2. Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi
partion kartalar, kartochkalar yoki kitoblar ochiladi. Ushbu ombor hisobi
Download 20.48 Kb.
|
partion kartalar, kartochkalar yoki kitoblar ochiladi. Ushbu ombor hisobi registrlariga kirim qilingan materiallarning miqdori, narxi, summasi va boshqa belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar schyot-fakturalar va kirim dalolatnomalari asosida yoziladi. Omborlardan materiallar qurilish maydonchalariga talabnomalar, ichki naklodnoylar, limit-zabor qaydnomalari asosida beriladi. Bu hujjatlar ikki nusxada tuziladi hamda mas’ul xodimlar (bosh injener, hisobchi), shuningdek materiallarni bergan va olgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Qurilish maydonchalarida omborlardan olingan materiallar uchun moddiy javobgar shaxslar bo‘lib masterlar, prorablar yoki brigadirlar hisoblanadi. Ushbu moddiy javobgar shaxslar bo‘ynidagi materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi maxsus hisobot (M-29 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ishlatilmagan materiallar qurilish maydonchalaridan omborlarga ichki nakladnoylar bilan qaytariladi. Materiallarning chetga chiqib ketishi (sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi), shuningdek yaroqsiz holatga kelganligi uchun hisobdan chiqarilishi faqat qurilish tashkiloti rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ushbu hollarda materiallarning ombordan chiqib ketishi schyot-fakturalar bilan ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Yaroqsiz holatga kelgan materiallarning hisobdan chiqarilishi dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Materillarning omborlardan berilishi va boshqa barcha chiqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida partion kartalar, kartochkalar yoki ombor kitobiga qayd etiladi. Qurilish tashkilotlarida ombor mudirlari materiallarning holati va harakati bo‘yicha hisob siyosatida belgilangan muddatlarda material hisobotlarini tuzadilar. Ta’kidlash joizki, respublikamizda qurilish tashkilotlari uchun material hisobotining yaxlit shakli tasdiqlangan emas. Qurilish tashkilotlarida hozirgi kunda ham sobiq sovet tizimi davrida ushbu maqsadlar uchun tasdiqlangan maxsus hisobot shaklidan (M-19 shakl) foydalanib kelinmoqda. Biroq, qurilish tashkilotlari amaliyotida bu hisobotni aynan tasdiqlangan shaklda tuzilmayotganligini, aksincha uni turli o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda tuzish holatlarini uchratish mumkin. Chunonchi, ayrim qurilish tashkilotlarida materiallar hisoboti faqat soniy ko‘rinishda, boshqalarda esa soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilmoqda. Soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilgan materiallar hisoboti (M-19 shakl) namuna sifatida 4 – ilovada keltirilgan. Hisobotni ushbu ko‘rinishda yuritishga hozirgi kunda qurilish tashkilotida materiallarni hisobdan chiqarishda qabul qilingan baholash usullari katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, FIFO usulini qo‘llash ushbu hisobotni bir qancha varaqlardan iborat bo‘lishiga olib keladi. Chunki, bu usulga ko‘ra materiallar nomi bir xil bo‘lsada, lekin sotib olish narxlari turlicha bo‘lganligi uchun alohida qatorlarda ko‘rsatiladi. AVEKO usulini qo‘llash hisobot varaqlari sonini kamayishiga olib keladi. Chunki, bunda materiallar nomi bir xil bo‘lganligi uchun, ularning bahosidan qat’iy nazar, bir qatordan yoziladi. Bu usulda materiallar holati va chiqimining summaviy miqdori hisobotda o‘rtacha baholarda ko‘rsatiladi. Materiallar hisoboti ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyada qoladi. Buxgalter tomonidan tekshirilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan ikkinchi nusxasi esa ombor mudiriga qaytariladi. Qurilish tashkiloti buxgalteriyasida materiallar hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar ishlab chiqarish zahiralarining sintetik va analitik hisobini yuritishga asos bo‘lib hisoblanadi. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling