Transport vositasining egasi


Download 17.67 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi17.67 Kb.
#1292943
Bog'liq
Asosiy atamalar


Asosiy atamalar


Transport vositasining egasi — transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish to‘g‘risidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. O‘z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud o‘zga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi hisoblanmaydi;
transport vositasining egasining yaqin qarindoshlari — transport vositasi egasining transport vositasidan foydalanish va uni boshqarish uchun notarial tasdiqlanadigan ishonchnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydigan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar);
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o‘rgatilayotganda o‘rgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi;
transport vositalari egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda majburiy sug‘urta shartnomasi deb ataladi) — sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi;
transport vositasidan foydalanish — transport vositasidan uning yo‘llarda (yo‘l harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat bo‘lgan foydalanish. Transport vositasiga o‘rnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;
kompensatsiya to‘lovlari — majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda, jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga amalga oshiriladigan to‘lovlar;
jabrlanuvchi — transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs;
maxsus davlat belgisi — majburiy sug‘urta qilish shartnomasida majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bilan birga sug‘urta qildiruvchiga beriladigan va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinganligini ko‘rsatadigan belgi;
sug‘urta qildiruvchi — sug‘urtalovchi bilan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan transport vositasining egasi;
sug‘urta mukofoti — sug‘urta qildiruvchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta pulibu shunday summaki, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda yetkazilgan zararning o‘rnini uning doirasida jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) qoplash majburiyatini oladi;
sug‘urta tovoni — sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga uning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga sug‘urta puli doirasida to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta polisi — majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishni tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat;
sug‘urta hodisasi — majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta tovonini amalga oshirishiga sabab bo‘ladigan zarar bo‘yicha javobgarligi sug‘urta qilingan, sug‘urta qildiruvchi yoki boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi;
sug‘urtalovchi — majburiy sug‘urta qilishga haqli tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
transport vositasi — yo‘llarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki o‘ziga o‘rnatilgan asbob-uskunalarni tashish uchun mo‘ljallangan qurilma;
yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma — sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat.
Download 17.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling