VII bob. Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar va bagajni tashish
1-§. Umumiy qoidalar
97. Yo‘nalishsiz taksilar yakka tartibda foydalanish tartibida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
98. Yo‘lovchilarni:
a) yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joylarida;
b) tegishli harakatlanish tarkibining to‘xtashi ruxsat etilgan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i uchastkalarida;
v) yo‘lovchilarning buyurtmasi bo‘yicha yo‘nalishsiz taksilarni yo‘lga chiqarish joylarida yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksilarga chiqarish va undan tushirish mumkin.
2-§. Yo‘l haqini to‘lash
99. Yo‘nalishsiz taksilarning yo‘lovchilarni tashish va bagajni tashish tariflari miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
100. Yo‘l haqi yo‘lovchi tomonidan safar tugagandan keyin va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yo‘lovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qat’i nazar, taksometr ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lanadi. Haydovchi bilan hisob-kitob naqd pul bilan yoxud hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartochkalari mablag‘lari bilan amalga oshiriladi yoxud internet orqali elektron to‘lov vositasi yordamida.
(100-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Yo‘nalishsiz taksi bir necha yo‘lovchilar (navbatda turgan birinchi yo‘lovchining roziligi bilan) tomonidan to‘xtash joyida yollagan yoki taksini yollagan yo‘lovchi roziligi bilan yo‘li bir bo‘lgan yo‘lovchi chiqarilgan taqdirda, yo‘l haqiga to‘lovning umumiy summasi yo‘lovchilar o‘rtasida har bir yo‘lovchining bosib o‘tgan masofasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
101. Yo‘nalishsiz taksiga yo‘lovchilarni chiqarishda haydovchi bagajni joylashtirishda yordam ko‘rsatishi, safar tugaganda esa yo‘lovchiga uning buyumlarini va bagajini tushirishi to‘g‘risida eslatishi shart.
Yo‘nalishsiz taksiga oldindan buyurtma berilganda haydovchi avtomobil bilan naryadda ko‘rsatilgan vaqtda kelishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |