Uzluksiz usulda kraxmalni qandlashtirish texnologiyasi
Uskuna quyidagi tartibda ishga tushiriladi
Download 1.27 Mb.
|
7-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir bosqichli vakuum-sovutish yo‘li bilan qandlashtirish
Uskuna quyidagi tartibda ishga tushiriladi: toza sterillangan uskunaga bir qism solod sharbati va aralashtirgich parragi ko‘milguncha suv yuboriladi. Arashtirgich ishga tushirilgach zmeevik quvurlari to‘la ko‘milguncha bug‘ separatoridan pishirilgan massa yuboriladi. So‘ngra zmeevikka sovuq suv yuborish boshlanadi. Massa harorati 65 ºC gacha pasaygandan so‘ng solod sharbati yuboriladi. Natijada massa harorati 57-58 ºC ga tushadi.
Solod sharbati bosim idishidan me’yorlagich orqali qandlashtirgichga yuboriladi. Me’yorlagich sharbatni uskunadan bijg‘itish (yoki achitqi etishtirish) bo‘limiga yuboruvchi plunjerli nasos bilan sinxron ravishda ishlaydi. Qandlashtirish harorati zmeevikka suv kirituvchi quvurda o‘rnatilgan avtomatik boshqaruvchi klapan yordamida me’yorlanadi. Qandlashtirgichdan bijg‘itish chaniga plunjerli nasos yordamida yuboriladigan sharbat issiqlik almashtirish uskunasi yordamida sovutiladi. Issiqlik almashinish uskunasi «quvur ichidagi quvur» turida bo‘lib, ichki quvur orqali sharbat, tashqi va ichki quvur orasidagi bo‘shliq orqali esa suv harakatlanadi. Sharbat va suv bir-biriga qarama-qarshi, ya’ni sharbat uskuna yuqorisidan pastga qarab, suv esa tagidan yuqorisiga qarab harakatlanadi. Sharbat qabul qilingan bijg‘itish usuliga bog‘liq holda ma’lum haroratgacha ya’ni, ikki kecha-kunduzli bijg‘itish usulida 25-26 ºC gacha, uch kecha-kunduzli bijg‘itish usulida esa 18-20 ºC gacha sovutiladi. Sovutilayotgan sharbat harorati avtomatik ravishda me’yorlanadi. Me’yorlash sharbat chiqish quvuridagi gilzada o‘rnatilgan manometrik termometrning issiqlik almashinish uskunasiga suv beruvchi mexanizmiga ta’sir qilish bilan amalga oshiriladi. 2-rasm. «Quvur ichidagi quvur» turidagi issiqlik almashtirgichi Sovutish jarayoni davomiyligi qishda 5-6 daqiqa, yozda esa 15 daqiqagacha davom etishi mumkin. Issiqlik almashinish uskunasida sharbat va suv qarama-qarshi oqimda harakatlanganligi sababli sovutib bo’lgan suv 43-48 ºC haroratgacha isib ketishi mumkin. Bir bosqichli vakuum-sovutish yo‘li bilan qandlashtirish: Ushbu usulda qandlashtirishda pishgan massa bir bosqichli qandlashtirgichga tushguncha vakuum-bug‘latish kamerasida 62-63 ºC gacha sovutiladi. So‘ngra pishirilgan massa qandlashtirish uskunasida solod sharbati bilan aralashtiriladi. Natijada massa harorati 57-58 ºC gacha pasayadi. Qandlashtirgichda issiqlik almashinish yuzasi va diffuzor mavjud emas. Propellerli aralashtirgich uskuna yon tomonidan o‘rnatilgan. Qandlashtirgich ustki qopqog‘ida uskunani atmosfera bilan tutashtirish maqsadida filtr o‘rnatilgan. Bir vaqtning o‘zida ushbu filtr sharbatga begona mikroorganizm tushishining oldini oladi. Pishgan massa bug‘ separatoridan quvur orqali bug‘latish kamerasiga kelib tushadi. Bug‘latish kamerasida 0,08 Mpa ga siyraklanishi (kamayish) tufayli suv o‘z-o‘zidan bug‘lanadi va massa harorati shu zahotiyoq ushbu siyraklanishga mos keladigan haroratgacha pasayadi. Kameradagi siyraklanish ajralib chiqqan suv bug‘larini kondensatorda kondensatsiyalanadi. Vakuum hosil qilish uchun vakuum-nasos va barometrik quvur o‘rnatilgan. 3-rasm. Uzluksiz bir bosqichli vakuum-qandlashtirishning texnologik sxemasi: 1 – bug‘ separatori; 2 – quvur; 3 – bug‘latish kamerasi; 4 – barometrik kondensator; 5 – barometrik quvur; 6 – vakuum-nasos; 7 – klapan, 8 – nasos; 9 – qandlashtirgich; 10 – me’yorlagich; 11 – solod sharbati (yoki mikroorganizm ferment preparati) uchun sig‘im; 12, 13 – quvur; 14 – sath me’yorlagich; 15 – “quvur ichidagi quvur” turidagi issiqlik almashinish uskunasi; 16 – markazdan qochma nasos; 17 – barometrik suv sig‘imi Pishgan massa quvurga tushganda qaynaydi. Massaning ko‘piklanishini, qovushqoqligini kamaytirish, bug‘ hosil bo‘lishini engillashtirish va kondensatorga bug‘ bilan kraxmal o‘tib ketishining oldini olish uchun massaga quvur yordamida 15-20 % miqdorda sharbat kiritiladi. Pishgan massa quvur orqali qandlashtirgichga kelib tushadi. Qandlashtirgichga me’yorlagich orqali solod sharbati (mikroorganizmlar ferment preparatlari eritmasi) yuboriladi. Qandlashtirgichda massa harorati pasayadi va 57-58 ºC qiymatda ushlab turiladi. Qandlashtirgichdagi massa sath me’yorlagich orqali boshqariladi. Me’yorlagich pishirilgan massani qandlashtirgichga tushirish va sharbatni so‘rib olish quvurida o‘rnatilgan klapanlarga ta’sir etadi. Qandlashtirilgan massa nasos yordamida «quvur ichidagi quvur» issiqlik almashinish uskunasi orqali bijg‘itish bo‘limiga yuboriladi. Achitqi etishtirish uchun mo‘ljallangan sharbat issiqlik almashinish uskunasida sovutilmaydi. Barometrik suv, yig‘gichda to‘planadi. Suv markazdan qochma nasos yordamida yana kondensatorga yuboriladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling