608. 0‘qish metodikasi qanday amalga oshiriladi?
Boshlang'ich sinflarda o‘qish predmetining vazifasi bolalarni to'g'ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o‘qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
609. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi nimani o‘rgatadi?
Bu bo‘lim elementar to‘g‘ri yozuvga va husnixatga o‘rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
610. Yuz ichida nomerlash to‘liq ta’riflangan javobni toping.
Bittalab va guruhlab sanash 100 ichida sonlarni yozish va o‘qish bir xonali va ikki xonali son tushunchasi ikki xonali sonni birlik va o‘nliklar yig’indisi shaklida yozish.
611. O’qish malakalarining sifatlariga nimalar kiradi?
Badiiy asar matnini to‘g’ri va tez o‘qish badiiy asar matnini ongli va ifodali o‘qish
612. Psixologo-lingvistik nuqtai nazardan analitik-sintetik tovush metodida nimalarga ahamiyat beriladi?
Savod o‘rgatishda bolaning egallagan nutq malakasiga asoslanadi tovush va harfni o‘rgatishning qulay tartibi ularning mosligi va osonligi ta’limning tarbiyaviy va o‘stiruvchan xarakteri hisobga olinadi
613. Analitik-sintetik tovush metodi savod o‘rgatishga tashkiliy tomondan qanday yondashadi?
Tashkiliy tomondan 2 davrga bo‘linadi alifbegacha tayyorgarlik davri alifbe davri bunda yozuvga va o‘qishga o‘rgatish parallel olib boriladi
614. «Alifbe» darsligini tuzilishida e’tibor qaratiladigan ilmiy-pedagogik tamoyillar qaysilar?
Alifbe hajmi savod o‘rgatishga ajratilgan vaqtga mos bo‘lishi badiiy didni o‘stirish va tarbiyalash tamoyili asosida tuzilishi hajmi qog’ozi barcha tasvirlari shakl va mazmun birligiga rioya qilishi soddadan murakkabga tamoyili asosida tuzilishi
615. Boshlang’ich sinfda o‘qish darslarining didaktik maqsadi to‘g’ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
O’quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish asar matni ustida ishlash
616. Boshlang’ich matematika kursi tuzulishi mazmuni to‘liq berilgan javobni belgilang.
Natural son 0 va ular ustida 4 amal amallardagi komponentlar va natija orasidagi bog’lanishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |