2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Download 96.93 Kb.
|
376 14.08.2023-1
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Talabalarni turar joy bilan ta’minlashning shaffof va samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi hamda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi; talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali elektron shaklda real vaqt rejimida hisobga qo‘yiladi. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish; 2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)] 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish; 2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)] 3. Belgilansinki: a) 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining: 1-kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament talablari asosida amalga oshiriladi; 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza oliy ta’lim muassasasi talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustga qadar topshiriladi; b) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi; v) quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi: “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar; I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari; xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar; “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar; oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar; talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar; g) davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirishda davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari; 2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish; 3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish] 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi: a) 2023-yil 20-avgustga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan talabalarni talabalar turar joyiga onlayn joylashtirish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqilishi va keyinchalik qo‘llab-quvvatlanishini; Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 2023-yil 20-avgustga qadar tegishli elektron ma’lumotlar bazalarining o‘zaro integratsiya qilinishini; oliy ta’lim muassasalari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini ta’minlasin; b) YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu qaror talablarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin. [OKOZ: 1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari] 6. Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2023-yil 14-avgust, 376-son Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga 1-ILOVA [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish; 2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)] Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Reglament davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarini talabalar turar joylariga joylashtirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Reglamentning qoidalari xorijiy, nodavlat va harbiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan talabalar turar joylarining xususiy sherik uchun tijoriy maqsadlarda ajratiladigan o‘rinlariga talabalarni qabul qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Download 96.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling