzida qabul qilinardi.
  • Kohinlik kasb sifatida Ikki daryo oraligʻida juda erta — 4-ming yillikdayoq vujudga keldi. Hukmdor (podshoh) — kohin hisoblanardi. Ibodat rusumlarini oʻtkazish maqsadida miloddan avvalgi 4-ming yillikda jamoa ehrom xoʻjaliklaridan maxsus katta ehrom xoʻjaliklari ajralib chiqdi, keyinchalik ular podshoga qarashli xujaliklarning tarkibiy qismlariga kiritildi

Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling