Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom


Download 1.6 Mb.
bet1/8
Sana29.03.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1306313
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marjona Loyiha ishi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“TBTA” va “DT” kafedrasi



Individual loyiha

Mavzu: “Spirtli ichimliklarni aniqlash tizimi”





Topshirdi:

___________

Ergashova M.SH.




(Imzo)




Qabul qildi:

___________

Djurayev O.




(Imzo)




__________
(Imzo)
__________
(Imzo)
Toshkent 2022
Mundarija

Kirish


Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom (14.12.2018 yilda 3099-son bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan) eʼlon qilindi. Hujjat sogʼliqni saqlash va ichki ishlar vazirliklari, Oliy sud, shuningdek Bosh prokuratura tomonidan tasdiqlangan.
Eslatib oʼtamiz, iyunь oyidayoq Prezident transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini, jumladan, olib yuriladigan texnik vositalar orqali aniqlashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish vazifasini topshirgan edi (Prezidentning 19.06.2018 yildagi PQ–3786-son qarori 16-bandi uchinchi xatboshisiga qarang). Bir qarashda bu haydovchilar uchun yomon oqibatlarga olib keladigandek koʼrinadi. Biroq yangi tartibda salbiy jihatlardan koʼra ijobiy jihatlar koʼp.
Birinchidan, tekshiruv oʼtkazish majburiy boʼldi. Usiz MJTKning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) boʼyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisida bayonnoma tuzib boʼlmaydi. Ilgari qonun hujjatlarida DYHXX xodimlariga tekshiruv oʼtkazish majburiyatini qoʼyadigan toʼgʼridan-toʼgʼri norma yoʼq edi. Shu sababli amaliyotda usiz bayonnoma rasmiylashtirilgan hollar uchrab turardi (shunday dalillardan biri «Norma maslahatchi» gazetasining 43/2017-sonida koʼrib chiqilgan).
Ikkinchidan, joyning oʼzida tekshiruv oʼtkazilishi haydovchining vaqtini tejaydi, mast holatda ekanligiga gumon qilinganda uni tibbiy tekshiruvdan oʼtkazish uchun olib borishga toʼgʼri kelmaydi. Haydovchining tibbiyot muassasasiga yoʼl olishi («qayrilib olishgacha boshqarishi»), haydovchilik guvohnomasiga puflashi va boshqalarni imitatsiya qilish yoʼli bilan mast emasligini subʼektiv tekshirish usullari oʼtmishda qoladigan koʼrinadi.
Аlkotester salbiy natijani koʼrsatgan, biroq DYHXX xodimi haydovchining mast holatda ekanligi haqida gumonsirayotgan boʼlsa, giyohvandlik vositalari taʼsiridan mast ekanligini aniqlash uchun endi tibbiy tekshiruv oʼtkazilishi mumkin. Bundan tashqari, DYHXX xodimida alkotester boʼlmasa, haydovchini tibbiy tekshiruvga yuborish huquqidan mahrum qilinishi hujjatda toʼgʼridan-toʼgʼri nazarda tutilmagan.
Uchinchidan, alkogolning yoʼl qoʼyiladigan cheklangan kontsentratsiyasi belgilandi. Ilgari u belgilanmagan boʼlib, rasmiy jihatdan qondagi alkogolning har qanday tarkibi maʼmuriy undiruvni qoʼllash uchun asos boʼlib xizmat qila olardi. Tarkibida kichik dozalarda alkogolь boʼlgan mahsulot va moddalar (kvas, shokoladli konfetalar, apelьsin, banan, sharbatlar, sigareta va h.k.) isteʼmol qilinganda, shuningdek haydovchilar spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan kundan keyingi kunlarda bu borada nizoli vaziyatlar yuzaga kelardi.
Endi alkotesterdan foydalanganda chiqarilgan havodagi alkogolь bugʼlari koʼrsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori boʼlganda mastlik holati eʼtirof etiladi. Davolash-profilaktika muassasasida tibbiy tekshiruv oʼtkazilganda esa – alkogolning qondagi kontsentratsiyasi 0,3 promille va undan ortiq boʼlganda.
Bu – muhim! Internet tarmogʼida turli spirtli ichimliklar isteʼmol qilinganidan keyin muayyan vaqt oʼtgach, u yoki bu miqdorda isteʼmol qilinganligi haqida qanday koʼrsatkichlar qayd etilishi haqidagi maʼlumotlarni topish mumkin. Har bir kishi organizmidan alkogolning chiqib ketish tezligi oʼziga xos ekanligini taʼkidlab oʼtmoqchimiz. Shu sababli bunday jadval va kalьkulyatorlarga tayanishdan naf yoʼq. Har qanday holatda ham alkogolь organizm uchun xatarli, uni isteʼmol qilish zararlidir.
Toʼrtinchidan, tartib-taomilga oid jihatlar belgilandi.
Eslatib oʼtamiz, haydovchi DYHXX xodimining talabiga binoan testdan oʼtishga majbur. Hatto mast holatda boʼlmagan haydovchi ham ushbu tartib-taomildan oʼtishdan boʼyin tovlagan taqdirda transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, 15 EKIH miqdorida (material eʼlon qilingan paytda – 3 040 950 soʼm) jarimaga tortilishi mumkin (MJTKning 136-moddasi).
Shu bilan birga, test oʼtkazilishidan oldin fuqaro texnik vositaga tegishli hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. U Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshirilgan, Oʼzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan berilgan sertifikatga ega boʼlishi kerak. Bundan tashqari, DYHXX xodimi sanitariya-gigiena qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Biroq bir martalik mundshtuklardan foydalanish kerakligi hujjatda toʼgʼridan-toʼgʼri qayd etilmagan.
Faqat 2 ta shartga rioya etilganda alkotester koʼrsatkichlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisida bayonnoma tuzish uchun asos boʼlib xizmat qila oladi:
tartib-taomilda kamida 2 nafar xolis ishtirok etganda yoxud DYHXX xodimida kuzatuv kamerasi mavjud boʼlganda;
haydovchi huquqbuzarlik dalilini tan olganda.
Bunda Oʼzbekistonda qabul qilingan alkotesterning cheklangan koʼrsatkichlari (mg/l) va uning qondagi tarkibi (promille) ilmiy jihatdan isbotlangan nisbatga muvofiq kelishini inobatga olish zarur, unda 1 mg/l 0,45 promillega teng (1:0,45). Yaʼni 0,135 mg/l – bu 0,3 promille. Biroq alkotester xato koʼrsatishi mumkin. Rusumiga qarab 0,02 – 0,05 mg/l. Masalan, Rossiya Federatsiyasida ruxsat etilgan 0,3 promilleda alkotester koʼrsatkichi kamida 0,16 mg/l ni tashkil etishi, yaʼni 0,025 mg/l ga xato qilishi nazarda tutilgan.
Shu sababli qabul qilingan hujjatda quyidagicha qayd etilgan: haydovchi alkotester koʼrsatkichlariga rozi boʼlmasa, DYHXX xodimi haydovchi toʼxtatilgan yoxud YTH roʼy bergan paytdan boshlab 1 soat ichida uni tibbiy tekshiruvdan oʼtkazish uchun tuman, shahar davolash-profilaktika muassasasiga olib borishga majbur (bu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan).
Tibbiyot muassasasida faqat nafasdan chiqarilayotgan havo ham namuna sifatida olinadi. Giyohvandlik vositalari taʼsiridan mast holatda ekanligiga gumon qilinsa, sud ekspertizasining barcha qoidalariga muvofiq biologik suyuqliklar (peshob, soʼlak) olinadi. Shoshilinch tez tibbiy yordam koʼrsatishni talab qiluvchi va tekshirishning boshqa usullaridan foydalanishning imkoni boʼlmagan holatlarda esa mastlikni aniqlash uchun qon namunasini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qarori asosida olishga ruxsat beriladi.
Tibbiyot muassasasi xulosani rasmiylashtiradi, unda quyidagi holatlardan biri belgilanishi lozim:
mastlik holati aniqlanmadi;
alkogolli mastlik holati aniqlandi;
giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʼzgacha tarzda mastlik holati aniqlandi (bu holatda aniqlangan modda koʼrsatilishi shart, xulosa esa faqat moddaning aniq haqqoniy laborator taʼrifi boʼlgandagina chiqariladi);
salomatlik holati boʼyicha yuqori xavf manbai bor ishlardan chetlatishni talab etuvchi funktsional holatning buzilishlari mavjud.
Haydovchi tibbiy xulosaga ham rozi boʼlmasa, u boshqa davolash-profilaktika muassasasida tekshiruv oʼtkazilishini talab qilishga haqli. Uni toʼxtatilgan yoxud YTH sodir etilgan vaqtdan eʼtiboran 2 soat ichida u yerga olib borishga majburlar (Nizomning 33-bandi).
Maʼlumot uchun: MJTKning 131-moddasida haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʼzgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, 25 EKIH miqdorida (material eʼlon qilingan paytda – 5 068 250 soʼm) jarima solish nazarda tutilgan.
Hujjat boshqa ayrim qoidalarni ham oʼz ichiga olgan, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 15.12.2018 yildan kuchga kirdi.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling