Mavzu: O’quvchilarni fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalariga tayyorlash reja: 1 Fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalari haqida ma’lumotlar
Download 82.27 Kb.
|
Maruza-Bilimlar-bellashuvi-va-Olimpiadalarga-tayyorlash-usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Xulosa 4) Foydalanilgan adabiyot va internet manbalar
- “Yuksak-ma’naviyat-yengilmas kuch”
- “O’rgataman –o’rganaman”
Mavzu: O’quvchilarni fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalariga tayyorlash REJA: 1) Fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalari haqida ma’lumotlar; 2) O’quvchilarni fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalariga tayyorlash; 3) Xulosa 4) Foydalanilgan adabiyot va internet manbalar Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining yozgan asarlarida jamoatchilik bilan o’tkazilgan yig’ilish va boshqa bir qator shunga o’xshash tadbirlarda albatta yoshlar haqida ko’p yaxshi va umidli gaplarni gapirib o’tganlar.Biz uchun shior darajasiga yetgan “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli yashashlari kerak” degan donolarcha da’vatlari yoshlar salohiyatini oshirish ,ularni bilimli qilish va ulardan katta narsalarni umid qilinishini bildiradi.Masalan prezidentimiz o’zining “Yuksak-ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida ,jumladan shunday deydi- “ Shuni unutmasligimiz kerakki ,kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda , xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.Buning uchun har qaysi ota-ona , ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur.Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan , ongli yashaydigan komil insonlar etibvoyaga yetkazish-ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak” . Hammamizga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda maktab o’quvchilari o’rtasida turli xil fanlardan o’tkaziladigan olimpiadalar va “Bilimlar bellashuvi “ musobaqalari IV bosqichda amalga oshirilmoqda. Ular maktab, tuman, viloyat va Respublika bosqichlariga bo’linadi. Umumiy o’rta ta’lim muasasalarida Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning bajarilish holatini muntazam o’rganib,tahlil qilib boorish, o’quvchilarning qobiliyatlarini erta aniqlash, ularning iqtidorlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish maqsadida umumta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida umumta’lim fanlari bo’yicha bilimlar bellashuvi o’tkaziladi. 1. Umumiy o’rta ta'lim muassasalarining 5-8-sinf o’quvchilari ishtirokida bilimlar bellashuvi o’tkazilishi munosabati bilan ushbu sinflarda kichik fan olimpiadalari o’tkazilmaydi. 2. Umumiy o’rta ta'lim muassasalarining 9-sinflarida fan olimpiadalari amaldagi xuquqiy-me'yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda o’tkaziladi. 3. Belgilangan fanlar va sinflar bo’yicha bellashuvlarning barcha bosqichlarida yuqori ball to’plab I o’rinni egallagan o’uvchi g’olib deb hisoblanadi, II, III o’rinlarni egallagan o’quvchilar sovrinli o’rinni egallagan o’quvchilar deb hisoblanadilar. 4. Birinchi bosqichda umumiy o’rta ta'lim muassasalarining o’quvchilari 1-ilovada ko’rsatilgan fanlar bo’yicha qiziqishi va qobiliyatlariga qarab ishtirok etadilar. Bellashuvlarning 2-, 3-, 4-bosqichlarida belgilangan fanlar va sinflar bo’yicha bir nafardan avvalgi bosqichlarda 55 baldan yuqori ball to’plab, g’olib deb topilgan o’quvchilar ishtirok etadilar. 5. Umumiy o’rta ta'lim maktablari va ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari o’quvchilari uchun bilimlar bellashuvlari yagona tartibda tashkil etiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’g’orqi Kengesi, Toshkent shaxar va viloyatlar hokimliklarining qarorlariga asosan Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari maqomini olgan, turli vazirliklar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shaxar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tasarrufidagi ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari o’quvchilari o’zlari joylashgan hududlar bo’yicha bellashuvlarning 2-bosqichidan boshlab umumiy tartibda ishtirok etadilar. Bu olimpiada va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalarida muvafaqqiyatli qatnashish uchun esa, eng avvalo o’quvchilarni saralab olish va tayyorgarlik jarayonini to’g’ri tashkil etish muhim rol o’ynaydi. Avvalo maktab o’quvchilari ichidan matematika faniga qiziqadigan o’quvchilardan guruh tuzib olish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun o’quvchilarni boshlang’ich sinflarda o’qiyotgan davrlarida ,o’qituvchilar darslarini kuzatib tahlil qilib iqtidorli o’quvchilarni saralab tanlab olish kerak. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga quyidagi turlardagi mashq va masalalarni taqdim qilish yaxshi natija beradi. Masalan: 1-masala. 4 ta 2 ishtiroki va amallar yordamida 1dan 10 gacha mumkin bo’lgan sonlarni hosil qiling. 2+2-2-2=0; 2:22: 2=1; 22+2:2=2; 22-2:2=3; 2+2-2+2=4; 2+2+2:2=5; 222-2=6; 2+2+2+2=8; 22:2-2=9 2-masala. 5 ta 2 ishtiroki ,amallar va qavslar yordamida 1 dan 10 gacha mimkin bo’lgan barcha sonlarni hosil qiling. (2+2-2-2):2=0; (2+2+2):2-2=1; (2+2-2):22=2; (2+2-2)+2:2=3; (2+2+2+2):2=4; ( 2+2+2)-2:2=5; (2+2+2):22=6; (2+2+2)-2:2=7; (222+2)-2=8; (2:2+222)=9; 2+2+2+2+2= 10 -masala. Shaklda nechta uchburchak va nechta to’rtburchak bor? Javob : 3 ta uchburchak va 5ta to’rtburchak bor. 4-masala. Onasi, otasi va qizi Ra’noning yoshini birga qo’shib hisoblaganda 71 yosh. Ra’no bilan onasi birga 37 yosh, Ra’no bilan otasi esa 42 yosh. Ularning har qaysisining yoshi nechada? Yechish: On +Ot +R=71; R+On=37; R+Ot=42; On= 71-42=29; R=37-29=8; Ot= 42-8=34; Javob: Onasi 29 yosh; Otasi 34 yosh; Ra’no 8 yosh 5-masala. 84 m uzunlikdagi bir o’ram sim ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, biri ikkinchisidan 5 marta uzun bo’ldi. Har bir bo’lakning uzunligini toping? Yechish: 1 bo’lak 5 bo’lak jami 6 bo’lak. 1 bo’lak= 84:6= 14; 5 Javob: 14m; 70 m. 6-masala. Berilgan 5 ta sondan birinchisi 23 ga teng. Har bir keyingi son avvalgisidan 10 ta ortiq. Shu 5 ta sonning yig’indisini toping? Yechish: 23+33+43+53+63=215; Javob: 215 7-masala. 4 ta ketma-ket sonning yig’indisi 102 ga teng. Shu sonlarni toping? Yechish: x+x+1+ x+2 +x+3=102; 4x=102-6; 4x=96; x=24; Javob: 24; 25; 26; 27. 8-masala.Eng katta 4 xonali sonni 101 ga bo’lib, so’ngra undan men o’ylagan sonni ayirsak, eng kichik ikki xonali son hosil bo’ladi. Men qanday son o’ylaganman? Yechish: 9999:101 –x=10; 99-x=10; x= 99-10; x= 89; Javob: 89 ni 9-masala.Bog’da 24 tup olma bor. 1- tupdan 1 dona, 2-tupdan 2 dona, 3- tupdan 3 dona va hokazo oxirgi tupdan 24 dona olma uzildi. Hammasi bo’lib necha dona olma uzilgan? Yechish: 1+2+3+…+24=(1+24) +(2+23)+ (3+22) + … + (11+14) + (12+13) = = 12= 300; Javob: 300 10-masala. 3 ta sonning yig’indisi 1826 ga teng. Ulardan birinchisi eng kichik 2 xonali son, 2- si 3-sidan 3 marta katta. Shu sonlarni toping? Yechish: 10+3x+x=1826 4x= 1826-10; 4x= 1816; x= 454; 454; Javob: 10; 454; 1362. 11-masala. 111111111 sonini hosil qilish uchun 111 ni qanday songa ko’paytirish kerak? 111; x=1001001; Javob: 1001001 12-masala.Ona 62 yoshda, qizi 39 yoshda. Qizi 14 yoshda bo`lganida, ona necha yoshda bo`lgan. Ona 45 yoshda bo`lganida, qizi necha yoshda bo`lgan? Yechish: 39-14=25; 62-25=37; Javob: 37 da 62-45=17; 39-17=22; Javob: 22 da 13-masala.358 qanday songa bo’lganda, bo’linma 17 va qoldiq 1 bo’ladi? Yechish: (358-1):17= 357:17=21; Javob: 21 ga 14-masala. Qandaydir sonni 18 ga bo’lganda, bo’linma 15 ga va qoldiq 3 ga teng bo’ldi. Bo’linuvchini toping? Yechish: a= btb+q=1815+3= 273; Javob: 273 15-masala.Balandligi 10 m bo’lgan simyog’ochga shilliqurt ko’tarilayapti. Shilliqurt kunduzi 5 m ko’tarilsa, kechasi esa 4 m pastga tushadi. Necha kundan keyin shilliqurt simyog’ochning uchiga chiqadi? Yechish: 1-kunduzi 5m 1-kechasi 4m 5-4=1 2-kunduzi 5m+1m=6m 2-kechasi 4m 6-4=2 …. 10 –kunduzi 5m +9m=14 m 10-kechasi 4m 14-4=10 Javob: 10 kundan keyin 16-masala.52 ta chet tili o’qituvchisidan 34 tasi ingliz tili, 29 tasi nemis tili o’qituvchilari. Shu o’qituvchilardan nechtasi faqat bitta tilda dars beradi? Yechish: (34+29)-52= 63-52=11; Javob: 11 tasi 17-masala.O’g’il otasidan necha yoshdasiz deb so’radi. Otasi “yoshimning yarmiga 12 ni qo’shsang, 12 yil oldingi yoshimni bilib olasan”, dedi. Ota necha yoshda? X:2+12= x-12 X+24= 2x-24 X=48; Javob: 48 yoshda 18-masala.Tarvuz 500 so’m va yana yarimta tarvuz haqicha turadi. Tarvuz qancha turadi? Yechish: 500+x:2=x 1000+x=2x X=1000; Javob: 1000 so’m 19-masala. Ko’p qavatli uyning 6-qavatiga olib chiqadigan zina, 2-qavatga olib chiqadigan zinadan necha marta uzun? Yechish: 5 marta , chunki 6-qavatgacha 5 ta zina, 2-qavatgacha 1 ta zina bor. Javob: 5 marta 20-masala. 88888888 yozuvda raqamlar orasiga (+) ishorasini qo’yib, 1000 sonini hosil qiling. Yechish: 888+88+8+8+8= 1000 O’quvchilar guruhi tanlab olingandan so’ng o’quvchilar ichidan eng yaxshi o’zlashtirayotgan fikrlash qobiliyati bor o’quvchilarni ajratib olish kerak.Ular qolgan o’quvchilar bilan “O’rgataman –o’rganaman” usulini qo’llashadi. Bu o’rgatish usuli ish tajribamizda o’zining yaxshi natijaviy samarasini bermoqda. Bu “O’rgataman –o’rganaman” usulining mohiyati shundayki , bunda guruhda eng iqtidorli o’quvchilar qolgan o’quvchilarning , o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarini tekshirib chiqadi va hal etilmay qolgan masala va mashqlarni o’zlari birgalikda jamoa bo’lib hal qilishga harakat qilinadi.Hal bo’lmagan masalalar pirovard natijada o’qituvchiga olib chiqiladi.Bundan tashqari bu o’quvchilarga internet saytlari va boshqa olimpiada va “Bilimlar bellashuvi”ga oid materiallar bilan tanishtirib borish kerak. Quyidagi misol va masalalarga o’xshagan masala va misollarni o’quvchilarga taklif qilishimiz mumkin. Masalan:
Download 82.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling