2 Savolga javob Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish
-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish
Download 48.71 Kb.
|
2 jovobi
2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish
7. Yo‘lovchilarni tashish quyidagi turlarga bo‘linadi: a) shaharda tashish; b) shahar atrofida tashish; v) shaharlararo tashish; g) xalqaro tashish. Yo‘lovchilar: a) yo‘nalishli avtobuslarda; b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari bo‘yicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillarda; v) yo‘nalishsiz taksilarda; g) yo‘nalishli taksilarda tashiladi. Oldingi tahrirga qarang. 8. Yo‘nalishli avtobuslar va yo‘nalish taksilari harakati: a) shahar yo‘nalishlarida — shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan; b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari tomonidan; v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tuziladigan jadvallar bo‘yicha tashkil etiladi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son) Oldingi tahrirga qarang. 9. Yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda: a) shaharlar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) hududiy bo‘linmalari tomonidan; b) viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda — Transport vazirligi tomonidan; v) xalqaro yo‘nalishlarda — Transport vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning transport sohasidagi vakolatli organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son) Oldingi tahrirga qarang. 10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo‘nalishlar uchun yo‘nalish pasporti yo‘nalishning tegishliligi bo‘yicha Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar bo‘ladi. (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son) a) yo‘nalishning asosiy ko‘rsatkichlari bilan birga titul varaqasi; Oldingi tahrirga qarang. b) yo‘nalish sxemasi (sxemada to‘xtab o‘tish manzillari, harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan yo‘l uchastkalari, temir yo‘lni kesib o‘tish joylari, kesishgan yo‘l ustidan o‘tkazilgan ko‘ndalang yo‘llar va shu kabilar ko‘rsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar sxemalarida, bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari ko‘rsatiladi; (10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda) v) masofani o‘lchash protokoli va avtotransport vositasining harakatlanish vaqti xronometraji; g) avtotransport vositasining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali; d) yo‘l haqi tariflari. 11. Yo‘lovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish huquqi beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar toifalari va ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. (11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 12. Muntazam yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yo‘lda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart. 13. Yo‘lovchilar yo‘l chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib oladi. 14. Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarga berilgan yo‘lda yurish hujjatlari aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘lovchilarni boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarib berilmaydi. 15. Avtobusda: a) yo‘lovchilarning mast holda yurishi; Oldingi tahrirga qarang. b) alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish; (15-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 22-son, 244-modda) v) haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish; g) oynadan tashqariga osilish; Oldingi tahrirga qarang. d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish; (15-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi) e) o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish; j) salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish; z) tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanadi. Download 48.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling