2 Savolga javob Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish
II bob. Yo‘lovchilar va bagajni tashish
Download 48.71 Kb.
|
2 jovobi
II bob. Yo‘lovchilar va bagajni tashish
1-§. Asosiy tushunchalar 6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avtobus — yo‘lovchilarni, bagajni tashishga mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi; avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi va yo‘lovchilarga boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot; avtopavilon — yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan avtomobil yo‘lidagi inshoot; bagaj avtomobili — bagaj tashishga mo‘ljallangan avtomobil; bagaj — jo‘natish uchun idishga joylangan va yo‘lovchi tomonidan ushbu avtobusda olib ketiladigan buyumlar; bagaj kvitansiyasi — bagajning tashish uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjat; Oldingi tahrirga qarang. chipta — yo‘lovchining haq to‘lagan holda avtobusdan foydalanishga bo‘lgan huquqini hamda yo‘lovchi va tashuvchi o‘rtasida tashuvlar yuzasidan oshkora shartnomalar tuzilganligini tasdiqlovchi qat’iy hisobda turadigan hujjat; (6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 58-modda) haydovchi — avtotransport vositasini boshqaruvchi shaxs; yo‘l — qurilgan va transport vositalarining harakatlanishi uchun foydalaniladigan yer polosasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi; qo‘l yuki — yo‘lovchi tomonidan bepul tashiladigan tashish uchun idishga joylangan buyumlar; yengil avtomobil — yo‘lovchilar va bagajni tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqqa ega bo‘lgan avtotransport vositasi; yo‘nalishsiz taksilar — yo‘lovchilarning buyurtmanomalariga ko‘ra taksometr (hisoblagich) ko‘rsatkichi bo‘yicha haq to‘lash hisobiga tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi avtotransport vositasi; yo‘nalishli avtobus — belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar va bagajni tashishga mo‘ljallangan avtobus; Oldingi tahrirga qarang. yo‘nalishli taksilar — yo‘lovchilarning talabiga ko‘ra to‘xtab o‘tadigan muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi (mikroavtobus yoki yengil avtomobil); (6-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son) yo‘nalish — avtotransport vositalarining muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li; Oldingi tahrirga qarang. yo‘nalish pasporti (yo‘nalish hujjatlari) — yo‘nalish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yo‘nalish pasporti elektron shaklda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi); (6-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son) yo‘lovchi — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashish xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs; supacha — yo‘l qoplamasi sathidan balandroq bo‘lgan, avtovokzallarda (avtostansiyalarda)gi yo‘lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirishga mo‘ljallangan maydoncha; Oldingi tahrirga qarang. tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs; (6-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y 22 -son, 194-modda) qatnov jadvali — reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan grafik (jadval); reys — avtotransport vositasining yo‘nalishning boshlanishidan oxirgi manziligacha bo‘lgan yo‘li; maxsus yo‘nalishlar — tashkilotlarning xodimlarini ish joyiga va ish joyidan tashish; yo‘nalish sxemasi — yo‘nalishning shartli belgilar qo‘yilgan grafik tasviri; tarif — yo‘lovchilar va bagajni tashish uchun belgilangan to‘lov miqdori; trafaret — yo‘lovchilarni yo‘nalish to‘g‘risida xabardor qilishga mo‘ljallangan ko‘rsatkich; Oldingi tahrirga qarang. muntazam yo‘nalishlar — tasdiqlangan yo‘nalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yo‘l haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan yigirma yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son) Download 48.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling