2 Savolga javob Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish


Download 48.71 Kb.
bet1/18
Sana29.03.2023
Hajmi48.71 Kb.
#1306020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 jovobi


2 Savolga javob

Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish
QOIDALARI
I bob. Umumiy qoidalar
1. Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”, “Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi.
2. Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilar transportida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yo‘lovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Avtomobilda yo‘lovchilar va bagajni xalqaro tashishlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yo‘l chiptalari, yo‘l va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yo‘nalishlar, avtovokzallar (avtostansiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga taalluqli shakllar va yo‘riqnoma-metodik hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)

Download 48.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling