2. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi sifatlanmish vazifasini bajargan? Kechki ekinning xatari ko`p. (Maqol) 2
Download 68.94 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
4 Ona tili va adabiyoti 23.05.2021 1. Berilgan gaplarning qaysilarida faqat ega fonetik hodisaga uchragan? 1. Inson organizmida har bir a`zoning alohida o`rni bor. ( Sh.Jabborov ) 2. Osmonga tupur gan kishining tupugi yuziga tushadi. (Mahmud Qoshg`ariy) 3. Barakalla, o`g`lim , shunday bo`lish kerak, orzu-niyatingga, murod-maqsadingga yet, – deb olqishladi. ( T.Malik ) 4. Eng oxiri tun chog`i Bir hid sezdi dimog`i. ( H.Olimjon ) A) 1, 2 B) faqat 1 C) 1, 4 D) 1, 2, 3, 4 2. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi sifatlanmish vazifasini bajargan? 1. Kechki ekinning xatari ko`p. (Maqol) 2. Hilm – axloqli odamning qimmatbaho libosi. (“Mahbub ul- qulub”) 3. Qovun navlarining atalish usullari xilma-xildir. (M.Safarov) 4. Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirishmadi. (A.Qahhor) 5. Vodil qishlog`ining choyxonasi yo`l boshidagi ikkita katta keksa chinorning soyasida joylashgan. (Gazetadan) A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4 3. Esi chiqib ketmoq iborasining o`xshashi qaysi qatorda berilgan? A) yuragi chiqib ketmoq ; B) esxonasi chiqib ketmoq; C) joni xalqumiga kelmoq; D) jon-poni chiqib ketmoq 4. Berilgan gaplardan qaysilarida bir so`zda ikki xil fonetik hodisa kuzatilgan? 1. Qo`llari, oyoqlari o`ziga bo`ysunmay, o`z-o`zidan harakatlanar, uni qayoqqadir olg`a eltardi. 2. Agar bu sovuq so`fi kirib kelgan bo‘lmasa, ikki yosh qizning qish bo‘yi to ‘plangan ko‘ngil g‘ashliklari biroz sho‘xlik bilan ancha yozilgan bo‘lardi. 3. Bunday yig`loqi qizni oldin sira uchratmagan edim-da. 4. Bunaqangi xotiralar bilan uzoqqa borolmaysan-da, bolam, - dedi, Mo`min bobo. 5. Qo`ylarning o`tloqqa qarab to`xtamasdan yugurganini bilardim, lekin itning o`tloqqa raqab yugurishi menga nimanidir eslatdi, lekin nimaligini anglay olmadim, afsus. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 3 D) 3, 4, 5 5. Ba`zan insonning ishlari ortga ketsa, noumid bo`lmasligi kerak, axir, kamon o`qi ham oldinga otilishidan avval biroz ortga tisariladi. (“Hikmatlar saodatga yetaklar” kitobidan.) Yuqoridagi gapda ostiga chizilgan so`z tarkibidagi qo`shimchaning bo`lishli shakli qaysi qo`shimcha bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) zamon shakli bilan B) mayl shakli bilan C) sifatning orttirma shakli bilan D) sifatning ozaytirma daraja shakli bilan 6. Berilgan gaplarda harakat nomi qo‘shimchasini olgan so'zlar gapda qanday vazifani bajargan? 1) Xalqning o'zingga xayrixoh bo'lishini istasang, avval o'zing xalqga xayrixoh bo‘l. 2) Biror xalqning axloqini bilishni istasang, uning adabiyoti o`rgan. 3) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi , buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak. 4) Erta bahorda daraxt ekish, yerlarni yumshatish bizning eng yaxshi odatimizdir. (2-gap mujmal) A) 1 - to‘ldiruvchi, 2- to‘ldiruvchi, 3 - kesim, 4 – ega B) 1 - to'ldiruvchi, 2 - kesim, 3- ega, 4 – ega C) 1 - to‘ldiruvchi, 2- to‘ldiruvchi, 3 - ega, 4 – ega D) 1 - to‘ldiruvchi, 2 - kesim , 3- kesim, 4 – ega 7. Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. B) Bu – siz uchun katta sinov. C) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. D) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. 8. Traktorchilar tashvishlanib qolishdi // oziq-ovqat, yonilg‘i tugayapti. Yuqoridagi gapda // belgi o`rnida qo`llanishi kerak bo`lgan tinish belsi qaysi gap tarkibida ishlatilgan? A) Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. B) «Shoshmang, Ahmadjon», – dedi yigit. (Abdulla Qahhor) C) Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi: ko‘plari hikoya eshitish uchun kelardi. (Sh.Xolmirzayev) D) Tartib bilan o‘tqazilgan turli-tuman gullar chaman bo‘lib yotibdi... (Shuhrat) Download 68.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling