2. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi sifatlanmish vazifasini bajargan? Kechki ekinning xatari ko`p. (Maqol) 2


Download 68.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.12.2022
Hajmi68.94 Kb.
#1072445
  1   2



Ona tili va adabiyoti 23.05.2021 
1. Berilgan gaplarning qaysilarida faqat ega fonetik hodisaga 
uchragan? 1. Inson organizmida har bir a`zoning alohida 
o`rni 
bor. ( Sh.Jabborov ) 
2. Osmonga 
tupur
gan kishining 
tupugi 
yuziga tushadi. 
(Mahmud Qoshg`ariy) 
3. Barakalla, 
o`g`lim

shunday
bo`lish kerak, orzu-niyatingga, 
murod-maqsadingga yet, – deb olqishladi. ( T.Malik ) 
4. Eng oxiri tun chog`i Bir hid sezdi 
dimog`i.
( H.Olimjon )
A) 1, 2
B) faqat 1
C) 1, 4 D) 1, 2, 3, 4 
2. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi sifatlanmish vazifasini 
bajargan? 
1. Kechki 
ekinning
xatari ko`p. (Maqol) 
2. Hilm – axloqli 
odamning
qimmatbaho libosi. (“Mahbub ul-
qulub”) 
3. Qovun 
navlarining
atalish usullari xilma-xildir. (M.Safarov) 
4. Mehmonlar 
qorovulning 
qistashiga qaramasdan ichkariga 
kirishmadi. (A.Qahhor) 
5. Vodil 
qishlog`ining 
choyxonasi yo`l boshidagi ikkita katta 
keksa 
chinorning
soyasida joylashgan. (Gazetadan)
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 1, 2, 5
B) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4 
3. Esi chiqib ketmoq iborasining o`xshashi qaysi qatorda 
berilgan? 
A) yuragi chiqib ketmoq
;
B) esxonasi chiqib ketmoq;
C) joni xalqumiga kelmoq;
D) jon-poni chiqib ketmoq
4. Berilgan gaplardan qaysilarida bir so`zda ikki xil fonetik 
hodisa kuzatilgan? 
1. Qo`llari, oyoqlari o`ziga bo`ysunmay, o`z-o`zidan 
harakatlanar, uni 
qayoqqadir
olg`a eltardi. 
2. Agar bu 
sovuq
so`fi kirib kelgan bo‘lmasa, ikki yosh qizning 
qish bo‘yi to ‘plangan ko‘ngil g‘ashliklari biroz sho‘xlik bilan 
ancha yozilgan 
bo‘lardi. 
3. Bunday 
yig`loqi 
qizni oldin sira uchratmagan edim-da. 
4. 
Bunaqangi
xotiralar bilan uzoqqa borolmaysan-da, bolam, - 
dedi, Mo`min bobo. 
5. Qo`ylarning o`tloqqa qarab to`xtamasdan yugurganini 
bilardim, lekin itning o`tloqqa raqab yugurishi menga 
nimanidir eslatdi, lekin nimaligini anglay olmadim, afsus. 
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 3
D) 3, 4, 5 
5. Ba`zan insonning ishlari ortga ketsa, noumid bo`lmasligi 
kerak, axir, kamon o`qi ham oldinga otilishidan avval biroz 
ortga tisariladi.
(“Hikmatlar saodatga yetaklar” kitobidan.)
Yuqoridagi gapda ostiga chizilgan so`z tarkibidagi 
qo`shimchaning bo`lishli shakli qaysi qo`shimcha bilan 
shakldoshlik hosil qiladi? 
A) zamon shakli bilan B) mayl shakli bilan
C) sifatning orttirma shakli bilan
D) sifatning ozaytirma daraja shakli bilan 
6. Berilgan gaplarda harakat nomi qo‘shimchasini olgan so'zlar 
gapda qanday vazifani bajargan?
1) Xalqning o'zingga xayrixoh 
bo'lishini
istasang, avval o'zing 
xalqga xayrixoh bo‘l.
2) Biror xalqning axloqini 
bilishni
istasang, uning adabiyoti 
o`rgan.
3) Yozuvchi turmushni har taraflama 
o‘rganishi
, buning uchun 
uning hamma sohalaridan xabardor 
bo‘lishi 
kerak.
4) Erta bahorda daraxt ekish, yerlarni yumshatish bizning eng 
yaxshi odatimizdir. (2-gap mujmal) 
A) 1 - to‘ldiruvchi, 2- to‘ldiruvchi, 3 - kesim, 4 – ega 
B) 1 - to'ldiruvchi, 2 - kesim, 3- ega, 4 – ega
C) 1 - to‘ldiruvchi, 2- to‘ldiruvchi, 3 - ega, 4 – ega
D)
1 - to‘ldiruvchi, 
2 - kesim
, 3- kesim, 4 – ega
7. Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan?
A) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa 
hech kim 
yo‘q. 
B) Bu – siz uchun katta sinov. 
C) Seni odobli bo'lganing uchun 
hamma
hurmat qiladi. 
D) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib 
yig`lasharmidik. 
8. Traktorchilar tashvishlanib qolishdi // oziq-ovqat, yonilg‘i 
tugayapti. 
Yuqoridagi gapda // belgi o`rnida qo`llanishi kerak bo`lgan 
tinish belsi qaysi gap tarkibida ishlatilgan? 
A) Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo 
keltirar.
B) «Shoshmang, Ahmadjon», – dedi yigit. (Abdulla Qahhor
C) Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi: 
ko‘plari hikoya eshitish uchun 
kelardi. (Sh.Xolmirzayev)
D) Tartib bilan o‘tqazilgan turli-tuman gullar chaman bo‘lib 
yotibdi... (Shuhrat) 

Download 68.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling