Debet 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish»
Kredit 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»
(2) kelib tushgan materal boyliklarning harid bahosidagi qiymati (tannarxi)
hisob bahosidan yuqori bo‘lganda:
Debet 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»
Kredit 1510 «Materiallarni tayyorlash va harid qilish»
1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida to‘plangan materiallarning
hisob bahosidagi qiymati va harid qiymati o‘rtasidagi farq summasi harajatlarni
aks ettiruvchi schyotlarning (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9430) debetiga
sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib tarzda qo‘shimcha yozuv
yoki qizil yozuv (storno) asosida hisobdan chiqariladi.
*
Агар қурилиш ташкилоти ихчамлаштирилган ягона солиқ тўловчиси ҳисобланса, у ҳолда
таъминотчиларга тўланган ҚҚС ҳам материаллар қийматига киритилади ва унга алоҳида ушбу мазмундаги
бухгалтерия ёзуви қилинмайди.
Materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi,
bepul berilishi, boshqa korxonalarga ta’sis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va
moddiy yordam sifatida berilishi, shunindek turli boshqa chiqimlari guvohlik
beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi (3.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |