4.Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va analitik hisobi
Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik hisobi 21-son BHMSga
muvofiq 1000 «Materiallar hisobi schyotlari» tizimida ochiladigan quyidagi
schyotlarda yuritilishi lozim:
1010 «Xom-ashyo va materiallar»;
1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar»
1030 «Yoqilg‘i»;
1040 «Ehtiyot qismlar»;
1050 «Qurilish materiallari»;
1060 «Idish va idishbop materiallar»;
1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»;
1080 «Inventar va xo‘jalik jihozlari»;
1090 «Boshqa materiallar»
Ushbu aktiv schyotlarning debetida material boyliklarning hisobot davr
boshidagi qoldig‘i va hisobot davrida turli manbalardan kirim qilinishi va boshqa
sabablar evaziga ko‘payishi, kreditida esa ularning qurilish ishlariga sarflanishi va
boshqa turli chiqimlari (sotilishi, bepul berilishi va shu kabilar) evaziga kamayishi
aks ettiriladi.
Material boyliklarning kirimi va chiqimi yuqorida nomlari zikr etilgan
schyotlarda hisob bahosida aks ettiriladi. Hisob bahosi bo‘lib ularning sotib olish
qiymati (haqiqiy tannarxi), reja tannarxi, o‘rtacha baho va boshqalar hisoblanadi.
Materiallar bo‘yicha tanlab olingan hisob bahosining aniq turi qurilish tashkiloti
hisob siyosatida belgilanadi.
Qurilish tashkilotlari materiallar kirimini ikkita usulda olib borishlari
mumkin: (1) bevosita usul; (2) bilvosita usul.
Materiallar hisobining bevosita usulida ularning barcha manbalardan kirim
qilinishi materiallar hisobi schyotlarining (1010-1090 schyotlar) debetida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiriladi. Ushbu usulda materiallarning turli manbalardan
kelib tushishi va ular kirimini 1010-1090 schyotlarda aks ettirish tartibi 3.2-
jadvalda keltirilgan.
3.2-jadval
Materiallar kirimini schyotlarda aks ettirish
Do'stlaringiz bilan baham: |