2-seminar savollari Nazorat uchun savollar


) Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati


Download 29.1 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi29.1 Kb.
#209764
1   2
Bog'liq
2-seminar tarix (1)

4) Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati


  • Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-quvvatlashdi.

  • Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni avj oldirdilr. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.

Xulosa

  • Xullas, sovet rejimining paxta ishioqibatida O’zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo’jaligi sohalarida qo’shib yozish, poraxo’rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSR ning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo’lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O’zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko’plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag’on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o’zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag’on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O’zbekistonning o’sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamd tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g’arazli ishlariga ko’maklashgan yrim qo’rqoq va xoinlar ham faollik ko’rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati.

5. 1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq res¬publika Oliy Ken¬gashining ikkin¬chi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbe¬kistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissi¬ya¬lari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessi¬yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:

„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’¬uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad¬riyat¬larga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.



O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi: • O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas. • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashitomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi. • O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi. O‘zbekistonning mustaqillik sari inti¬layotgani uning yangi Ittifoq shart¬nomasini ishlab chiqish jara-yoniga res¬¬pub¬lika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suve¬ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yerosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p kor¬xona¬lariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil 20- sen¬tabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple¬numida so‘zlagan nutqida res¬publikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifa¬larini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah¬kamlash tarafdorimiz“, — degan edi. Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ular¬ga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiq¬bo‘¬yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyin¬roq Gru¬ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan¬ligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respub¬lika¬lar — kuchli markaz“ der edilar. Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegat¬¬si¬yalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yonda¬shuv markaz¬dagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi. 1991- yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiq¬bo‘yi respub¬likalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakil¬lari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, marka¬ziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saq¬lash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar. SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yan¬gi-lalash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991- yil 17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi. 1991- yil 20- fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.

6.  O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlar¬ning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi. • Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muam¬molar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqu¬lay omildir. • Shuningdek, mustamlakachilik davrida yuritilgan Тurkis¬tonni bo‘lish, millat va elatlari ustidan hukmron¬lik qilish siyo¬sa¬tining asoratlari hozirgacha tashvishli omil hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki kunlari¬dayoq O‘zbekistonning milliy manfa¬at¬lariga mos kela¬digan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon ham¬ja¬miyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplo¬matik, iqti¬sodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Negaki, dav¬latimiz musta¬qilligini mustah¬kam¬lash, mamlaka-timizning xavf¬sizligi, bar¬qarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana shu vazi¬falarning oqilona hal etilishiga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murak¬kabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomo¬nidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jum¬ladan, O‘zbekiston ham tashqi dun¬yo¬dan ajralgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilol¬maydigan yopiq mam¬lakat edi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajri¬basiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy fao¬liyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurti yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakl¬lantirishni talab qilmoqda edi. O‘z¬bekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko‘p qirrali ishlarni boshi¬dan boshlashga to‘g‘ri keldi. Prezident Islom Karimov o‘zining „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O‘zbekiston Res¬publikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonun¬lashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. „O‘zbe¬kiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“gi, „Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida“gi, „Тashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustun¬ligi respublika qonunchilik faoliyatida o‘z ifoda¬sini topdi. Birin¬chidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchi¬dan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolat¬lay¬digan hamma majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Тashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Тashqi ishlar vazirligi, Тashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Тashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslash¬tirilgan tashqi savdo firma¬lari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respub¬likasi Pre¬zi¬denti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akade¬miyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iq¬tisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Тashqi siyosatga tinchlik, bar¬qa¬ror¬lik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyil¬lari quyi¬dagilardan iborat: • mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavf¬sizlikni saqlashga sodiqlik; • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxl¬sizli¬gini hur¬mat qilish; • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; • nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normala¬rining ustuvorligi; • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavf¬siz¬ligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘st¬liklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfa¬atdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomon¬lama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqin¬lashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘z¬bekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyo¬siy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rna¬tildi. 2007- yilga kelib chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diрlomatik vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa xorijiy mamlakatlarning 86 ta elchixona va savdo vakolat¬xonasi akkreditatsiya qilingan. Dunyo¬dagi 30 dan ortiq dav¬- latda — AQSH, Тurkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O‘zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dast¬labki kunlardanoq jahon ham-jami¬yatiga qo‘shilish, xalqaro tash¬kilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘lini tanladi va og‘ishmay shu yo‘ldan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra, 1992-yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot—Birlashgan Millatlar Тashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning BMТ Bosh Assambleyasining 1993- yilda bo‘lgan 48- sessiyasida ishtirok etishi va unda 27- sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavf¬sizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMТ ning Тoshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, nar¬kobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 1993- yil 24- oktabrda Тoshkentda BMТ ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O‘zbekiston rahbariyati va BMТ rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston BMТning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraq¬qiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi. 1994- yil oktabrning boshlarida BMТ vakolatxonasining yordami va ishtirokida Тoshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining „Ipak yo‘li“ xalqaro yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeyini yanada ko‘tardi.
Download 29.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling