2. Saflanish va qayta saflanishlar saf mashqlari haqida umumiy tavsif


Download 1.62 Mb.
bet5/5
Sana12.03.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1263424
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MAVZU SAFLANISH

Bir ketma-ket safni ikki, to’rt, sakqiz ketma- ket safga bo’lish va biriktirish orqali qayta saflash (55-rasm). Qayta saflanish harakat davomida bajariladi. Buyruqlar:
1 . «Markazdan-Qadam-bos!» odatda, bu buyruq zal (maydoncha) ning o’rtasidan beriladi.

  1. «Bittadan ketma- ket qator bo’lib, o’ng va chap tomonlarga aylanib - Qadam bos!», Bu buyruq bo’yicha birinchi raqamdagilar o’ngga, ikkinchi raqamdagilar chapga aylanib yuradilar (55-a rasm).

  2. «Ikki ketma-ket qator bo’lib markazdan - Qadam-bos!», bu buyruq qatorlar zal (maydoncha)ning qayta saflanish boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi (55 -b rasm).

  3. «To’rt ketma-ket qator bo’lib markazdan - Qadam-bos!», bu buyruq qatorlar zal (maydoncha) ning qayta saflanish boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi.

Bo’lish va biriktirish davom ettirilganda, to’rt, sakqiz va hokazo ketma- ket qatorga saflash mumkin.(55-v,rasm)



a b v
55-rasm
Avvalgi holiga qayta saflash ajratish va qo’shilish deyiladi: ikki ketma- ket qatordan bir ketma- ket qatorga qayta saflash.
Buyruq: «Bittadan qator bo’lib, o’ng va chap tomonlarga aylanib -Qadam-bos!». Bu buyruq bo’yicha o’ng tomondagi ketma - ket qator o’ngga chap tomondagi ketma-ket qator chapga yuradi. Qarama-qarshi tomonda qatorlar uchraganda quyidagi buyruq beriladi: «Bir ketma-ket bo’lib markazdan qadam- bos!» .
Doira bo’lib yurish (56rasm).


56-rasm. Doira turlari

Buyruq: «Doira bo’ylab-Qadam-bos!». Ijro buyrug’i zal (maydoncha)ning o’rtasidan beriladi, undan keyin doiraning hajmini belgilash uchun shug’ullanuvchilar orasidagi masofa aytiladi.
Bir aylanadan ikki aylanaga saflanish ikki xil usulda amalga oshiriladi.
Birinchi usul: biri-ikkiga sanash yo’li bilan(57-rasm)

57-rasm
Ikkinchi usul: tartib raqamini sanash yo’li bilan: bunda avval ikkita chetki(1-36) va ikkita o’rta raqamli (18 va 19) bolalar doirani, 19-36 raqamli bolalar ikkinchi doirani hosil qiladilar(58-rasm)

58-rasm
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling