Uzluksiz usulda kraxmalni qandlashtirish texnologiyasi


Download 1.27 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1496734
  1   2   3
Bog'liq
7-maruza


7-ma’ruza
Uzluksiz usulda kraxmalni qandlashtirish
texnologiyasi.
Reja.
1. Qandlashtirish jarayonini mohiyati.
2. Bir bosqichli qandlashtirish usuli.
3. Bir bosqichli vakuum sovutish yo'li bilan qandlashtirish.
4. Uzluksiz qandlashtirish.
5. Davriy (uzlukli) qandlashtirish.
Pishirilgan massa uzluksiz yoki uzlukli (davriy) usulda qandlashtiriladi. Jarayonni qaysi usulda olib borishdan qat’iy nazar, qandlasht­irish jarayoni quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Pishirilgan massani qandlashtirish haroratigacha, ya’ni amilolitik fermentlar uchun optimal haroratgacha sovutish.
2. Pishirilgan massani solod sharbati (yoki mikroorganizmlar ferment preparati) bilan aralashtirish.
3. Kraxmalni qandlashtirish.
4. Sharbatni bijg‘itishning boshlang‘ich haroratigacha sovutish.
5. Sharbatni bijg‘itish yoki achitqi zamhurug‘lari o‘stishtirish bo‘limiga nasoslar yordamida uzatish.
Uzlukli (davriy) usulda qandlashtirishda yuqorida yoritilgan bosqichlarning nasoslar yordamida uzatishdan tashqari hammasi bir uskunada amalga oshiriladi. Ushbu uskuna zator chani deb ataladi. Uzluksiz usulda qandlashtirishda esa jarayon ketma-ket o‘rnatilgan turli uskunalarda yoki bir uskunada amalga oshiriiadi.
 Uzluksiz bir bosqichli qandlashtirish
Pishirilgan massani sovutish, solod sharbati (yoki mikroorganizmlar ferment preparatlari) bilan aralashtirish va qandlashtirish, qandlashtirgich deb nomlangan uskunada bajariladi. Sharbatni sovutish esa issiqlik almashinish uskunasida amalga oshiriladi.
Qandlashtirgich silindrsimon uskuna bo‘lib, sferik yoki konussimon taglikka ega. Qandlashtirgichda propellerli arlashtirgich o‘rnatilgan bo‘lib, u elektrodvigateldan reduktor orqali aylanma harakat oladi. Aralashtirgichning aylanish chastotasi 120-270 ayl/daqiqaga teng. Qandlashtirgich yuqori qismidan qopqoq bilan yopilgan. Qopqoqda ajralib chiqadigan bug‘larni bartaraf qilish uchun so‘rish quvuri o‘rnatilgan. Pishirilgan massa bir tekis harakat qilishi uchun qandlashtirgich ichida diffuzor o‘rnatilgan. Diffuzorning pastki qismi kesik konussimon shaklda tayyorlangan, ustki qismida esa massa chiqib ketishi uchun chig‘anoqsimon quvur o‘rnatilgan. Massa ushbu quvur orqali diffuzor va qandlashtirgich korpusi orasidagi bo‘shliqqa yuboriladi. Sovutish zmeevik orqali amalga oshiriladi. Zmeevik diametri 50-70 mm bo‘lgan quvurlardan tayyorlangan bo‘lib, uning yuzasi uskunaning 1 m3 hajmiga 2 m2 hisobidan tayyorlanadi.
Diffuzor bu - quvur yoki kanalning havo, gaz yoki suyuqlik oqimi sekinlashadigan va bosimi oshadigan qismi. 
1-rasm.Uzluksiz ishlaydigan qandlashtirgich:
1 – korpus; 2 – aralashtirgich; 3 – diffuzor; 4 – shtutser; 5 – reduktor; 6 – elektrodvigatel; 7 – sath me’yorlagich; 8 – richag; 9 – kran; 10 – quvur; 11 – gilza: 12 – zmeevik.
Pishirilgan massa kran bilan ta’minlangan quvur orqali, solod sharbati esa shtutser orqali uskunaga kiritiladi. Sharbat quvur orqali uskunadan chiqariladi. Pishirilgan massaning bir tekisda kelib turishi va uskunada uning ma’lum bir hajmda bo‘lishini ta’minlash uchun qandlashtirgich suzib yuruvchi sath me’yorlagich (palavok) bilan ta’minlangan. Sath me’yorlagich pishirilgan massa kelib tushuvchi quvurda o‘rnatilgan kran bilan richag yordamida tutashtirilgan. Haroratni kuzatish maqsadida gilzada manometrik distansion termometr o‘rnatilgan.
Uskuna to‘liq hajmining 75-80 %-igacha pishirilgan massa bilan to‘ldiriladi. Sharbatning uskunada bo‘lish vaqti 20-25 daqiqaga teng. Sovutish uchun ishlatiladigan, harorati 10-15 ºC bo‘lgan suv sarfi 1 m3 sharbatga 0,8-1,0 m3 ni tashkil qiladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling