Uzluksiz usulda kraxmalni qandlashtirish texnologiyasi
Ikki bosqichli vakuum-sovutish yo‘li bilan qandlashtirish
Download 1.27 Mb.
|
7-maruza
Ikki bosqichli vakuum-sovutish yo‘li bilan qandlashtirish:
Ushbu usulda nafaqat pishgan massa qandlashtirishdan oldin sovutiladi, balki sharbatni bijg‘itish haroratigacha sovutish ham vakuum ostida amalga oshiriladi. Bunda I va II bosqich kameralarida vakuum bilan, II bosqich kamerasida esa bug‘ ejektor-vakuumli nasosi orqali jarayon amalga oshiriladi. Ushbu qandlashtirish usulda katta o‘lchamli issiqlik almashtirish uskunalari ishlatilmasligi hisobiga sovutish uchun ishlatiladigan suvdan qayta foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Ikki bosqichli vakuum-sovutish usulida uzluksiz qandlashtirishning texnologik sxemasida bug‘ separatoridagi pishgan massa bug‘latish kamerasiga 0,08 MPa barometrik bosim ostida kondensator hamda vakuum-nasos orqali o’tadi. Barometrik bosim natijasida hosil bo’lgan suv, suv yig‘gichiga tushadi va 62-63 ºC haroratgacha sovugan massa quvur orqali qandlashtirgichga yuboriladi. Shuningdek, bir vaqtda me’yorlagich orqali solod sharbati kelib tushadi va natijada massaning harorati 57-58 ºC gacha pasayadi. Qandlashtirish davomiyligi esa kamida 10 daqiqani tashkil etadi. Qandlashtirgichdan sharbat qumli ushlagich (filtr) orqali ikkinchi bug‘latish kamerasiga oqib 0,098 MPa barometrik bosim ostida kondensator hamda bug‘ ejektorli nasos orqali o’tadi. Ikkinchi bug‘latish kamerasida sharbat 20 ºC gacha sovutiladi va yig‘gichga oqib tushadi. Barometrik bosim natijasida hosil bo’lgan suv, suv yig‘gichiga tushadi va nasos orqali qisman bug‘ ejektorli qurilmaga qaytariladi. Bug‘ ejektorli qurilma kollektordan kelayotgan o‘tkir bug‘ bilan ishlaydi. Suv va kondensat bug‘ ejektor qurilmasidan yig‘gichga oqib tushadi. Yig‘gichdagi sovutilgan sharbat nasos orqali bijg‘itish bo‘limiga yuboriladi. Achitqi etishtirish uchun mo‘ljallangan sharbat esa bevosita qandlashtirgichdan 57-58 ºC haroratda olinadi. Yig‘gichda yig‘ilgan suvning harorati 10-12 ºC bo‘lganda u kondensatorni sovutish maqsadida ishlatilishi mumkin. 4-rasm. Ikki bosqichli vakuum-sovutish yo‘li bilan uzluksiz qandlashtirishning texnologik sxemasi: 1 – bug‘ separatori; 2 – barometrik kondensator; 3 – bug‘latish kamerasi; 4 – vakuum-nasos; 5–kollektor; 6–bug‘ ejektorli nasos; 7–barometrik kondensator; 8 – ikkinchi bug‘latish kamerasi; 9–quvur; 10–bosim idishi; 11–me’yorlagich; 12 – barometrik suv yig‘gich; 13 – qandlashtirgich; 14 – qum ushlagich; 15 – yig‘gich; 16 – nasos; 17 – nasos; 18 – barometrik suv yig‘gich Davriy qandlashtirish zator chanlarida amalga oshiriladi. Zator chani silindrsimon korpusli bo‘lib, ostki qismi esa sfera shaklida tayyorlanadi. Zator chanida zmeevikli sovutgich va aralashtirgich o‘rnatiladi. Zator chani ustki qopqog‘ida aralashtirgich uzatmasi (ya’ni reduktor va elektrodvigatel), so‘rish quvuri (ya’ni pishirilgan massani saqlagich-bug‘ separatoridan zator chaniga yuborganda ajralib chiqqan bug‘larni atmosferaga chiqarish quvuri), solod sharbatini kiritish shtutseri va qalpoq o‘rnatilgan. Ushbu qalpoq ichida pishirilgan massani kiritish quvuri o‘rnatiladi. Zator chanining ostida sharbatni chiqarish va kanalizatsiya shtutseri o‘rnatiladi. Pishirilgan massa qalpoqqa urilgach sochilib ketadi va chan zmeevigi yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlanadi. Natijada amilolitik fermentlar inaktivatsiyalanishining oldi olinadi. Qandlashtirish quyidagicha olib boriladi. Zator chaniga solod sharbatining 5 %-i va aralashtirgich propelleri ko‘milguncha sovuq suv quyiladi. Aralashtirgich ishga tushirilgach saqlagichdan pishirilgan massa yuboriladi. Zator chanidagi massa harorati 75-80 ºC ga etgach zmeevikka sovuq suv yuboriladi va sovutishni to‘xtatmagan holda massa yuborish davom ettiriladi. Zator chaniga kerakli miqdorda massa yuborilgach harorati 62-63 ºC gacha sovutiladi va solod sharbatining qolgan qismi qo‘shiladi. 5 daqiqa davomida aralashtirgichda va 15-20 daqiqa tinch holatda qandlashtiriladi. 5-rasm. Zator chani: 1 – korpus; 2 – pishirilgan massani kiritish patrubogi; 3 – aralashtirgich vali; 4 – zmeevik; 5 – termometr gilzasi; 6 – tayanch; 7 – sharbatni chiqarish patrubogi; 8 – reduktor; 9 – mufta; 10 – elektrodvigatel; 11 – aralashtirgich Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling