2. Qatlamga “Quruq gaz” haydash. Saykling jarayon. Gazberaoluvchanlik va kondensat beraoluvchanlikni oshirish usullari texnologiyasi. Tayanch so’zlar


Qatlamga “Quruq gaz” haydash. Saykling jarayon


Download 17.27 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1570639
1   2   3
Bog'liq
21-ma\'ruza (1)

Qatlamga “Quruq gaz” haydash. Saykling jarayon.
Gazkondensat konini ishlashning bunday nomlanishi unda qatlam bosimini saqlashni amalga oshirilishining mantiqidan kelib chiqqan - qatlamga mazkur qatlamdan olingan, lekin gazni tayyorlash qurilmasidan o'tkazilgan va suyuq uglevodorodlari ajratib olingan gaz haydaladi, boshqacha qilib aytganda gazni aylana haydash (saykling-jarayon). 30 chi yillarning o'rtalarida AqShda ko'plab gazkondensat konlari ochildi. Bu vaqtda bunday konlarni ishlatishda bo'ladigan termodinamik holatlar mantiqi o'rnatildi. Shuni aytish lozimki, bu davrda gazni iste'mol qilish juda ham kam bo'lib, lekin suyuq uglevodorodlarga talab katta edi. Shuning uchun bu vaqtda (30 chi yillarning ohiri 40 chi yillarning boshi) gazkondensat konini qatlam bosimini gazni hayta haydash orqali saqlash bilan ishlash keng tarqaldi. U qimmat narhda sotilayotgan kondensatni qatlamdan maksimal olishga va arzon gazni saqlashga imkon bergan. Gazkondensat qatlamlariga quruq gazni haydashdan maqsad qatlamda suyuq uglevodorodlarni teskari kondensatciyalanishini minimumgacha etkazish uchun qatlam bosimini etarli darajada yuqori (odatda kondensatciyalanishni boshlanish bosimidan bir muncha yuqori) saqlash qisoblanadi. quruq gazning asosiy komponenti metan bo'lganligi uchun quruq gazlar deyarli barcha qatlam gazkondensat tizimlari bilan to'la aralashadi. Eksperimentlar ko'rsatadi-ki, bir-biri bilan aralashadigan bir tizim bilan ikkinchisini siqish yukori samara beradi va odatda bu samara 100% teng yoki yaqin.
Gaz uyumining gaz beruvchanligi neftberuvchanlik ko'rsatgichidan tubdan farq qiladi. Bunga sabab albatta gazning neftga nisbatan bir necha yuz barobar kam qovushqoqlikka ega bo'lganligidir.
Gaz uyumlari aksariyat gaz tarzida hamda suv siquvchi tarzi bilan gaz tarzining aralashmasidan qosil bo'lgan tarzda ishlaydilar.
Gaz tarzida ishlovchi uyumlar aksariyat litologik to'silgan va suv siqivuga duchor bo'lmagan holatlarda ishlatiladi. Bunday holatlarda qatlam bosimi eng minimal qolgacha tushadi, aniqroqi quduq oqzidagi bosim 1atga teng bo'lgan holatgacha ishlashi mumkin. Suv siquvi tarzi mavjud bo'lgan joylarga mansub gaz uyumlari aksariyat dastlabki davrlarda gaz tarzida ishlaydilar va vaqt o'tishi bilan qatlam bosimi kamaya borgan sari qatlamga suv chegaradan kirib keladi va gaz uyumini egallay boshlaydi. Bunday holatda gaz olayotgan quduqlarni suv bosadi, ularning ishiga suv albatta salbiy ta'sir o'tkazadi, natijada qatlamning bir qismini suv bosishi natijasida qatlamdagi gazning bir qismi suvda eriydi, bir qismi esa bosib qelgan suv tazyiqi ostida qatlamda qolib ketadi.

Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling