2. Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi


Download 20.48 Kb.
bet3/6
Sana22.09.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1684523
1   2   3   4   5   6
 
 
3.Qurilishga sarflangan materiallar to‘g‘risida hisobotni tuzish va unga 
ishlov berish tartibi 
 
Qurilishga sarflangan bevosita material harajatlar to‘g‘risida axborotlarni 
o‘zida mujassamlashtiruvchi asosiy hujjat bo‘lib «Qurilishda asosiy materiallar 
sarfi to‘g‘risida hisobot» (M-29 shakl) hisoblanadi (5-ilova). Bu hisobotning shakli 
va uni tuzish tartibi sobiq SSSR Markaziy statistika boshqarmasining 1982 yil 24 
noyabrdagi 613-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Quyida hozirgi vaqtda ham 
qurilish tashkilotlarida qo‘llanilayotgan mazkur hisobotning mazmuniga qisqacha 
to‘xtalamiz. 
M-29 shaklli hisobot ikkita bo‘limdan iborat. Uning birinchi bo‘limi 
«Materiallarga bo‘lgan me’yoriy talab va bajarilgan ishlar hajmi», ikkinchi bo‘limi 
esa «Asosiy materiallar haqiqiy sarfini ishlab chiqarish me’yorlari bo‘yicha 
aniqlangan sarflar bilan taqqoslanishi» deb ataladi.
Hisobotning 1-bo‘limi ikki qismdan (chap va o‘ng qismdan) iborat. Uning 
chap qismida (1- 6-ustunlar) bajariladigan qurilish ishlarining turlari, o‘lchov 
birligi, hajmi, bir birlik ishga ketadigan materiallarning me’yoriy sarfi, 
materiallarga bo‘lgan jami me’yoriy talab va yil boshiga haqiqatda bajarilgan 
ishlarning hajmi ko‘rsatiladi. Hisobotning o‘ng qismida (7-10- ustunlar) hisobot 
oylari bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ishlarning hajmi va materiallarning me’yor 
bo‘yicha sarfi ko‘rsatiladi. Ushbu hisobotning birinchi qismi, odatda, yil boshiga 

qurilish ishlari boshlanishi oldidan to‘ldiriladi, ikkinchi qismi esa qurilish ishlari 


bajarilayotgan davrda oyma-oy to‘ldirib boriladi. 
M-29 shaklli hisobotning 1-bo‘limini tuzish va to‘ldirib borish bevosita 
qurilish tashkilotining ishlab chiqarish bo‘limining funksiyasi hisoblanadi. Bu 
bo‘limda hisobotning dublikati qurilish ishlari boshlangandan to uni 
yakunlangungacha saqlanadi. Qurilish ishlari oldidan tayyorlangan hisobotning 
ikki nusxasi qurilish ishlari bo‘yicha mas’ul va moddiy javobgar shaxslarga 
(prorab, master)larga beriladi. 
Hisobotning 2-bo‘limi qurilish maydonchalaridagi moddiy javobgar shaxslar 
(prorab, master) tomonidan to‘ldiriladi. Bu bo‘limda qurilish ishlarini bajarishga 
haqiqatda ketgan materiallar sarfi, ushbu sarflarni belgilangan me’yordagi 
sarflardan chetlanishlari (tejalganligi yoki ko‘p sarflanganligi) to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar oyma-oy ko‘rsatiladi. Materiallar haqiqiy sarflarining me’yoriy 
sarflardan kam qismi hisobotda minus ishorasi bilan, ko‘p qismi esa plyus ishorasi 
bilan yozilishi kerak. Me’yordan chetlanishlar bo‘lmaganda, hisobotning mos 
ravishdagi satrlariga tire belgisi qo‘yiladi. Materiallar sarfida belgilangan 
me’yorlarga nisbatan yo‘l qo‘yilgan chetlanishlar bo‘yicha moddiy javobgar 
shaxslar (prorab, master) batafsil tushuntirish xati yozishlari, unda chetlanishlarni 
qanday sabablarga ko‘ra yuz berganligini asoslab berishlari lozim. Ushbu 
tushuntirish xati hisobotga ilova qilinadi. 
Moddiy javobgar shaxslar (prorab, master) tomonidan tuzilgan va 
imzolangan M-29 shaklli hisobot barcha guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar 
bilan birga dastlab qurilish tashkilotining ishlab chiqarish bo‘limida, so‘ngra 
buxgalteriyada tekshirishdan o‘tadi. Ishlab chiqarish bo‘limining mas’ul xodimi 
(injener) haqiqatda sarflangan materiallar miqdorini bo‘limda qolgan dublikatdagi 
me’yorlarga mosligini, shuningdek me’yordan chetlanishlarning asosligini 
tekshiradi. Buxgalteriyada haqiqatda sarflangan materiallarning miqdori guvohlik 
beruvchi boshlang‘ich hujjatlarda to‘g‘ri ko‘rsatilganligi, shuningdek materiallar 
sarfining M-19 hisobot chiqimidagi ma’lumotlarga mos kelishligi tekshiriladi. 
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq asosga ega bo‘lmagan hollarda mas’ul injener va 
buxgalter tomonidan hisobotga tuzatishlar kiritiladi. Hisobot bu xodimlar 
tomonidan to‘liq tuzatilgandan so‘ng imzolanadi. 
Materiallar belgilangan me’yorlarga nisbatan kam sarflangan hollarda
qurilish ishlari tannarxiga haqiqatda sarflangan miqdorda qo‘shilishi lozim. 
Materiallarning belgilangan me’yorlardan ortiq sarflanishi hollarida qo‘shimcha 
sarflar qurilish ishlari tannarxiga faqat qurilish tashkiloti rahbarining ruxsati bilan 
kiritiladi. Chunonchi, rahbar materiallar sarfining qurilish tannarxiga olib 
boriladigan miqdorini hisobotning «Tannarxga kiritilsin» nomli ustunchalarida 
(mos ravishda 6,10- va boshqa ustunchalarda) belgilaydi va shundan so‘ng 
hisobotni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. 
M-29 hisobotining yuqorida keltirilgan qisqacha sharhidan ko‘rinib turibdiki, 
u qurilish tashkilotlari boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, bu 
hisobot qurilish tashkiloti rahbariyati va ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan 
qurilishga sarflanishi kerak bo‘lgan aniq materiallar me’yoriy miqdorining
mavjudligi ustidan uzliksiz nazoratni olib borilishiga, haqiqatda sarflangan 

materiallar miqdorini belgilangan me’yordan chetlanish sabablari va aybdorlarini 


topishga hamda tegishli qarorlarni qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriyada 
M-29 shaklli hisobot sarflangan materiallar qiymatini bajarilgan qurilish 
ishlarining haqiqiy tannarxiga kiritishga hamda materiallar sarfi hisobini yuritishga 
asos bo‘ladi.

Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling