Bob. Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosat


Download 382.75 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi382.75 Kb.
#1598788
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oʻzbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari

Kurs ishining maqsadi
Kurs ishining maqsadi "Paxta ishi", "Oʻzbeklar ishi" va ularning salbiy oqibatlari mavzusini tahlil qilish, oʻrganuvchilarga bu mavzular haqida keng bilim berishni, ularning tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aspektlarini tushunishni taʼminlashdir.Tarixiy tushunchani oshirish: Mavzuga oid tarixiy maʼlumotlar, Oʻzbekistonda paxta ishi va "Oʻzbeklar ishi"ning oqibatlari, tashkil etilgan siyosatlar, ularning oʻzbek jamiyatiga taʼsiri haqida tafsilotli tushunchani oshirishni maqsad qiladi.
Kurs ishi mavzusidagi maqsadlar, oʻzbek iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va siyosiy tushunchasini oshirishga yordam beradi va oʻrganuvchilarni keng bilimlarga ega qilishga intilishni maqsad qiladi.
Kurs ishining vazifasi: Ushbu kurs ishi Oʻzbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari va uning salbiy ta’siri xaqidagi mavzulari asosida oʻrganishni oʻz oldimizga vazifa sifatida oldik.
Kurs ishining predmeti: Oʻzbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari mavzusini oʻrganish va tadqiqot oʻtkazish
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish qism asosiy qism, xulosa foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar qismidan iborat.


  1. BOB. Paxta ishi

1.1 Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosat
O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo‘lgan. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol o‘ynadi. Moskva tashabbusi1 va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O‘zbekistonda o‘zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi. Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib, Kreml ko‘rsatmalari izchillik bilan bajaralishini talab qilishgan.Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi. Keyinchalik bu qatag‘on hatto O‘zbekiston SSRning o‘sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o‘tmadi SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzildi.

“Paxta ishi” sud majlisi

maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi. 1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning2 boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O‘sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan. 1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.



Download 382.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling