2-savol bo'yicha o'quv maqsadi


Download 126.08 Kb.
bet1/6
Sana05.02.2023
Hajmi126.08 Kb.
#1168405
  1   2   3   4   5   6

16.2-asosiy savol: Mintaqada madaniy hayot, adabiyot va san'at (1945-1985 yillar)
2-savol bo'yicha o'quv maqsadi: Mintaqada 1945-1985yillardagi madaniy hayot, adabiyot va san 'at, ularning rivojlanish bosqichlari, mintaqa xalqlarining erishgan yutuqlari to'g'risida atrof- licha ma 'lumot berish.
2-savolning bayoni: Ikkinchi jahon urushi nihoyasiga etishi bilan, Markaziy Osiyo respublikalarida amalga oshirilgan "islohotlar" natijasida markaz bu mintaqada urushning qiyinchiliklari bartaraf etildi deb hisoblab, sosializm qurishni yanada keng quloch yozdirishga harakat qildilar. 1960 yillar mintaqada "rivojlangan sosializm" bosqichi deb e'lon qilindi. Jamiyat mamlakat rahbariyatidan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy sohalarda jiddiy sifat o'zgarishlami amalga oshirishni kutmoqda edi. Biroq, amalda bunday bo'lmadi. Lekin, buning o'minga siyosiy rahbariyat aqidaparastlikni, ommaviy-siyosiy ishlarni avj oldirdi. Mintaqaning ma'naviy hayoti ana shu girdobga tashlandi.
Rasmiy hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o'qitishga urg'u berdi. Natijada qardosh tojik, qozoq, turkman, qir­g'iz va o'zbek xalqlari tarixi, adabiyot, chet tillari, musiqa va qo'shiqchilik darslari hajmi asossiz ravishda qisqartildi. Ulardan bo'shagan soatlarga bo'lsa rus tili va adabiyoti darslari majburiy ravishda qo'yildi. O'quv jarayoni uchun muhim bo'lgan demokratik va ijodiy jihatlar inkor etildi. Natijada oliy ta'lim tizimida mas'uliyatsiz, tashabbussiz, loqayd, o'rtamiyona mutaxassislar tayyor- lash mexanizmi yuzaga keldi. Markaziy hukumat siyosiy rahbariyati xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini, hatto ilm fanni ham mustabid tuzumni mustahkamlash va uni takomillashtirish uchun safarbar qildi. Ittifoq xalq xo'jaligi majmuida barcha milliy respublikalarning alohida vazifasi bel- gilab berilganidek, har bir respublikaning ilmu faninga ham alohida yo'nalishlar ko'rsatildi, ular respublikaning ittifoq miqyosidagi vazifasidan kelib chiqar edi. Jumladan, Tojikiston, Turkmanis­ton, Qirg'iziston, Qozog'iston va O'zbekiston ilm markazlariga, Fanlar akademiyasiga qishloq xo'jaligi tarmoqlarining, eng awalo paxtachilik, g'allachilik, chorvachilikning mahsuldorligini oshirish, uni mexanizasiyalash, g'o'zani parvarishlar agrotexnikasini, urug'chilikni yaxshilash, chorva mollarining zotini yaxshilash, suv resurslaridan rasional foydalanish kabi muhim va dolzarb muammolarni hal qilish vazifalari yuklandi. Mintaqa olimlari xalq xo'jaligi uchun muhim bo'lgan mavzularni ishlab chiqish bilan shug'ullandilar. Fan va texnika yutuqlarini sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish bilan shug'ullandilar. Masalan, ipakchilik sanoati ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan kashf etilgan, pilladan ipak olishni tezlashtiradigan avtomat stanok qisqa muddatlarda o'zlashtirildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi.
Biroq, mustabid tuzum illatlari fan taraqqiyotiga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazmay qo'ymadi. Bu narsa, erkinlik, ijodiy muhit yaratish o'minga, ma'muriy-buyruqbozlik usulini qo'llashda, fanga ham yuqoridan turib "ko'rsatma" berishda, ayniqsa, olimlar tomonidan yaratilgan yangiliklarni ish­lab chiqarishga o'z vaqtida joriy qilinmaslikda yaqqol ko'rindi. Qanchadan-qancha iqtisodiy samara beradigan ilmiy kashfiyotlar amaliyot bilan ilmiy muassasalar o'rtasida uzviy bog'liklik bo'lma- ganligidan ishlab chiqarishga joriy qilinmadi.
Ayniqsa, bu davrda ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan zo'ravonlik, ularni kommunistik maf- kura andozasiga solish yanada kuchaydi. Markaziy Osiyo xalqlarining boy o'tmish tarixini, milliy madaniyatini va qadriyatlarini kamsitish, ularni soxtalashtirish aynan shu yillarda avj oldirildi. Qadimiy tariximizni o'rganish, o'tmishga sajda qilish deb qoralandi. Ijtimoiy-gumanitar fan olimla-
122
nga "rivojlangan sosializm" davrini, lining tarixiy ahamiyatini, afzalliklanni o'rgamsh naqida maxsus "ko'rsatmalar" berildi. Natijada bu yillarda ijtimoiy-gumanitar fan olimlan tomonidan ri­vojlangan sosializm"ni madh etuvchi ko'plab ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar yaratildi.
1946-1985 yillar orasida qozoq, qirg'iz, turkman, tojik va o'zbek adabiyoti o'z taraqqiyotinmg murakkab va turli bosqichlardan iborat davrini bosib o'tdi. Bular Ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish yillarim (1945-1956), Stalin shaxsining fosh etilishi va xrushchevcha "ihqhk yillanm (1956-1964), "Rivojlangan sosializm " g'oyasi olg'a surilgan yillarni (1964-1985) o'z ichiga olgan va har uchala basqich shu yillarda ro'y bergan ijtimoiy voqealarga ko'ra nomlangan bo'lib, bu xalqlaming taraqqiyot yo'li va tamoyillari ham shu davrda turlicha ko'nnishga ega bo'ldi.
Partiya 1946-1948 yillarda san'at va adabiyotga tegishli bir necha qarorlar qabul qilib, yozuv- chilarga voqelikdagi ijobiy ko'rinishlar, kishilarning xursandchilik holatlari va kayfiyatlan haqida asarlar yozish, sovet voqeligi uchun tipik bo'lmagan nuqsonlar va qiyinchilik tasvindan qochish, hayotni "gulgun" ranglar bilan aks ettirish vazifasi topshirildi. Mintaqadagi madamy-manfiy muas- sasalar ham o'z faoliyatlarini "rivojlangan sosializm" g'oyasini jamiyat hayotiga tatbiq etishga qaratdi Lekin bu muassasalarmng mintaqa madaniyatini rivojlantirishdagi o'rnini kamsitish mum­kin emas. Chunki yuzlab tamqli san'atkorlar katta san at yo'lida aynan ana shu madaniyat maskan- larida dastlabki qadamni qo'yganliklarini aytish muhim hisoblanadi.
Urushdan keyingi yillarda Ittifoq va dunyo xalqlari qozoq, qirg'iz, tojik, turkman va о zbek san'ati bilan yanada yaqinroq tanisha boshladi. Moskva va boshqa yirik shaharlarda respuohka madaniyati kunlari tashkil qilinib, unda san'atkorlarning faol chiqishlari yuz berdi. Qozoq san ati namoyandasi K.Bayseitova SSSRda xizmat ko'rsatgan artist unvoninga sazovor bo'ldi. Urushdan keyingi yillarda E.Brusilovskiy va M.Tulebaevlarning "Omon-keldi" nomli operalan, A.Jubanov va L Hamidini "Tulegen Toxtarov" nomli, M.Tulebaevning "Birjan va Sara" nomli operalan dunyo yuzini ko'ra boshladi. 1949 yilda bu san'atkorlarning ko'pchiligi ittifoq ahamiyatidagi davlat mukofotlariga sazovor bo'lishdi. Bu yillarda mintaqaning deyarli barcha markazlanda kino studiyalar faoliyati yo'lga qo'yilib, ularda qator hujjatli va badiiy filmlar suratga olindi. Tojiktilm, Qozoqfilm, O'zbekfilm kabi kino studiyalar shular jumlasiga kirdi.
Shunday qilib, urushdan keyingi murakkab va o'ta ziddiyatli yillarda ham Markaziy Osiyo xalq­lari o'zligini, qadimiy milliy madaniyatini va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Lekin bu oson kechmadi. Bu yo'lda o'ziga xos kurashlar va yo'qotishlar sodir bo'ldi. Kommunistik mafkura mahalliy xalqning milliy g'ururini sindirishga urindi. Xalqlarni milliy madaniyatdan, milliy an'ana- lardan chalg'itish uchun "kommunizm" va "rivojlangan sosializm" kabi xayoliy aqidalarm o'ylab topdi. Ularni xalq ommasi ongiga singdirish uchun barcha choralardan, vositalardan va usullardan foydalandi. Lekin mintaqa xalqlari bularning barchasiga bardosh berdi. Chunki xalq ijtimoiy- siyosiy hayotda muqarrar o'zgarishlar sodir bo'lishiga ishonar edi.
. MADANIY VA MA’NAVIY HAYOT
50-yillarda maktab qurilishi,
bolalarni maktabga jalb qilish ishlari anchagina kengaydi. Yetti yillik umumiy
majburiy ta’lim amalga oshirildi. Biroq xalq ta’limida
jiddiy nuqsonlar mavjud edi. Ta’limning mazmuni
hayotdan orqada qolganligi yaqqol ko‘rinardi. Birinchidan, maktab o‘quvchilarining bilim saviyasi past
edi. Ikkinchidan, o‘n yil o‘qib, maktabni tamomlab
chiquvchilar birorta kasb-hunarni egallamas, mehnat
malakalarini olmas edilar.
1958-yil dekabrida SSSR Oliy Soveti «SSSRdagi
maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va
xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»
qonun qabul qildi. Qonunda o‘qitishni turmush bilan
bog‘lab olib borish, yoshlarni aqliy, ma’naviy, jismoniy
jihatdan yetuk qilib shakllantirish, ularga umumiy politexnik bilim berish vazifalari qo‘yildi. Ayni shunga
o‘xshagan qonun 1959-yilda O‘zbekiston SSR Oliy
Kengashi tomonidan ham qabul qilindi. 10 yillik o‘rta
maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi.
Maktablar uchun yangi o‘quv rejalari, dasturlari va
darsliklar yaratildi. Maktablarda ustaxonalar qurildi.
Maktab tajriba uchastkalari vujudga keldi. Fizika va
matematika fanlarini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar ko‘paytirildi. O‘quvchilarga mashinasozlik, sanoat,
qurilish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tish yo‘lga qo‘yildi. 1962-yildayoq umumiy
majburiy sakkiz yillik ta’limga o‘tish amalga oshdi.
Barcha yetti yillik maktablar sakkiz yillik maktablarga
aylantirildi.
Sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligida ish bilan
band bo‘lgan yoshlarga ta’lim berish maqsadida ishlab
chiqarishdan ajralmasdan o‘qish imkoniyatini beruvchi kechki va sirtqi maktablar tashkil etildi. 1958—
1965-yillarda 1000 ga yaqin shunday maktablar ochildi, ularda o‘qiydigan yoshlar 1965-yilda 134,5 ming
kishini tashkil etdi.
O‘zbekiston Kompartiyasi va hukumati «Respublika umumta’lim maktablari ishini yanada yaxshilash
Xalq ta’limi
224
choralari to‘g‘risida» (1966) va «Respublika umumiy
o‘rta ta’limga o‘tish munosabati bilan xalq maorifini
yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida» (1969) qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarda asosan respublikada
yoshlar uchun umumiy o‘rta ta’limga o‘tish, yangi
maktab binolari, o‘quv kabinetlari, laboratoriyalar,
ustaxonalar barpo etishga yo‘naltirilgan kapital qurilish ishlari bajarildi. Maktab-internatlar, o‘quvchilarning badiiy iste’dodlarini rivojlantiruvchi maktablar
ko‘paydi. Gliyer nomidagi o‘rta maktab-internat, milliy musiqa va milliy amaliy san’at maktab-internatlari,
sport maktab-internati va boshqa o‘nlab musiqa maktablari ochildi.
O‘rta umumta’lim maktablari 1970-yilda ishlab
chiqilgan nizomga muvofiq mahalliy sharoitlardan
kelib chiqqan holda alohida boshlang‘ich (1—3-sinflar), 8 yillik (1—8-sinflar) va o‘rta (1 —10-sinflar)
maktablariga aylantirildi. Ishlab chiqarish ta’limi
berish maqsadida maktablararo o‘quv-ishlab chiqarish
kombinatlari tuzildi. Shahar va tumanlarda kasbhunar bilim yurtlari tashkil etildi. Ko‘pchilik maktablarda yoshlarni o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin
maktabda olib qolish, ularga ta’lim-tarbiya berish ishlari yo‘lga qo‘yildi, ya’ni kuni uzaytirilgan maktablar
tashkil topdi. Alohida fanlarni chuqur o‘rgatuvchi
maktablar, shuningdek, aqliy va jismoniy zaif bolalar
maktablari vujudga keldi.
70-yillarning o‘rtalarida umumiy o‘rta ta’limga
o‘tish yakunlandi. 1965—1985-o‘quv yillari orasida
o‘tgan 20 yil davomida barcha turdagi umumta’lim
maktablari 8716 tadan 9188 taga ko‘paydi, o‘quvchilar
soni esa 3055,8 ming boladan 6519,6 ming bolaga
ko‘paydi. 1965—1985-yillarda respublika maktablarida
o‘rta ma’lumot olganlar soni 5,7 million kishidan
oshdi.
Shunga qaramay, xalq ta’limida jiddiy muammolar
hal etilmadi. Maktablar sinf xonalarining soni qanchalik oshmasin, bolalar sonining tabiiy o‘sishidan
orqada qolaverdi. Maktab binolarining yetishmasligi,
moddiytexnik jihatdan zaifligi surunkali kasallikka
o‘xshardi.
225
Maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilgan, KPSS rejalari va dasturlari doirasiga, qolipiga solib qo‘yilgan edi. Ta’lim-tarbiya
milliy xususiyatlar, tarixiy-ma’naviy qadriyatlar, an’analarni
inobatga olmasdi. Shuningdek, maktablar umuminsoniy
qadriyatlardan ham tobora begonalashtirildi. O‘quvchilarning bilim asoslarini egallashga qiziqishi so‘nib bordi.
1984-yilda sovet hokimiyati yoshlarga ta’lim va tarbiya berish mazmunini yaxshilash maqsadida maktab
va hunar-texnika bilim yurtlarini isloh qilishga qaror
qildi. Maktablarda «Informatika va hisoblash texnikasi
asoslari» kursini o‘qitish, barcha maktablarni mikrokalkulator, elektr hisoblash mashinalari, kompyuterlar
bilan ta’minlash kabi vazifalar qo‘yildi. Ammo respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bu vazifani bajarishni ta’minlay olmadi. Maktab islohoti iqtisodiy va ijtimoiy tangliklar orqasida qolib ketdi. Ta’lim-tarbiya
jarayonini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish tomon
qilingan yana bir urinish samarasiz tugadi.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlari malakali mutaxassislar tayyorlash maskanidir.
Respublikada oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash iqtisodiy va madaniy qurilish ishlari, taraqqiyot istiqbollari bilan bog‘langan holda olib
borildi.
Urushdan keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsus
ta’lim ancha o‘sdi. 50-yillarda 3 ta oliy o‘quv yurti —
Andijon meditsina instituti, Toshkentda Elektrotexnik
aloqa, Fizkultura institutlari, 60-yillarda yana 8 ta
yangi oliy o‘quv yurti — Andijon paxtachilik instituti,
Farg‘ona politexnika instituti, Samarqand arxitekturaqurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat
pedagogika institutlari, Andijon tillar pedagogika
instituti, Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika
instituti tashkil etildi. 70-yillarda yana 5 ta oliy o‘quv
yurti — Nukus davlat universiteti, Toshkent avtomobil yo‘llar instituti, Pediatriya instituti ochiidi. Shuningdek, yangi fakultetlar, viloyatlarda yirik oliy o‘quv
yurtlarining filiallari ochiidi. Yangi mutaxassisliklar
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim
8 — O‘zbekiston tarixi
226
1960-yilda 30 ta oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar
tayyorlangan bo‘lsa, 1985-yilda ularning soni 42 tani
tashkil etdi. 1961—1985-yillardan respublika oliy o‘quv
yurtlari 828 mingga yaqin muhandislar, iqtisodchilar,
agronomlar, huquqshunoslar, o‘qituvchilar, madaniyat va
san’at xodimlari yetishtirib berdi. Shuningdek, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tarmog‘i ham kengaydi. 1960-yilda 75 ta
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa,
1965-yilda ularning soni 249 taga yetdi. 1961— 1985-yillarda 1 mln. 135 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli
mutaxassis kadrlar tayyorlandi.
Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda jiddiy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Mutaxassislar tayyorlashda
ekstensiv metod, ya’ni son jihatdan ko‘p kadrlar tayyorlash birinchi o‘rinda bordi. Kadrlar tayyorlash sifatini ko‘tarish sohasidagi sa’y-harakatlar kutilgan natija bermadi. Buning sabablari anchagina:
— o‘quv yurtlarining moddiy texnik bazasi talabalarning o‘sish darajasidan ancha past darajada
bo‘ldi, zamonaviy texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmadi;
— Respublika partiya va sovet organlari tomonidan
oliy o‘quv yurtlari uchun har bir viloyatdan talabalar
qabul qilish rejasi belgilangan bo‘lib, bu rejani qanday
qilib bo‘lsa ham bajarish majburiy edi. Bu o‘z navbatida bilim saviyasi nihoyatda past bo‘lgan yoshlarning
ham oliy o‘quv yurtlaridan o‘rin olishiga olib keldi;
— oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida o‘quv rejalari va dasturlari 60—
70-yillarda uch marta o‘zgardi, har safar o‘qitiladigan
fanlar yangilari hisobiga ko‘payib, o‘quv materiallari
hajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil o‘qib o‘rganishlari uchun vaqt tobora kamayib bordi. Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo‘jalik ishlariga jalb
etilishi o‘quv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘quv yurtlarida keng tarqalgan foizbozlik, bir necha
fanlardan o‘zlashtirmaganlarni kursdan kursga shartli
ravishda o‘tkazish kadrlar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi;
— xalq xo‘jaligining mutaxassislarga bo‘lgan talabi
yaxshi o‘rganilmadi, natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yildi, ba’zi sohalar-
227
da keragidan ortiqcha mutaxassislar tayyorlandi,
boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotining hal
qiluvchi tarmoqlarida kadrlar tanqisligiga yo‘l qo‘yildi;
— o‘quv yurtlari faoliyatida tanish-bilishlik, oshnaog‘aynigarchilik, poraxo‘rlik kabi salbiy holatlarning
tarqalishi ham kadrlar tayyorlash sifatini pasaytirdi,
son ketidan quvish ustunlik qildi. Bunday vaziyatda
yosh mutaxassislarning ma’lum qismi olgan bilimlarini turmush bilan bog‘lay olmadilar, g‘oyaviy-professional va axloqiy jihatdan yetuklik va qat’iylik ko‘rsata
olmay, ko‘zbo‘yamachilik, qo‘shib yozish yo‘liga kirib
qoldilar. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
keng tarqalgan salbiy holatlarning ildizi mutaxassislar
tayyorlashdagi nuqsonlarga borib taqaladi, albatta.
Urush yillarida tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi respublikada ilm-fanning markazi bo‘lib
qoldi. 1946—1990-yillarda ko‘plab yangi ilmiytadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy stansiyalar
tashkil etildi. 80-yillarning boshlariga kelib akademiya
tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSR filiali va 35 ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, shu jumladan, 1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi fanning turli sohalarida tadqiqot ishlari olib bordi.
Paxtachilik, sug‘orish ishlariga doir kompleks
tadqiqotlar olib borildi. O‘zbekiston tuproqlarining
klassifikatsiyasi tuzildi, u iqlimiy rayonlashtirildi, kartalashtirildi. 60-yillarda akademik S. N. Rijov sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasi haqidagi
tushunchani ishlab chiqdi va sug‘oriladigan tuproqlar
tip sifatida belgilandi. A.N. Askomchenskiy, V.V. Pavlovskiy, R. A. Alimov va boshqalar suv to‘g‘onining
yangi konstruksiyasi, gorizontal va vertikal zovurlar
sistemasi, g‘o‘za o‘stirishning takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqdilar. Bu tadqiqotlar Mirzacho‘l,
Dalvarzin, Sherobod, Qarshi cho‘llari, Markaziy Farg‘ona va boshqa zonalarda katta maydonlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida foydalanishga ko‘maklashdi.
Akademik A. S. Sodiqov g‘o‘zadan o‘stiruvchi moddalar va boshqa preparatlar sintez qildi. H. A. RahFan
228
matullin, U. O. Oripovlar aniq ekish maqsadida chigitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyoviy
usullarini ishlab chiqdilar. Seleksioner olim S.M.Mirahmedov va boshqalar paxtaning «Toshkent—1»,
«Toshkent—2», «Toshkent—3», «Toshkent—4» singari
hosildor, tezpishar, tolasi sifatli yangi navlarini
yetishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzavot va poliz ekinlarining 50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60
dan ortiq navlari yetishtirildi. Tut, ipak qurtining mahsuldor zotlari yaratildi, uni boshqarishning ilg‘or
usullari ishlab chiqildi.
O‘zbekiston geologiyasini o‘rganish, foydali qazilmalarni topish borasida katta yutuqlarga erishildi.
1946—1959-yillarda yer po‘sti yadro taraqqiyoti,
rudalarning intruziyalar bilan bog‘liqligi va boshqalar
haqidagi ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqildi. O‘zbekistonlik olimlarning yer po‘sti va yuqori mantiyasini
o‘rganish, zilzilalarning geoximik darakchilarini
aniqlash sohasidagi tadqiqotlari va xulosalari xalqaro
maydonda e’tirof etildi. H. M. Abdullayev, I.X.Hamraboyev, I. M. Isomuhamedov, X.N.Boymuhamedov,
K. L. Boboyev, A. M. Akramxo‘jayev, X.T.To‘laganov,
G‘. M. Mavlonov va boshqa olimlar dunyo rudali-petrografik provinsiyalari klassifikatsiyasi, elementlarining
geoximik klassifikatsiyasi, O‘rta Osiyo litosferasining
geologik-geoflzik modellarini ishlab chiqdilar. Oltin,
gaz va neft qazib chiqaruvchi sanoatlar, shisha, keramika, abraziv materiallar sanoati tarmoqlarini barpo
etishga, aholi manzillarida yerosti suvlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashdilar.
O‘zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasining rivojlanishi M. T. O‘rozboyev, H. A. Rahmatullin, V. Q. Qobulov, H. H. Usmonxo‘jayev,
G. A. Kojevnikovlar nomi bilan bog‘liq. Ular mashina
va mexanizmlar nazariyasi bo‘yicha ilmiy maktabga
asos soldilar. Paxta terish mashinalari unumdorligini
oshirish va stabilligi nazariyasi, richagli mexanizmlarni
sintez qilishning yangi ilmiy yo‘nalishi ishlab chiqildi.
Respublikada 1966-yilda Kibernetika instituti
tashkil etilgach, akademik V. Q. Qobulov yetakchiligida sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxo-
229
nalarida kibernetika va hisoblash texnikasi vositalari
asosida boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari
yaratildi va joriy qilindi.
Akademik H. U. Usmonov rahbarligidagi kimyogarlarning ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida paxta
tolasining pishib yetilish jarayoni ochib berildi,
texnologik xususiyatlar paxta navlariga bog‘liq ekanligi aniqlandi, mashina terimining qulay muddatlari
topildi. H. U. Usmonov jahonda eng yaxshi standartli
paxta sellyulozasini olish texnologiyasini ishlab chiqdi, g‘ijimlanmaydigan gazlamalar olish usulini, bir
qator polimer dorilarni yaratdi.
Akademik O. S. Sodiqov va S. Y. Yunusov yetakchiligidagi kimyogarlar o‘simlik moddalari (alkoloidlar, yurak glikozidlari, yog‘lar, oqsillar, uglevodlar va
boshqalar), tabiiy birikmalar va sintetik moddalar ustida kompleks tadqiqot olib borib, 400 ta dorivor o‘simliklar turini o‘rgandilar, 300 dan ortiq alkoloidni, jumladan, 164 ta yangilarini aniqladilar. G‘o‘zadan 80 dan
ortiq moddalar ajratib olindi va tekshirildi. O. S. Sodiqov bioorganik kimyo fanining vujudga kelishiga
ma’lum hissa qo‘shdi. Olim ixtiro qilgan limon va
olma kislotalari olish texnologiyasi ko‘rgazmalarda
oldingi o‘rinlarni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kardiolog olimlar yurak qon-tomir kasalliklari ustida ilmiy tadqiqotlar qilib, gipertoniya kasalligi,
ateroskleroz, miokard infarkti, stenokardiya, revmatizm kasalliklarining respublika iqlim sharoitiga bog‘liq
xususiyatlarini ochib berdilar, bu kasalliklarni davolash, oldini olish metodlarini takomillashtirdilar.
O‘zbekiston kardiologiya institutida yurakning ishemik
kasalligi va gipertoniya kasalligining ba’zi tomonlari
bo‘yicha yangi ilmiy xulosalar qildilar, davolash
yo‘llarini ishlab chiqdilar.
Nevropotologiya va psixiatriya sohasida asab sistemasining infeksion va qon tomiriari kasalliklari
atroflicha o‘rganildi. N. Majidov, M. H. Qoriyev,
R.P. Po‘latova va boshqa olimlar asab sistemasi, qon
tomiriari kasalliklari, miyaga qon quyilishi natijasida
vujudga keladigan insult, o‘tkinchi miya qon aylanishining buzilishi kabi kasalliklarning kelib chiqish
230
sabablari, rivojlanishi, davolash va oldini olish metodlarini ishlab chiqdilar.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham birmuncha
muhim tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, etnograf,
antropolog olimlarning izlanishlari natijasida o‘zbek
xalqining etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixiga
oid asarlar yaratildi. O‘zbekiston qadimgi davrdan
odamlar yashab kelayotgan o‘lka ekanligi, ajdodlarimiz bundan 3000—2500 yillar ilgari shaharlar bunyod
etgan, boy moddiy va ma’naviy madaniyatga ega
bo‘lgan xalq ekanligi isbotlandi. Biroq ijtimoiygumanitar fanlar sohasidagi tadqiqot ishlari marksizmleninizm doirasida qolib ketdi. Sotsializm g‘alabasi,
O‘zbekistonning nokapitalistik taraqqiyot yo‘li, rivojlangan sotsializm qurilganligini asoslash, millatlar va
sinflarning yaqinlashuvi natijasida kishilarning yangi
tarixiy birligi — sovet xalqining vujudga kelishi kabi
behuda samarasiz masalalar bilan o‘ralashib qoldi.
50—80-yillarda adabiyotda
roman va povest janrlari
rivojlandi. Urush voqealari, mehnatkashlarning front
orqasidagi mehnati Oybekning «Nur qidirib», Sh.
Rashidovning «Qudratli to‘lqin», Shuhratning «Shinelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O. Yoqubovning
«Er boshiga ish tushsa», H. G‘ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi.
Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri
hayotini tasvirlovchi «Oltin vodiydan shabadalar» (Oybek), «Qo‘shchinor chiroqlari» va «Sinchalak» (A. Qahhor), «G‘oliblar» va «Bo‘rondan kuchli» (Sh. Rashidov), «Ixlos» (I. Rahim) kabi romanlar va povestlar
yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning «O‘qituvchi»
romani qishloq ziyolilarining faoliyatini ochib berdi.
Pirimqul Qodirovning «Uch ildiz» va «Qora
ko‘zlar», O. Yoqubovning «Muqaddas» va «Diyonat»,
Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamondoshlarning ma’naviy qiyofasi, hayoti va mehnati o‘z ifodasini topdi. Rahmat Fayziyning «Hazrati inson»,
O‘.Umarbekovning «Qiyomat qarz», O‘. Hoshimovning «Nur borki, soya bor» romanlarida odob-axloq,
tarbiyaviy masalalar mahorat bilan bayon etildi.
Adabiyot
231
G‘afur G‘ulom, Zulfiya, Uyg‘un, H. G‘ulom,
T. To‘la, Q. Muhammadiy, M. Shayxzoda, Sulton
Akbariy, S. Zunnunova va boshqa shoirlar o‘zbek
she’riyatini yangi bosqichga ko‘tardilar. Habibiy,
Sobir Abdulla, Chustiy, Po‘lat Mo‘min, Akmal Po‘lat
va boshqalar o‘zbek qo‘shiqchiligini zamonaviy
mavzular bilan boyitdilar.
O‘zbek she’riyatining 60—80-yillardagi taraqqiyoti A. Oripov, E. Vohidov, J. Kamol, N. Narzullayev,
B. Boyqobilov, G. Jo‘rayeva, O. Hojiyeva, H. Xudoyberdiyeva, O. Matjon va boshqa ko‘plab shoirlarning
ijodiy kamoloti bilan bog‘liq holda ro‘y berdi.
Uyg‘unning «Abu Rayhon Beruniy», O. Yoqubovning
«Ulug‘bek xazinasi», M. Shayxzodaning «Mirzo
Ulug‘bek» kabi tarixiy mavzudagi asarlari yaratildi.
Biroq adabiyot ham kommunistik mafkura doirasidan chiqa olmadi. Badiiy asarlar, asosan, ommaga
mafkuraviy ta’sir etuvchi vosita rolini bajardi.
Yozuvchi va shoirlar sinfiylikka, partiyaviylikka,
marksizm-leninizm aqidalariga asoslangan holda ijod
qilishga majbur bo‘ldilar. Ijod erkinligining chegarasi
Download 126.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling