Oʻzbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari
REJA:
Kirish…………………………………………………………………….2
Asosiy qism
BOB. Paxta ishi
Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosat…………………………………………………………………….3
Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati………………………………………………………………….4
BOB.SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o‘zgarishlar
XX asrning 80-yillarida SSSR davlatidagi siyosiy o’zgarishlar.……………………………………………………………..8
2.2«Qotil qo‘li qilich soldi mast…» Yana o‘sha mash’um «Paxta ishi»………………………………………………………………………9
Xulosa …………….……………………………….……………………26
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..…………….26
Ilovalar …………………………………………………………………..27
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:O‘zbekistonda “O‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O`zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va “aybnoma” tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib xizmat qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |