2. Saflanish va qayta saflanishlar saf mashqlari haqida umumiy tavsif


Download 1.62 Mb.
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1263424
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MAVZU SAFLANISH


SAF MASHQLARI (SAF USULLARI, SAFLANISH VA QAYTA SAFLANISH, JOYDAN JOYGA KO‘CHISHLAR, ORANI OCHISH VA YAQINLASHTIRISH)


REJA:

  1. Saf mashqlari haqida umumiy tavsif

2. Saflanish va qayta saflanishlar


1. SAF MASHQLARI HAQIDA UMUMIY TAVSIF
Saf mashqlari - bu shug’ullanuvchilaning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg’ulotni tashkil etish marom va sur’at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo’lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.
Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to’g’ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo’lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari o’quv mussasalarida saf mashqlari turli xil o’lchamlardagi(12x24, 15x30 metr va h.k.) zallarda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarni tashkil etishda o’qituvchi va murabbiylar zalning tomoni va burchaklariga tayangan holda tashkil etadi.

Saf mashqlari to’rtta guruhga bo’linadi:
1.Saf usullari.
2.Saflanish va qayta saflanish.
3.Joydan - joyga ko’chish.
4.Orani ochish va yaqinlashtirish.

Saf - shug’ullanuvchilarning birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko’ra joylanishidir.
Mashg’ulotda safni o’qituvchi va talabalar guruh o’qituvchisi, o’quv bo’linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali bosh- qaradilar
Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi
Zich saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft keng- ligida (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qoi uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat.
Orasi ochiq saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir qadam yoki o’qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir.
Qator-shug’ullanuvchilarning bir chiziqda yonma-yon turishi(45a-rasm).
Oraliq - shug’ullanuvchilarning yonma-yon qatordagi orasi.
Masofa - shug’ullanuvchilarning ketma-ket qatordagi orasi.

45a-rasm 45b-rasm

Ketma-ket qator- shug’ullanuvchilarni bir-biri orqasida tizilishi(45b-rasm).
Boshlovchi-ketma-ket qatordan birinchi-boshida turgan talaba(o’quvchi).
Oxirgi- ketma-ket qator oxirida turgan talaba(o’quvchi).
Front-shug’ullanuvchilar safining old tomoni(qatorda).
Ichkari-front teskarisi, yani orqa tomoni, 2-,3-,4-qatorlar.
Qanot-safning chap yoki o’ng tomoni.
Saf chuqurligi-ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi talaba(o’quvchi) orasidagi masofa.
Saf kengligi-o’ng qanotdan chap qanotgacha bo’lgan masofa.
Masofa-yonma-yon turgan shug’ullanuvchilar orasidagi masofa(ketma-ket qatorda).



46-rasm. Uch, to’rt qatorga yoyilish.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling