2-savol bo'yicha o'quv maqsadi


partiya organlari va senzura tomonidan belgilanar edi


Download 126.08 Kb.
bet2/6
Sana05.02.2023
Hajmi126.08 Kb.
#1168405
1   2   3   4   5   6

partiya organlari va senzura tomonidan belgilanar edi.
Shu boisdan badiiy asarlarda jamoatchilikni to‘lqinlantirib kelayotgan haqiqiy ijtimoiy va ma’naviy
muammolar o‘z ifodasini topmadi.
O‘zbekistonda teatr va
musiqa san’ati birmuncha
o‘sdi. Hamza nomidagi o‘zbek drama teatri jamoasi
Shekspirning «Otello» va «Yuliy Sezar», Uyg‘unning
«Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so‘zana»,
N. Hikmatning «Bir sevgi afsonasi», R. Tagorning
«Gang daryosining qizi», Uyg‘un va I. Sultonning
«Alisher Navoiy», M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘-
bek» asarlarini sahnalashtirdi.
M. Ashrafiy nomidagi O‘zbek davlat konservatoriyasi va o‘zbek filarmoniyasining musiqiy jamoalari
va boshqa respublikalar bastakorlarining asarlarini
targ‘ib qildilar. Faqat T. Jalilov nomidagi O‘zbek
davlat orkestri repertuaridan 1300 ga yaqin asarlar
o‘rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go‘zal» xoreografik
ansambllari ham o‘zbek va boshqa qardosh xalqlar
San’at
232
ashula va raqslarini namoyish etdilar. «Bahor»
xalq raqs ansambli, «Yalla»
vokal cholg‘u ansambllari
jamoalarining konsertlari
xalqqa manzur bo‘ldi.
O‘zbekiston teatr jamoalari 60—70-yillarda
I.Sultonning «Noma’lum
kishi», S. Azimovning
«Qonli sarob», Oybekning
«Qutlug‘ qon», Uyg‘unning
«Qotil», A. Qahhorning
«Ayajonlarim», S. Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni», O‘. Umarbekovning «Shoshma, quyosh» va
boshqa asarlarini sahnalashtirib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar.
Bular jumlasiga O‘zbek akademik teatri tomonidan
sahnalashtirilgan jahon klassikasi shoh asarlari —
V. Shekspirning «Qirol Lir», «Hamlet» dramatik asarlarini ham kiritish mumkin.
O‘zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan
M. Uyg‘ur, Y. Bobojonov, A. Ginzburg, T. Xo‘jayevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O. Xo‘jayev,
A. Bakirov, S. Eshonto‘rayeva, Sh. Burhonov, N.Rahimov, R.Hamroyev, Z.Muhammadjonov, B.Qoriyeva,
Y.Abdullayeva, G‘.A’zamov, Y.Ahmedov, T.Oripov,
T. Azizov, Q.Xo‘jayev, P.Saidqosimov va boshqa
san’atkorlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Xalqimiz o‘zbek
san’atini baland ko‘targan Y.Rajabiy, H.Nosirova,
M.Turg‘unboyeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda.
1946—1985-yillar O‘zbekiston kino san’atining
yuksalish yillari bo‘ldi. N. G‘aniyev yaratgan «Tohir va
Zuhra» (1945), «Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari»,
«Farg‘ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor
bo‘ldi. K.Yormatov yaratgan «Alisher Navoiy» (1947)
biografik-tarixiy filmi shuhrat qozondi. 50—60-yillarda
rejissyor K.Yormatovning «Ibn Sino» (1957), «Osiyo
Xalq hofizi Yunus Rajabiy.
233
ustida bo‘ron» (1965),
«Qora konsulning halokati»
(1970) filmlari, rejissyor
L.Fayziyevning «Ulug‘bek
yulduzi» (1965) filmida
o‘zbek xalqining tarixiy
o‘tmishi aks ettirildi.
60—70-yillarda o‘zbek
kino san’atiga yosh, talantli
rejissyorlar, aktyorlar kirib keldi. Sh. Abbosov,
A. Hamroyev, R. Botirov,
E. Eshmuhamedov, H. Ahmarov shular jumlasidandir. Sh. Abbosovning
«Mahallada duv-duv gap»
(1961), «Sen yetim emassan» (1963), «Toshkent — non shahri» (1970), «Abu
Rayhon Beruniy» (1974), A. Hamroyevning «Shiddat»
(1971), R. Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972),
E. Eshmuhamedovning «Nafosat» (1967) va «Umid
qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, izlanishlari tasvirlangan. Rejissyor M. Qayumovning «Bahordan bahorgacha» (1963), «MirzaXalq artisti, raqqosa
Tamaraxonim.
Xalq artisti Lutfixonim
Sarimsoqova.
Xalq artisti Galiya Izmailova
Parij sahnasida. 1956-yil.
234
cho‘l» (1975), «Paranji» (1977) lentalari Butunittifoq
va jahon kinofestivallarida tomoshabinlarga manzur
bo‘ldi va birinchi yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
1968-yildan boshlab Toshkentda har 2 yilda bir marta
«Tinchlik, sotsial taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun»
shiori ostida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining xalqaro kinofestivali o‘tkazilib turildi.
Bu o‘zbek kino san’atining rivojlanishiga ijobiy ta’sir
etdi, albatta. Biroq kino san’ati ham mafkuraviy zug‘um
ostida bo‘ldi, kommunistik mafkura, marksizm-leninizm
g‘oyalarini kinofilmlar orqali tashviq qilish ustun o‘rinni
egalladi.
Bu yillarda tasviriy san’at ham rivojlandi. Ch. Ahmarov va O‘.Tansiqboyevlar devoriy rasmlar, mozaika
va manzara janri bo‘yicha, V. Y. Kaydalov va M.Nabiyevlar portret janri bo‘yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni
ta’mirlash, naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik
asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi. Poytaxtning
yirik jamoat binolari M. Usmonov rahbarligida ganch
o‘ymakorligi, Q. Haydarov va O. Fayzullayev rahbarligida yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatildi.
O‘zbekistonda qadimdan sirk san’ati rivojlanib kelmoqda. 1976-yilda Toshkentda zamonaviy sirk
binosining qurilib foydalanishga topshirilishi sirk
san’atining yanada rivojlanishiga qulay imkoniyat
yaratdi. O‘zbek sirk ustalari Toshkenboyevlar,
Zaripovlar, Xo‘jayevlar, Madaliyevlar va masxarabozqiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning chiqishlari,
dasturlari nafaqat O‘zbekistonda, shuningdek, boshqa
mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli namoyish qilindi
va tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Shunday qilib, respublika madaniy-manaviy hayotida 1946—1990-yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tarmog‘i
ancha rivojlandi, aholining umumiy savodxonlik darajasi o‘sdi, mutaxassislar, ijodiy ziyolilar safi sezilarli
darajada kengaydi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi.
Ilmiy, badiiy va musiqa asarlari yaratildi, ma’naviy
hayotda iste’dodli yoshlar o‘rin oldi.
Biroq ma’naviy hayotda muammolar ham to‘p-
235
lanib bordi, ziddiyatlar yanada kuchaydi. Umuminsoniy qadriyatlar va har bir xalqning milliy xususiyatlariga sinfiylik, partiyaviylik tamoyili asosida yondashadigan KPSSning madaniy siyosati ma’naviy
hayotni inqirozga duchor etdi. Ma’naviy madaniyatni
kommunistik mafkuralashtirish, ma’naviy hayotni
ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan boshqarish
madaniy hayotga zarar yetkazdi, uni tanazzulga
uchratdi. O‘zbek xalqi nafaqat o‘z milliy qadriyatlari,
an’analari va tilidan, shuningdek, umuminsoniy
qadriyatlardan ham tobora begonalashtirib borildi.
Xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov
atoqli davlat va jamoat
arbobi, iste’dodli adib sifatida Vatanimiz tarixida
o‘chmas iz qoldirgan. Fashizmga qarshi Ikkinchi
jahon urushida shaxsan qatnashib, urush haqida asarlar yozgan. Rashidov yozuvchi sifatida xalq e’tiborini
qozondi. 1949—1950-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo‘lib ishladi.
O‘zining «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin»,
«G‘oliblar» romanlari bilan yozuvchilar qatoridan
munosib o‘rin oldi.
50-yillardan boshlab
Sh. Rashidov faoliyatida
yanada mas’uliyatli davr
boshlandi. U 1950-yilda
O‘zbekiston Oliy Kengashi
Rayosatining Raisi etib
saylandi.
Sh. Rashidov 1959-yildan e’tiboran to umrining
oxirigacha respublikaning
birinchi rahbari sifatida
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasini
boshqardi. U qariyb chorak
asr davomida respublikaga
yetakchilik qildi. Sh. Rashidov faoliyatiga nazar
solar ekanmiz, avvalambor,
Davlat va jamoat arbobi
Sharof Rashidov.
Sharof Rashidov —
davlat va jamoat arbobi
236
o‘sha davrning o‘ta murakkabligini, ziddiyatliligini
inobatga olish lozim bo‘ladi.
«Bu murakkab shaxs, bir tarafdan, milliy manfaatlarni
o‘ylashga, ikkinchi tarafdan, Markazdan kelgan, tub manfaatlarga zid buyruqlarni hayotga tatbiq etishga majbur
bo‘lganini unutmasligimiz zarur. Uning umri sandon bilan
bolg‘a o‘rtasiga qo‘yilgan edi, desak aslo mubolag‘a
bo‘lmaydi».
Islom Karimov. Xalqimizning otashqalb farzandi. Ò.:
O‘zbekiston, 1992. 15-bet.
Eng og‘ir sharoitlarda ham Sh. Rashidov xalqiga
farzandlik burchini ado etdi. Markazdan kelgan
buyruqlarni yumshatishga, Markaziy hokimiyatdan
yurt obodonligi, farovonligi uchun butun choralar
bilan foydalanishga harakat etardi. O‘zbekistonda
60—80-yillarda bunyod etilgan ko‘plab sanoat korxonalari, yirik inshootlar Sh. Rashidov nomi bilan
bog‘liqdir. Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, Yozyovon,
Surxon—Sherobod cho‘llarining o‘zlashtirilishida
uning xizmatlari katta. Kechagi cho‘l-u biyobonlar
bog‘-rog‘larga aylantirildi, yuzminglab yurtdoshlarimiz u yerlarda o‘zlarining rizq-ro‘zlarini topdilar.
Sh. Rashidov rahbarligi davrida O‘zbekistonda
Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Guliston
kabi yirik shaharlar, o‘nlab boshqa shahar va tumanlar
barpo etildi. Sh. Rashidovning davlat va jamoat arbobi sifatida o‘zbek xalqini dunyoga tanitishdagi xizmatlari beqiyosdir. Jahonda «Toshkent ruhi» sifatida 1966-
yilda vujudga kelgan mashhur tushuncha Sh. Rashidov
nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu Toshkentda tuzilgan
xalqaro harakatdir. Sh. Rashidov Osiyo va Afrika
yozuvchilari hamkorligi harakatining, Osiyo, Afrika va
Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivalining, Hindiston va Pokiston o‘rtasida tinchlik sulhi
imzolanishining tashabbuskoridir. U o‘zbek nomini
ulug‘lash uchun uning eng yuksak fazilatlarini namoyon qilishga jonini fido etgan insondir. Shu tufayli ham
bu hurmatli inson xalqimiz yuragidan munosib joy
olgan va uning mehriga sazovor bo‘lgan edi.
Biroq Sh. Rashidov vafot etgach, uning xotirasi
oyoqosti qilindi va «sharof rashidovchilik» atamasi
o‘ylab topildi.
237
Haqiqat egilsa egiladiki, sinmaydi. O‘zbekiston xalqi
Sharof Rashidov o‘zining munosib farzandi ekanini isbotlab oldi. Haqiqatning ro‘yobga chiqishida xalqimizning
yana bir sodiq va zabardast farzandi Islom Karimovning
xizmatlari katta bo‘ldi.
Prezidentimiz I. Karimovning mardligi, jasorati, g‘ayratshijoati Markazdagi siyosiy qimorbozlar bilan oramizdan
chiqqan munofiqlar, mansabparastlar to‘qib chiqargan
nayranglardan ustunlik qildi. Xalqimizning otashqalb
farzandi, yirik davlat va jamoat arbobi Sh. Rashidovning
nomi oqlandi va shu bilan birga o‘zbek xalqining izzatnafsi, milliy g‘ururi ham himoya qilib qolindi.
Haqiqat va adolatning tiklanishi xalqimizning yuksak ma’naviy qudrati, kuchi bor ekanligini dunyoga
yana bir bor namoyish etdi. Sh. Rashidovning qutlug‘
nomi Vatanimiz tarixidan munosib o‘rin egalladi,
avlodlar tomonidan hurmat va g‘urur bilan tilga olinadigan tarixiy xotira bo‘lib qoldi.
ovqat sanoatini ustuvor rivojlantirish bilan boshlandi.
Biroq, bu munozaralarda 1946 yil boshida sotsializm qurilishini yakunlash va kommunizm qurish uchun urushdan oldin olingan yo'nalish davom etishini e'lon qilgan Stalinning nuqtai nazari g'alaba qozondi. Bu, shuningdek, iqtisodiy rejalashtirish va boshqarishda urushdan oldingi supermarkazlashtirish modeliga, shu bilan birga 1930-yillarda rivojlangan iqtisodiyot tarmoqlari oʻrtasidagi qarama-qarshilik va nomutanosibliklarga qaytishni ham anglatardi.
TOTALITARIZMNI MUSTAHKAMLASH
Urushning "demokratik impulsi".
Urush 30-yillarda SSSRda hukm surgan ijtimoiy-siyosiy muhitni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. front va orqadagi o‘ta ekstremal vaziyat odamlarni ijodiy fikrlashga, mustaqil harakat qilishga, hal qiluvchi pallada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga majbur qildi.
Bundan tashqari, urush mamlakatni qolgan "dushman" dunyodan o'rab turgan "temir parda" ni yorib o'tdi. Qizil Armiyaning Evropa yurishi ishtirokchilari (va ularning soni 10 millionga yaqin edi), ko'plab repatriantlar (5,5 milliongacha) o'z ko'zlari bilan ko'rdilarki, ular burjua dunyosi haqida faqat uni "fosh qilgan" tashviqot materiallaridan bilishgan. yomonliklar. Bu mamlakatlarda va SSSRda shaxsga bo'lgan munosabat, turmush darajasidagi tafovutlar shu qadar katta ediki, ular Evropada o'zini ko'rgan sovet xalqi orasida targ'ibotchilar tomonidan berilgan baholarning to'g'riligiga shubha uyg'otib qo'yishi mumkin emas edi. mamlakat shu yillar davomida bosib o'tgan yo'lning maqsadga muvofiqligi.
Sovet xalqining urushdagi g'alabasi dehqonlarda kolxozlarni tarqatib yuborishga, ziyolilar orasida - ittifoq respublikalari aholisida (ayniqsa Boltiqbo'yi davlatlarida, G'arbiy Ukrainada) siyosiy diktatning zaiflashishiga umid uyg'otdi. va Belarus) - milliy siyosatni o'zgartirish uchun. Urush yillarida yangilangan partiya-davlat nomenklaturasida ham o‘zgarishlarning muqarrarligi va zarurligini anglash etuk edi. 1946-1947 yillarda SSSRning yangi Konstitutsiyasi, KPSS (b) Dasturi va Ustavi loyihalarini yopiq muhokama qilish chog'ida rejimni nisbatan demokratlashtirishga qaratilgan juda xarakterli takliflar ilgari surildi: ularni yo'q qilish bo'yicha. urush davridagi maxsus sudlar, partiyani xo‘jalik boshqaruvi funksiyasidan ozod qilish, sovet va partiya ishiga rahbarlik qilish muddatini cheklash, muqobil saylovlar haqida va hokazo. Moskva, Voronej, Sverdlovsk va Chelyabinskda Stalinizmga qarshi yoshlar guruhlari soni. Urush yillarida qarorlar qabul qilishda nisbiy mustaqillikni his qilgan zobitlar va generallar ham noroziliklarini bildirdilar, ular u tugaganidan keyin Stalinistik tuzumdagi o'sha "tishli" bo'lib chiqdi.
Rasmiylar bunday his-tuyg'ulardan xavotirda edi. Biroq mamlakat aholisining katta qismi urushdagi g‘alabani Stalin va u boshqargan tuzumning g‘alabasi sifatida qabul qildi. Shuning uchun ham vujudga kelayotgan ijtimoiy keskinlikni bostirishga intilib, tuzum ikki yoʻnalishda bordi: bir tomondan dekorativ, koʻzga koʻringan demokratlashtirish yoʻlidan boʻlsa, ikkinchi tomondan “erkin fikrlash”ga qarshi kurashni kuchaytirib, totalitar tuzumni kuchaytirdi. .
Quvvat tuzilmalaridagi o'zgarishlar.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng darhol, 1945-yil sentabrda favqulodda holat bekor qilindi va Davlat mudofaa qo‘mitasi tugatildi. 1946 yil mart oyida SSSR Xalq Komissarlari Soveti Vazirlar Kengashiga aylantirildi. Shu bilan birga, vazirlik va idoralar soni ko'paydi, ularning apparatlari soni ko'paydi.
Shu bilan birga, mahalliy kengashlarga, respublikalar Oliy Kengashlariga va SSSR Oliy Kengashiga saylovlar bo'lib o'tdi, natijada urush yillarida o'zgarmagan deputatlik korpusi yangilandi. 50-yillarning boshlariga kelib. Kengashlarning sessiyalarini tez-tez chaqirish, doimiy komissiyalar sonining ko‘payishi natijasida ular faoliyatida kollegiallik mustahkamlandi. Konstitutsiyaga muvofiq birinchi marta xalq sudyalari va sudyalarining bevosita va yashirin saylovlari o‘tkazildi. Biroq, barcha hokimiyat hali ham partiya rahbariyati qo'lida qoldi. O'n uch yillik tanaffusdan so'ng, 1952 yil oktyabr oyida Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasining 19-s'ezdi bo'lib o'tdi va u partiyani KPSS deb nomlash to'g'risida qaror qabul qildi. Kongresslar 1949 yilda bo'lib o'tdi
kasaba uyushmalari va komsomol (shuningdek, 17 va 13 yil davomida chaqirilmagan). Ular oldidan hisobot-saylov partiya, kasaba uyushma va komsomol yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi, ularda mazkur tashkilotlarga rahbarlik yangilandi. Biroq, tashqi ko'rinishdagi ijobiy, demokratik o'zgarishlarga qaramay, aynan shu yillarda mamlakatda siyosiy tuzum kuchaytirildi, qatag'onlarning yangi to'lqini kuchaydi.

Download 126.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling