Ishlab chiqarish jarayoni auditi


Download 14.11 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi14.11 Kb.
#1719552
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI AUDITI


ISHLAB CHIQARISH JARAYONI AUDITI
1. Auditor tovar-moddiy zaxiralarni to‘g‘ri baholanishini tekshirganda qaysi BHMSga muvofiqligini tekshirishi kerak?
A. 1-BHMS bilan;
B. 5-BHMS bilan;
C. 15-BHMS bilan;
D. 4-BHMS bilan;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
2. TMZlarni tekshirishda auditorlik amallari qanday amallarga bo‘linadi?
A. Inventarizatsiyagacha bajariladigan amallar.
B. Inventarizatsiya vaqtida bajariladigan amallar.
C. Inventarizatsiyadan so‘ng bajariladigan amallar.
D. A, B, C.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
3. Auditor tovar-moddiy zaxiralarining tushumi va kirim qilinishi qanday hujjatlar asosida tekshiradi?
A. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida.
B. Tovar-transport nakladnoylari, schot-fakturalar asosida.
C. Qadoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kviansiyasi va boshqalar asosida.
D. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar asosida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
4. Omborxonada sodir bo‘lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy usuli aniqlang?
A. Inventarizatsiya usuli.
B. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish.
C. Omborxona kirim hujjatlarini mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bilan solishtirish.
D. Barcha javoblar to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
5. Tekshiruv mobaynida tuziladigan taqqoslash qaydnomalarini kimlar imzolaydi? A. Faqat auditor.
B. Bosh buxgalter va moddiy javobgar shaxs
C. Auditor va bosh buxgalter
D. Auditor, bosh buxgalter va moddiy javobgar shaxs
E. To‘g‘ri javob mavjud emas
6. TMZlar kamomadining aniq aybdorlari topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zarar so‘mmasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladimi?
A. Ha.
B. Yo‘q.
C. Ba’zi paytlarda qo‘shiladi.
D. To‘g‘ri javob yo‘q.
E. Aksincha soliq bazasidan ayriladi.
7. Tekshiruv jarayonida korxonada konsignatsiya shartlari asosida olingan tovarlar mavjud ekanligi hamda bu tovarlar 2910-“Ombordagi tovarlar”-hisobvaraqda aks ettirilganligi aniqlandi. Aslida bunday tovarlar qaysi hisobvaraqda hisobga olinishi zarur?
A. 001-“Operativ lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalar”;
B. 002-“Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar”;
C. 003-“Qayta ishlashga olingan materiallar”;
D. 004-“Komissiyaga olingan tovarlar”;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
8. Tovar moddiy zaxiralari auditi qaysi BHMSlarga asosan o‘tkaziladi?
A. 5, 6, 10;
B. 1, 4, 19;
C. 12, 16, 20;
D. 3, 9, 15;
E. 5, 4, 16.
9. Agar TMZ sotilayotgan paytda uning bahosi tannarxidan tushib ketsa, QQS qaysi so‘mmadan hisoblanadi?
A. Realizatsiya bahosidan.
B. Tannarxidan.
C. Realizatsiya va tannarx baholari farqidan.
D. Bozorda yurib turgan bahodan.
E. Boshlang‘ich bahoda.
10. Korxonaning bankdagi schotlar bo‘yicha ma’lumotlarini tekshirishda auditor quyidagi ma’lumotlarning qaysi biridan foydalanadi?
A. O‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnomasidan.
B. Hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqning pul mablag‘lari hisobiga doir bo‘lishi.
C. Kredit bo‘limi hisob kitobini.
D. Buxgalteriya balansi 2-shakli.
E. Buxgalteriya balansi 5-shakli.
Download 14.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling