2. Sarkoplazmatik retikulumda kechadigan jarayonlar


Download 158.22 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi158.22 Kb.
#1606077
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sarkoplazmatik jarayonla passiv va aktiv trasnport ion kanallar va ionoforlar

zFdJj = dIj membranadagi potensiallar farqi hosil bo‘lishiga javoban j ionlarining tashilishi natijasidagi tok o‘zgarishlari.
Suvda eruvchan yirik moddalar, masalan, organik kislotalarning anionlari membranadan o‘ta olmaydi. Ularning transport mexanizmlari boshqacha, ya’ni osonlashgan diffuziya tarzida kechadi. Molekulalarning membranadan tashilishi, faqat ularni maxsus tashuvchi tizimlar bilan bog‘lanishidan keyingina ro‘y beradi. Moddalarni maxsus tashuvchi tizimlar yordamida membranadan o‘tkazilishida, tashuvchi tizimlar o‘tkazilayotgan modda bilan birgalikda diffuziyalanadi.
Maxsus tashuvchi tizim bir vaqtning o‘zida ikki substratni bog‘lashi ham mumkin. Masalan, Na+ ionlarining eritrotsit va ichak epiteliy hujayralari membranasi orqali tashilishida bir yo‘nalishda, simport holatda bir qator aminokislotalar ham osonlashgan diffuziya orqali o‘tkaziladi.
Osonlashgan diffuziyada substratning membrana orqali o‘tish oqimi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
J = J maxS0/(Km + S 0 )
Bu yerda: S0 – membrana qarama qarshi tomonidagi substrat konsentratsiyasi farqiga bog‘liq qiymat;
K m – konstanta esa J = Jmax/2 holatda diffuziya oqimi qiymatini ifodalab, fizik ma’nosiga ko‘ra fermentativ kataliz jarayonida qo‘llanilgan Mixaelis – Menten konstantasiga o‘xshab ketadi va umumiy jarayon tezligini belgilab beradi.
Quyidagi 6.1.1 - rasmda osonlashgan diffuziya va oddiy diffuziya jarayonlarining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan:





Rasm.5.1.1. Diffuziya jarayonida moddaning membrana orqali boshlang‘ich diffuziya oqimi (J) va moddaning membrana tashqi va ichki tomonlaridagi konsentratsiya farqi bo‘yicha kirib kelishi (S 0) qiymati o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydigan egri chiziq.

Bu yerda: 1 – membrana orqali maxsus o‘tkazuvchilar yordamida amalga oshuvchi diffuziya jarayoni;


2 – oddiy diffuziya jarayoni;
3 –diffuziya jarayonining umumiy yig‘indi qiymatini ifodalaydi.

Zaryadli zarrachalarni membrana orqali elektrodiffuziyalanishi Nernst -Plank tenglamasi orqali ifodalanadi :





Download 158.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling