2-referat bajardi: Yusupov Jamshidbek Guruh: 120-20ETo’ Tekshirdi : Raxmatullayev Mirjalol toshkent – 2023


Download 1.77 Mb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1382294
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Referat n 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI

ISH YURITISH HUQUQI FANIDAN BAJARILGAN
2-REFERAT



Bajardi: Yusupov Jamshidbek


Guruh: 120-20ETo’
Tekshirdi : Raxmatullayev Mirjalol

TOSHKENT – 2023

Reja:




  1. Farmoyish hujjatlari haqida qisqacha.

  2. Buyruq.

  3. Buyruqdan ko’chirma.

  4. Ko’rsatma.

  5. Farmoyish.

Farmoyish hujjatalri.
Bu turdagi hujjatlar, asosan, tashkilot rahbari (direk-
tor)ning buyruq, ko‘rsatma, farmoyishi hamda tashkilot (mu-
assasa) qarorlari asosida yuzaga keladi.
Buyruq.
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbarlar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, mo-
liyalashtirish, kredit ajratish, mahsulotni sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish hamda ishlarni tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritadi.Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas,balki butun jamoaga qaratiladi.
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari:
1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).
2. Vazirlik va boshqarma nomi.
3. Muassasa xos raqami.
4. Hujjat shaklining xos raqami.
5. Muassasa nomi.
6. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
7. Sanasi.
8. Raqami (№).
9. Buyruq chiqqan joy nomi.
10. Hujjatning nomi (Buyruq).
11. Buyruq matni (basharti ilovalari bo‘lsa, qayd qilinadi).
12. Rahbar yoki o‘rinbosar imzosi.

Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «BUYURAMAN» so‘zidan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo‘linib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so‘ng nuqta qo‘yilib, so‘z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda, odatda, kim qanday vazifani qaysi muddatda bajarishi ko‘rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi


(«Amalga oshirilsin», «Ta’minlansin», «Yuklatilsin», «Hisoblansin» va h.k.). Bajaruvchilar – muassasa yoki uning tarkibiy qismlari (bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari qo‘rsatilgan holda) ko‘pincha jo‘nalish kelishigida qayd qilinadi. Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazo-rat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi) zimmasiga yuklatilsin». Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo‘yish kerak. Buyruq sarlavhalari:«Ishga qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan bo‘shatish haqida buyruq»,«Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag‘batlantirish haqida
buyruq» va hokazo. Bunday buyruqlarda kirish qismi bo‘lmasligi mumkin. Farmoyish qismida, odatda, bandlar bo‘ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QILINSIN», «TAYINLANSIN», «O‘TKAZILSIN», «TA-ShAKKUR BILDIRILSIN», «BO‘ShATILSIN» kabi fe’llar bosh bilan yoziladi. Familiya ham bosh harflar bilan,ismi va otaismi esa matnda oddiy harflar bilan yoziladi (masalan, Jamshidbek Islombek o’g’li Yusupov).



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling